2.5. Korxonani rejalashtirish
Rejalashtirish - bu ma'lum bir istiqbolda korxonaning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularni amalga oshirish usullarini tahlil qilish va resurslarni qo'llab-quvvatlash.
Rejalashtirish -mo‘ljallangan ish yoki ma’lum bir xarakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi. Rejalatirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yakin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izoxlab berishni ifodalaydi.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:
maqsadni belgilash;
korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, iqtisodiyot va aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofikligini asoslab berish;
zarur moddiy-texnika asosini shakllantirish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish.
Rejalashtirish tamoyillari:
ilmiylik tamoyili;
majmuaviylik tamoyili;
proporsionallik tamoyili;
uzluksizlik tamoyili;
optimallik tamoyili;
moslashuvchanlik tamoyili.
Rejalashtirish turlari:
strategik rejalashtirish (10-15);
uzoq muddatli rejalashtirish (3-5);
qisqa muddatli rejalashtirish (1-3);
joriy rejalashtirish (choraklar).
Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda quyidagi omillar xisobga olinadi:
ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;
xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;
moliyaviy resurslar;
aylanma mablag‘lar mavjudligi va unga bo‘lgan extiyojlar;
ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;
mahsulotni sotish kanallari.
Rejalashtirish quyidagi talablarga javob bergan takdirdagina samarali va ishonchli xisoblanadi:
rejalashtirishning xar bir elementi va bosqichi kat’iy ravishda asoslab berilishi;
rejadagi vazifaning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi;
reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda xisobga olish, nazorat qilish va unga zarur xollarda o‘zgartirishlar kiritish;
ichki va tashki muxitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z vaqtida qayta tashkil qilish;
fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirishning xar bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kuyidagilardir:
belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi;
integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar miqdori;
ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini xisob-kitob qilish darajasining aniqligi;
rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlash tartibi.
Xulosa
"Strategiya" so'zi (yunoncha Strategia) dastlab harbiy ishlarda ishlatilgan va ilmdan boshqa narsa emas, urush san'atini anglatar edi. Yaxshi strateg sanalgan qo'mondon armiyasini saqlab turishda katta yo'qotishlarga yo'l qo'ymasdan,harbiylari va texnikasini yoqotmasdan jangda g'alabaqozongan.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning rivojlanish strategiyasi - bu tez o'zgaruvchan tashqi va ichki sharoitda korxona mahsulotlarini yaratish va sotish bo'yicha aniq harakatlarning uzoq muddatli dasturidir.
Strategiyani ishlab chiqish har qanday odam uchun tushunarli bo'lishi kerak bo'lgan korxonaning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanishi kerak. U korxonaning imkoniyatlarini, mavjud ish muhiti, urf-odatlar, ishlab chiqarish madaniyati va tashqi muhitdagi ish printsiplarini (savdo, iste'molchilar munosabatlari, biznes aloqalari tamoyillari) hisobga olishi kerak. Jarayonlar va tashqi muhitdagi o'zgarishlar korxonaga juda muhim ta'sir ko'rsatadi.
Umumiy tashkiliy tuzilish deganda mehnat taqsimoti jarayonida ajratib qo‘yilgan bir-biriga bog‘langan birliklar tushuniladi. Tashkiliy tuzilma korxonaning tuzilishiga, boshqaruv ob’ektlarining ko‘lami va funksional maqsadiga mos kelishi kerak. Bu menejment sohasida mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining shaklini ifodalaydi va korxona faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |