19.2-rasm Moliyaviy natijalarning shakillanishi
“Moliyaviy natijalarni, ya’ni foyda (zarar)ning shakillanishi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning 5-fevralida tasdiqlanib, 2003,2005, 2015-yillarda ayrim o‘zgarishlar kiritilgan "Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
— Sotishdan olingan sof tushum.
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
— Favqulodda daromadlar.
Ushbu Nizomda asosan xo‘jaliklarda foyda (zarar)ning quyidagi turlari aniqlanadi:
mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan yalpi foyda (zarar)
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda (zarar)
umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar)
soliqlar to‘langungacha foyda (zarar)
hisobot davrining sof foydasi (zarari)”15
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
YaF= SST-IT
bunda,
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o‘z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |