O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet178/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Donlarda oqsillar miqdori ularning oziqaviy qiymatini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bug‘doylarda oqsil miqdori ulardagi kleykovinaning miqdori va sifatiga, shuningdek shishasimonligiga ko‘p jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, bug‘doylarda oqsil miqdori bug‘doylarning un ishlab chiqarishga yaroqliligi va unning nonboplik xususiyatlarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
Bug‘doyda kleykovinaning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari ularning sifatiga ta’sir etuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bug‘doy doni kleykovinasi deb bug‘doy uni hamirini suv yordamida undagi kraxmal va kepagini yuvib yuborgandan keyin qoladigan elastik massaga aytiladi. Bu yerda kleykovinaning 2/3 qismini gidratitsion suv tashkil etadi. Kleykovinadagi quruq moddalarning 75-85 %i, suv hissasiga to‘g‘ri keladi. Kleykovinaning tarkibida yog‘ (2,1-8,5%), kraxmal (6,4-9,4%), qand (1,2-2,1%), kletchatka (2,0%), mineral moddalar (0,5-2,5%) va fermentlar bo‘ladi. Bu moddalarning hammasi bo‘kish jarayonida oqsillar bilan adsorbsion bog‘liqlikda bo‘ladi. Ho‘l kleykovinani 105°Cda doimiy massagacha quritilsa quruq kleykovina hosil bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ho‘l kleykovina miqdori bug‘doyda 16-58%ni, quruq kleykovina miqdori esa 5% dan 28% gachani tashkil etadi. Ho‘l kleykovinaning sifati esa uning rangi va deformatsiya ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Yaxshi sifatli kleykovinaga boy bug‘doylardan g‘ovakligi, yaxshi, sifatli nonlar ishlab chiqariladi. To‘liq qiymatga ega bo‘lmagan donlarda kleykovinaning sifati juda past bo‘ladi.
Bug‘doy va javdar donlari kul miqdori ko‘rsatkichi un sanoatidi unning chiqishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Buning asosiy boisi mineral moddalarning donning har xil anatomik qismlarida bir tekis tarqalmaganligidadir. Bu maqsadda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan yana biri donlar tarkibida kletchatka miqdori hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda yetishtirilib, tayyorlanadigan va yetkazib beriladigan bug‘doy doniga yangi – O’zDSt 880:2004 davlat standarti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bu standart davlat tizimida tayyorlanib oziq-ovqat va texnik maqsadlarda foydalaniladigan bug‘doy donlari uchun qo‘llaniladi. Mazkur standart talabi bo‘yicha bug‘doy doni namunasi 750 g/l ni tashkil etishi kerak. Suv miqdori esa 14% dan, begona aralashmalar miqdori 1% dan, boshqa donlar aralashmasi esa 3,0% dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatib qo‘yilgan. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi davlatlari standartlarida ko‘rsatib qo‘yilganidek donlarga ishlangan bizdagi standartlarda ham donlarning ombor zararkunandalari bilan zararlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish