19.1-rasm: Sof foydaning o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiyotning rivojlanishi, eng avvalo, iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining samaradorlik darajasiga bog‘liq. Xo‘jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko‘rsatkichi korxonaning asosiy va aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni talab hamda extiyojga qarab ishlab chikarishni muvofiqlashtirishi, ya’ni ishlab chiqarilayotgan maxsulot iste’molchi talabiga javob bera oladigan bo‘lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Korxona to‘la mustaqillikga erishib xarajatlarini minimallashtirib daromadlarini oshira olsa o‘z mablag‘i hisobidan to‘liq qoplanishidir. Bu degani, korxona maxsulot sotishdan olgan mablag‘idan o‘zining xamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari foyda xam oladi.
Foydaning bir qismi budjetga soliqlar hamda boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun sarflanadi, qolgani esa korxona ixtiyorida qoladi va faoliyatni ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona ixtiyorida qolgan mablag‘ni qanday maqsadlarga sarflashni uning o‘zi mustaqil ravishda xal qiladi.
Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomning asosiy matnida keltirilgan.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlarni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo‘shish kerak. Buning natijasida korxona quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi:
Qancha va korxonaning qaysi bo‘linmalaridan ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv faoliyati natijasida foyda olindi; korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta’sir qilganligi; pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o‘tkazib berishi. Korxonalarlarda moliyaviy natijalarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu mahsulot (ish, xizmat) sotishdan ko‘rilgan daromaddir. Daromad xo‘jalik jarayonlari natijasida korxonaga kelib tushgan tushumlar evaziga aktivlar miqdorining ko‘payishi yoki majburiyatlarning kamayishini anglatadi. Eng oddiy ko‘rinishda daromad ma’lum davrda sotilgan mahsulot (ish, xizmat) qiymatiga tengdir.
Ta’kidlash joizki, korxona aktivlari miqdorini ko‘paytiruvchi barcha turdagi xo‘jalik jarayonlari natijasini daromad deb bo‘lmaydi. Bankdan olingan kreditlar korxona pul mablag‘lari miqdorini ko‘paytirsada, daromad hisoblanmaydi. Shuningdek, korxona moliyaviy faoliyati bo‘yicha boshqa korxonaga berilgan qarzlarning kelib tushishi va ta’sischilarning korxona ustav kapitaliga kiritgan qo‘shimcha mablag‘lari ham daromad summasiga qo‘shilmaydi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, shunday xulosa qilish mumkinki, daromad korxonaning xo‘jalik faoliyatini tashkil qiluvchi jarayonlar natijasida aktivlar oqimi yoki majburiyatlarning kamayishini anglatuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganini va qaysi faoliyat turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barkarorligiga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |