O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 2,01 Mb.
bet40/184
Sana30.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#518330
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
Bog'liq
5-Iqtisodiyot-nazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?

  2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farqlarini tushuntirib bering.

  3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?

  4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?

  5. Bozor tushunchasining ta‘rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko‗rsating.

  6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab ko‗rsating.

  7. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?

  8. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga ta‘rif bering.

5-BOB. ISTE‘MOLCHI XATTI-HARAKATI NAZARIYASI


Iste‘molchi xatti-harakati – bu mahsulot va xizmatlarga bevosita ega bo‗lish, tasarruf etish va iste‘mol qilishga yo‗naltirilgan faoliyat bo‗lib, o‗z ichiga mazkur harakatlardan oldin keluvchi hamda ular natijasida kelib chiquvchi qarorlarni qabul qilish jarayonlarini ham oladi.
Iste‘molchining bozordagi xatti-harakatini o‗rganish orqali uning eng yuqori darajadagi yalpi naflilikka erishish maqsadida o‗z pul daromadlarini sarflashi, o‗zini ratsional tutishi, byudjet cheklanishi muammosiga duch kelishi va uni samarali hal etish uchun iste‘mol savatchasini shakllantirishi kabi holatlarni kuzatish mumkin. Pirovardida iste‘molchi xatti-harakati nazariyasi orqali bozor talabini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatiga ega bo‗linadi.

1. Iste‘molchi tanlovidagi befarqlik va uning egri chizig‗i


Iste‘molchining hatti-harakatini uch bosqichda ko‗rib chiqamiz: 1) uning afzal ko‗rishini o‗rganish; 2) byudjet cheklovlari; 3) iste‘mol tanlovi.
Iste‘molchi o‗zining o‗z didi va ruhiyatiga ko‗ra turli xil tovarlar to‗plamini ma‘qul ko‗rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma‘lum bir to‗plamini boshqa biriga taqqoslab ko‗radi. Iste‘molchilar hulq-atvori nazariyasini o‗rganishda 3ta faraz ilgari suriladi:

  1. Afzal ko‗rishning shakllanib bo‗lganligi. Bu iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning barcha to‗plamlarini turkumlash va bir-biriga taqqoslashlari mumkinligini anglatadi. Biroq, bu afzal ko‗rishlar qiymatni e‘tiborga olmaydi. Iste‘molchi biror bir tovarni afzalroq ko‗rishiga qaramay, narxi nisbatan arzon bo‗lganini oladi.

  2. Afzal ko‗rish tranzitivdir, ya‘ni tovarlarning A to‗plami V to‗plamdan, V to‗plami S to‗plamdan afzalroq bo‗lsa, u holda A to‗plamning S to‗plamdan afzalligi shubhasizdir. Bu faraz afzalliklarning ratsionalligini (o‗zaro muvofiqligini) kafolatlaydi.

  3. Barcha tovarlar bir xilda yaxshi bo‗lib, ularning qiymati e‘tiborga olinmasa, iste‘molchilar doimo har qanday tovarning ko‗proq miqdorini kamroq miqdoridan afzal ko‗radilar.

Befarqlik egri chizig‘i. Befarqlik egri chizig‗i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta‘minlovchi iste‘mol to‗plamlari yig‗indisini namoyon etadi. Ya‘ni, iste‘molchi uchun befarqlik egri chizig‗ida joylashgan tovarlar to‗plamini tanlashda farq mavjud bo‗lmaydi.
A va V tovarlardan iborat to‗plamni ko‗rib chiqamiz (1-jadval).

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish