O‘sish omillari. Mikroorganizmlarning rivojlanishi va bo‘linib ko‘payishi uchun alohida moddalar zarur, ular bu moddalarni o ‘zlari sintezlay olmaydi va shuning uchun ularni tayyor holda olishlari lozim. Bunday moddalarni o‘sish omillari deyiladi va ular mikroorganizm to‘qimasiga oz miqdorda kerak bo‘ladi.
Ularga turli xil vitaminlar, ayrim aminokislotalar (oqsillarini sintezlash uchun kerak) va boshqalar kiradi. Ko‘pgina o‘sish omillari turli xil fermentlar tarkibiga kiradi va biokimyoviy jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi. Mikroorganizmlarning oziq moddalarga va o‘sish omillariga muhtojligini bilish juda zarur, chunki ularni o‘stirishda oziq moddalarni tanlay olishimiz lozim.
Oziq moddalar transportirovkasi. Oziq moddalar mikrob hujayrasi sitoplazmasiga faqat katta bo‘lmagan molekula turida va erigan holda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar va b.) mikrob hujayrasi ishlab chiqarilgan fermentlar ta’siriga uchraydi va shundan keyingina, ulardan foydalanish oson bo‘ladi. Oziq moddalarning hujayraga kirishi va undan metabolizm moddalarining chiqarilishi, asosan, sitoplazmatik membrana orqali bajariladi. Oziq moddalar hujayraga bir necha usullarda kiradi:
1. Passiv diffuziya, ya’ni moddalar membrana qatlamidan o‘tadi, natijada ularning konsentratsiyasi va qobiqning ikki tomonidagi bosim ortadi. Shunday qilib, muhitning konsentratsiyasi, hujayradagi moddalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda, oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.
2. Yengillashtirilgan diffuziya— hujayraga oziq moddalar permeaza deb nomlangan molekula tashuvchilar yordamida faol ravishda kiritiladi. Bu moddalar ferment tabiatli bo‘lib, sitoplazmatik membrananing tashqi tomonida har bir permeaza o‘ziga mos oziq moddaga adsorbsiyalanadi. Bu jarayon energiyadan foydalanmasdan tugaydi, yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga moddalarni ko‘chiradi.
3. Faol tashish. Oziq moddalar permeaza yordamida xuddi shunday faol tashish yo‘li orqali amalga oshiriladi, bu jarayonda energiya sarf etiladi. Bu holda hujayradagi konsentratsiya muhitdagi konsentratsiyadan yuqori bo‘lgandagina, oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.
Qator hollarda tashilayotgan moddalar modifikatsiyaga uchraydi va bunday moddalarni tashish usuli radikallarni ko‘chirish yoki kimyoviy guruhning translokatsiyasi deb ataladi. Tashilayotgan moddalarni uzatish mexanizmiga ko‘ra, bu jarayon faol tashishga o‘xshashdir.
Mikrob hujayrasidan moddalarning chiqishi passiv diffuziya yoki yengillashtirilgan diffuziya jarayonida permeaza ishtirokida amalga oshiriladi.
Bakteriya hujayrasida permeaza fermenti molekulalari bo’lib, ular hujayraga moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina E. Coli tayoqchasida 8000 ta permeaza fermenti mavjud.
Shakar moddalarining hujayraga o’tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida ferment yordamida fosforlanadi, so’ngra sitoplazmaga o’tadi.
Sitoplazmatik mеmbrana bilan bog’langan bu "transport mеxanizmlari" oqsil tabiatli bo’lib pеrmеazalar dеb ataladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |