O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Aminokislota skorini hisoblash uchun aminokislota shkalasi



Download 391,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana22.04.2022
Hajmi391,63 Kb.
#572555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
21-26-mavzu Oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalar

Aminokislota skorini hisoblash uchun aminokislota shkalasi 
Aminokislota 
Taklif qilina-digan 
daraja, 1 g oqsil 
uchun mg 
Aminokislota 
Taklif qilinadigan 
daraja, 1 g oqsil 
uchun mg 
Izoleychin 
40 
Fenilalanin+tirozin 
60 
Leychin 
70 
Lizin 
55 
Treonin 
40 
Metionin + chistein 
35 
Triptofan 
10 
Valin 
50 
Jami 
360 
Biologik qiymatini aniqlash uchun aminokislota skorini hisoblash 
quyidagicha amalga oshiriladi. 
Ideal oqsildagi har bir almashinmaydigan aminokislotaning aminokislota 
skori 100% deb qabul qilinadi, tabiiy oqsil yordamida esa mos kelish foizi 
aniqlanadi: 
bu yerda: AK -aminokislota. 
Natijada tekshiriladigan oqsildagi eng kichik skorli limitlanadigan kislota 
aniqlanadi. 
Masalan: ozuqadagi 1 g tekshiriladigan oqsilda quyidagi miqdorda (mg) 
aminokislotalar mavjud: izoleychin - 45, leychin - 75, lichin 40, metionin va 
chistein - 25, fenilalanin va tirozin (qo’shilganda)- 70, treonin 38, triptofan -11, 
valin - 50. Standart shkala bilan solishtirilganda aniqlangan skorlar (% da) tegishli 
ravishda quyidagilarga teng: 113, 107, 73, 71, 95, 113, 100. Shunday ekan, ushbu 


mahsulotdagi oqsilda quyidagilar limitlanadigan aminokislotalar hisoblanadi: lizin 
(skor 73%), metianin+chistein (skor 71%) va treonin (skor 95%). 
Hayvon oqsillari "almashinmaydigan" oqsillarga juda yaqin. Ko’pchilik 
o’simlik oqsillari tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar (bir yoki bir 
nechtadan) etarlicha miqdorda emas. Masalan, boshoqli o’simliklarning oqsillari, 
o’z navbatida, ulardan olinadigan mahsulotlar lizin, metionin, treonin bo’yicha 
to’yinmagan. Kartoshka va bir qator dukkaklarning oqsilida metionin va chistin 
etishmaydi (optimal miqdorning 60-70% i). 
Ayni paytda shuni ham esda saqlash kerakki, ayrim aminokislotalar 
mahsulotlarga issiqlik ta’sirida ishlov berilgan va uzoq vaqt saqlaganda organizm 
tomonidan o’zgartirilmaydigan birikmalarni hosil qilishi mumkin. Bu oqsillarning 
ozuqaviy qiymatini pasaytiradi. 
Oqsillarning biologik qiymatini limitlanadigan aminokislotani qo’shib yoki 
aminokislota miqdori yuqori bo’lgan komponent qo’shib oshirish mumkin. 
Masalan, 0,3-0,4% lizin qo’shib bug’doy oqsilining biologik qiymatini taxminan 
ikki martaga, 0,4% lizin va 0,7% triptofan qo’shib esa makkajo’xori oqsilining 
biologik qiymatini ikki martaga oshirish mumkin. 
Oqsillarni gidrolizlab, kimyoviy yoki biologik sintez yo’li bilan 
aminokislotalar olinadi. Ayrim mikroorganizmlar maxsus muhitlarda o’stirilganda 
o’z faoliyati jarayonida ma’lum aminokislotalarni ishlab chiqaradi. Bu usuldan 
lizin, glutamin kislota va boshqa aminokislotalarni sanoatda miqiyosida ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. 
Hayvon va o’simlik oqsillari organizm tomonidan bir xilda hazm 
qilinmaydi. Agar sut va sut mahsulotlari, tuxum oqsillari 96% ga, go’sht va baliq 
oqsillari 93-95% ga hazm qilinsa, non oqsillari -62-86% ga, sabzavotlarniki - 80% 
ga, kartoshka va ayrim dukkaklilarniki -70% ga hazm bo’ladi. Biroq bu 
mahsulotlarning aralashmasi biologik jihatdan yanada to’yingan bo’ladi. 
Oqsillarni organizm tomonidan hazm bo’lish darajasiga oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va oshpazlik ishlovi berish ta’sir qiladi. 
Ozuqaviy xom ashyo va mahsulotlarga turli xilda ishlov berishning 
(maydalash, harorat ta’siri, achitish va hokazolar) ularda saqlanadigan oqsillarning 
hazm bo’lishiga ta’sirini tahlil qilib, shuni aytish lozimki, ko’plab oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishda texnologiyaga rioya qilinsa, aminokislotalarning 
destrukchiyasi (struktura buzilishi) sodir bo’lmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari, 
ayniqsa o’simlikdan tayyorlangan mahsulotlar, sekinlik bilan qizdirilganda, 
oqsillarning 
hazm 
bo’lishi ancha oshadi, chunki oqsillarning qisman 
denaturachiyalanishi proteazalarning peptid bog’lariga aylanishini osonlashtiradi. 
Issiqlik ta’siri tezlashtirilganda (tez qizdirilganda) hazm bo’lish pasayadi. 
Mahsulotlar tarkibida reduchiyalovchi qandlarning va yog’larning oksidlanishi 


natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning bo’lishi, ularning mahsulotdagi oqsil 
komponentlari bilan o’zaro ta’siri ham xuddi shunday natija beradi. 
Inson tanasining har 1 kg massasi uchun turli xil oqsillarga bo’lgan sutkalik 
ehtiyoj katta yoshdagi kishilar uchun 1-1,5 g, (bolalar uchun 4-1,5 g), ya’ni 
taxminan 85-100 g ni tashkil qiladi. Hayvon oqsillarining ulushi uning rachiondagi 
umumiy 
miqdorining 
taxminan 
55 
foizini 
tashkil 
qiladi. 
Insonning 
aminokislotalarga bo’lgan o’rtacha sutkalik ehtiyoji 4-jadvalda keltirilgan. U 
kishining yoshiga, mehnat faoliyatiga va salomatligining holatiga qarab va boshqa 
hollarda o’zgarishi mumkin. 
4-jadval. 

Download 391,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish