O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha hisobga olishni tashkil etish



Download 5,72 Mb.
bet191/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

22.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha hisobga olishni tashkil etish

Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan har bir muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schetlar guruhidan foydalaniladi:



  • 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»;

  • 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»;

  • 2510-«Umumishlab chiqarish»;

  • 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;

  • 3110-«Oldindan to’langan ijara haqi»;

  • 3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi»;

  • 3190-«Boshqa bo’nak xarajatlari»;

  • 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervi».

Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo’yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:

  • mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari;

  • qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;

  • xizmatlar ko’rsatish bo’yicha transport va aloqa korxonalari;

  • ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo’yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;

  • avtomobil yo’llarini asrash va ta’mirlash bo’yicha yo’l xo’jaliklari.

Ushbu schetning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko’rilgan yo’qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300-«Yordamchi ishlab chiqarish hisobi» schetlarida guruhlanadi.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlaridan quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi:

  • energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) bilan yordam ko’rsatish;

  • transport xizmatlarini amalga oshirish;

  • asosiy vositalarni ta’mirlash;

  • instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruktsiyalarni tayyorlash;

  • tosh, shag’al, qum va boshqa rudasiz materiallar qazib olish;

  • yog’och materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish;

  • qishloq xo’jali mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash (asosan savdo korxonalarida);

  • maxsus kiyimlar va poyafzallarni ta’mirlash, tikish va boshqalar.

Shuningdek, mazkur schetlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo’linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlarining debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish va ishla bajarish bilan bog’liq bo’lgan bevosita xarajatlar, shu bilan birga yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar hamda brakdan ko’rilgan yo’qotishlar xarajatlari aks ettiriladi.
2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlari debetlanganda quyidagi schetlar kreditlanadi:

  • 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi hisobi»;

  • 0500-«Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hisobi»;

  • 1000-«Materiallar hisobi»;

  • 1100-«O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar hisobi»;

  • 1610-«Materiallar qiymatidagi og’ishishlar»;

  • 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»;

  • 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;

  • 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»

  • 3100-«Kelgusi davrlar xarajatlari hisobi»;

  • 3200-«Muddati uzaytirilgan xarajatlar hisobi»;

  • 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schetlar»;

  • 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar»;

  • 6500-«Sug’urta bo’yicha qarzlar va davlat maqsadli fondlariga to’lovlar hisobi»;

  • 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»;

  • 6970-«Hisobdor shaxslarga qarzlar»;

  • 6990-«Boshqa majburiyatlar»;

  • 6110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schetlar»;

  • 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».

2300-«Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schetlarining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (ko’rsatilgan xizmat, bajarilgan ishlar)ning haqiqiy tannarxi ko’rsatiladi.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish