Nazorat savollari
Strategiya tushunchasini ifodalab bering.
Strategiya mazmun va mohiyatini tushuntiring.
Strategiyaning asosiy elementlarini izohlab bering.
Korxona strategiyasini ishlab chiqish nechta asosiy elementni o‘rganishni talab qiladi? Tushuntiring.
Strategiyalar qanday xususiyatlarga ega?
Korxonani rivojlantirishning har qanday yo‘nalishi bo‘yicha strategik qarorlarni qabul qilishning qanday yo‘nalishilari mavjud?
Rivojlanish strategiyasini tanlashga ta’sir qiluvchi qanday omillar mavjud?
Tashkiliy tuzilmalarni qurishning asosiy prinsiplari sanang.
Korxonaning yangi tuzilishini loyihalash bosqichida ikkinchi guruh mezonlaridan foydalanish tavsiya etiladi, ularni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
Rejalashtirish va reja nima?
Rejalashtirish tamoyillarini aytib bering.
Rejalashtirish kachon samarali va ishonchli sanaladi?
3-Bob. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI
3.1.Korxonaning ishlab chiqarish omillari:
asosiy fondlar (bino-inshoatlar, asbob-uskunalar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lmagan inventarlar);
aylanma mablag’lar (xom-ashyo, yoqilg’, energiya va b.);
ish kuchi;
tadbirkorlik qobiliyati.
Ishlab chiqarish — bu, jamiyat a’zolarining yashashi, mamlakatning rivoji,
taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir.
Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o‘zgarishi (shakli, tashqi ko‘rinishi, katta-kichiqligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo‘lib, tabiiy jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, betonning qurishi, material yoki detallar moylangandan so‘ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo‘lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir.
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi. Shuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi deyiladi (har qaysi bosqich texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo‘llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va xodimlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat:
tayyorlash;
qayta ishlash;
yig‘uv.
Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi.
Operatsiya o‘zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi.Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o‘rinlarda ishchilar nazorati ostida o‘zgarishiga operatsiya deyiladi.Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |