O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti


Suv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakteri



Download 14,52 Mb.
bet76/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Suv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakteri.
Tabiiy suvlar ham tuproq singari ko‘pgina mikroorganizmlarning hayot kechirishi uchun muhit bo‘lib xizmat qiladi va ular bu yerda yashaydi, ko‘payadi. Uglerod, azot, oltingugurt, temir va boshka elementlarning aylanish jarayonida ishtirok etadi. Tabiiy suvlardagi mikroorganizmlar miqdori va sifat tarkibi turli tumandir.
Yer osti suvlari. Yer osti (artezian, buloq, quduq) suvlarining mikroflorasi tarkibi asosan suv saqlovchi tuproq qatlamining chuqurligidan hamda unga tashqaridan iflos qiluvchi moddalar tushganidan qanchalik himoya qilinganligiga bog‘liq. Katta chuqurliklarda joylashgan artezian suvlarida mikroorganizmlar kam bo‘ladi. Unchalik chuqur bo‘lmagan quduqlarning suvlariga yerning yuqori qatlamlaridan iflos suvlar sizilib o‘tishi sababli ularda mikroorganizmlar miqdori nihoyatda ko‘p bo‘ladi va, hatto, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar ham uchrashi mumkin. Qanchalik suv yer usti qatlamiga yaqin joylashgan bo‘lsa shuncha unda mikroorganizmlar miqdori ko‘p bo‘ladi.
Yer usti suvlari. Bu ochiq havzalar suvlaridir (daryo, ko‘l, suv ombori va sh.o‘.). Suvning kimyoviy tarkibi, suvdan foydalanish usullari, yaqin atrof maydonlarining tuzlanish darajasi, yil fasli, metriologik va boshqa sharoitlarga qarab bunday suvlarda mikroflora miqdori va turi nihoyatda katta intervalda o‘zgaradi. O‘z mikroflorasidan tashqari ochiq suvlarga tashqaridan ham mikroorganizmlar kelib tushadi.
Chunonchi, katta sanoat korxonalari mavjud tumanlardagi daryo suvining har 1 sm3 da yuz minglab va hatto, millionlab bakteriyalar mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday korxonalarga ega bo‘lmagan tumanlarda esa har 1 sm3 da yuzlab yoki minglab bakteriyalar bor.
Suv havzalarining qirg‘oqqa yaqin joylarida, xususan, turg‘un suvlarda mikrorganizmlar miqdori qirg‘oqdan uzoq joylarga nisbatan ancha ko‘p. Mikroorganizmlar ko‘proq suvning ustki qismida joylashgan, lekin loyqada ular nihoyatda ko‘p, xususan, loyqaning ustki qatlamlarida bakteriyalar go‘yo parda hosil qilgandek ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ular suv xavzalarida modda almashinuvi jarayonida katta rol o‘ynaydilar. Suv havzalarida mikroorganizmlar miqdori bahorgi oqimlar yoki qattiq yomg‘irlar paytida nihoyatda oshib ketadi.
Suv havzalaridagi suvning kimyoviy tarkibi va undagi mikroorganizmlar miqdori bu havzalarga xo‘jalik-maishiy yoki sanoat oqava suvlari yuborganda keskin o‘zgaradi. Organik va mineral qo‘shimchalar bilan birgalikda suv havzasiga katta miqdorda mikroorganizmlar yuboriladi, ularning orasida kasallik qo‘zg‘atuvchilari ham bo‘lishi mumkin. Ulardan ko‘pchiligi, masalan, ichak infeksiyasini qo‘zg‘atuvchilar, uzoq muddatda (haftalab va, hatto, oylab) suvda o‘z hayotini saqlab qolishi mumkin.
Xo‘jalik maqsadlari va iste’mol qilish uchun suv manbasi sifatida ochiq suv havzalari va yer osti suvlaridan foydalanadilar.
Suv infektsiya tarqatuvchi omil sifatida katta epidemiologik ahami­yat­ga ega. Har xil yuqumli kasalliklar (vabo, ich terlama, dizenteriya, tulyaremiya, leptospirozlar va boshqalar)ning suv epidemiyasi qadimdan ma`lum. Suvning patogen mikroblar bilan ifloslanishi, odatda, oqar suvlarda odam va hayvonlar cho‘milishi natijasida ro‘y beradi.
Patogen mikroblarning suvda yashash muddati har xil bo‘lib, asosan suvning sifatiga bog`liq (13.1-jadval).
13.1-jadval.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish