Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va mohiyati.
2. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari nimalardan
iborat?
3. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillarini sanang.
4. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb nimaga aytiladi?
6. Ixtisoslashtirishning asosiy shakllari qaysilar?
7. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb nimaga aytiladi?
9. Yiriklashtirishning afzalliklari va kamchiliklari?
10. Kombinatsiyalashtirish deb nimaga aytiladi?
11. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish afzalliklari.
12. Mahsulot sifatiga tushuncha bering.
4-Bob. ENERGETIKA KORXONALARINING ASOSIYFONDLARI
VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiу mohiyati vaahamiyati
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vаqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag’lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari (sexlaming ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar);
inshootlar (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.);
har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar;
mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuq va gazsimon moddalami ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);
ishchi mashinalar va uskunalar (dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar);
o‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar);
transport vositalari;
foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi.Faol ishlab chiqarish fondlari mehnat bo’yumlarining tayyor mahsulotga aylanishida bevosita qatnashadi. Quvvat mashinalari va uskunalar, generatorlar, transformatorlar, ishchi mashina va uskunalar, tartibga soluvchi asboblar, texnologik liniyalar, mehnat qurollari.
Sust fondlar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, lekin ishlаb chiqarish samaradorligini oshirishda muhim vazifani bajaradi, mehnatkashlarning mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi (binolar, inshootlar, jihozlar va h.k.).
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bularga korxona balansida turuvchi turar joy, oshxona, profilaktoriy, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish markazlari va h.k. kiradi.
Ishlab chiqarish miqyosining osishi natijasida korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi mulk munosabatlari lizing deb ataladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. Mashina va uskunalarni ishlatish muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvati shunchalik past bo‘ladi. Mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolishlar va talafotlarko‘payadi.
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Natural baholash ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish, asbob-uskunalarni ta’mirlash grafiklarini tuzish, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash - asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish va rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish imkonini beradi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |