4.3.
Xitoyning geostrategiyasi va uning mohiyati
Xitoy tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi ro„lining
mustahkamlanishi.
Xitoy oxirgi olti asr davomida Min sulolasi hukm surgan davr
(XIV – XVII asrlar) dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da
tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‗shanda tashqi
dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo‗yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga
yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR
rahbariyati Osiyoning «to‗rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya)
iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‗rganib chiqib, tashqi dunyoga
ochiqlik yo‗liga kirdi.
XX asrning 70-80-yillari chegarasida ―yagona front‖ siyosatining siyosiy-
strategik yo‗nalishi ayniqsa faol rivoj topdi. Bu ma‘lum darajada Xitoy chegarasi
yaqinidagi vaziyatning yanada murakkablashuvi bilan bog‗liq edi: 70-yillarning
oxiridan
boshlab
Xitoy-SSSR,
Xitoy-Monogoliya
va
Xitoy-Hindiston
chegarasidagi keskinlikka Xitoy-Vetnam chegarasidagi qarama-qarshilik, qo‗shni
Afg‗onistonga sovet qo‗shinlarining kiritilishi, Uzoq Sharqda va Tinch okeanining
g‗arbiy qismida sovet harbiy salohiyatining yanada kuchayishi, shuningdek KXDR
bilan Xitoy munosabatlarining sovuqlashishi qo‗shildi.
1978 – yil hokimiyat tepasiga Den Siyopin kelgandan so‗ng tashqi siyosatda
keskin o‗zgarishlar ro‗y berdi ―yagona front― siyosati, ―ko‗p qutubli dunyo‖,
145
―uchinchi dunyo nazriyasi― kabi jahon siyosatidagi nazariyalarni ilgari surib ko‗p
tomonlama munosabatlarga kirishadi bu esa Xitoy taraqqiyoti uchun ijobiy
ahamiyatga ega bo‗lgan
.
Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu
bilan bir vaqtda samarali yo‗llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim
davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg‗u berish Xitoy tashqi siyosatining
muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik
yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud
ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini
o‗rganishga bag‗ishlanadi.
―Yagona front‖ siyosatini olib borish Xitoyga qisqa vaqt ichida G‗arb
mamlakatlari bilan munosabatlarni butunlay o‗zgartirish imkonini berdi. 1978
yilning dekabrida 1979 - yil yanvardan boshlab ikki mamlakat o‗rtasida
diplomatiya munosabatlarini o‗rnatish to‗g‗risidagi Xitoy va AQSh qo‗shma
kommyunikesi e‘lon qilindi. Bu hujjatga ko‗ra AQSh XXR hukumatini Xitoyning
birdan-bir qonuniy hukumati sifatida tan olar edi.
1979 - yil iyulda XXR va AQSh o‗rtasida Savdo-sotiq to‗g‗risidagi bitim
imzolandi. Mazkur bitimda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirish uchun uzoq muddatli mustahkam asosni yaratish nazarda tutilgan edi.
Bundan tashqari, 70-yillarning oxirida bu ikki davlat o‗rtasida fan va texnika,
madaniyat, maorif, qishloq xo‗jaligi, kosmik bo‗shliqni o‗zlashtirish sohasida va
boshqa jabhalarda hamkorlik to‗g‗risida bitimlar imzolandi.
Qo‗shma Shtatlar bilan munosabatlarning yaxshilanishi Xitoyning boshqa
rivojlangan mamlakatlar, eng avvalo Yaponiya bilan aloqalari rivojlanishiga
sezilarli darajada ko‗maklashdi. Modernizatsiyani amalga oshirish jarayonida
Xitoy rahbariyatining bir qismi aynan Yaponiya bilan hamkorlikka alohida umid
bog‗ladi. 1978–1980-yillarda bu ikki mamlakat o‗rtasida savdo-sotiq, madaniy
aloqalarga ko‗maklashish, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to‗g‗risida bitimlar
imzolandi, shuningdek tomonlarni qiziqtiruvchi muammolar bo‗yicha bir qator
kelishuvlar va ahdlashuvlarga erishildi.
1978 -yil avgustda XXR va Yaponiya o‗rtasida tinchlik va do‗stlik to‗g‗risida
shartnoma tuzildi. ―Yagona front‖ siyosati XXRning G‗arb mamlakatlari bilan
munosabatlari rivojlanishiga kuchli turtki bergan bo‗lsa-da, lekin Xitoy
rahbariyatining ko‗pgina umidlarini oqlagani yo‗q.
1984-1986-yillarda jahon rivojlanishining asosiy muammolariga nisbatan Xitoy
yondashuvining yangi konseptual asoslari yaratiladi. Xalqaro vaziyat tahlilida
dunyoga ko‗p qutblilik nuqtai nazaridan qarash ustunlik qila boshlaydi. Xitoylik
siyosatshunoslar orasida 80-yillarning o‗rtalaridan boshlab keng tarqalgan bu
konsepsiya Pekinning jahondagi vaziyat xususidagi rasmiy nuqtai nazari sifatida
146
ilk bor 1988 - yil mayda XXR tashqi ishlar vaziri Syan Sichenning nutqida bayon
etildi. Uning aksariyat tarafdorlari fikriga ko‗ra, ko‗p qutbililikka intilish ijobiy
hodisa hisoblanadi. U jahon turli davlatlarining xalqaro maydonda mustaqil siyosat
olib
borishga
intilishini
aks
ettirish
orqali,
xalqaro
munosabatlarni
demokratiyalashtirish sari eltadi va ―bitta yoki ikkita o‗ta qudratli davlat‖ning
yakkahokimligiga barham berishni nazarda tutadi.
Xitoyning hozirgi tashqi siyosati zamirida yotuvchi boshqa bir qoida ―keng
ko‗lamli davlat qudrati‖ g‗oyasi bilan bog‗liq. Uning mohiyati shundaki, hozirgi
sharoitda davlatning kuchi va uning xalqaro maydondagi nufuzi harbiy
salohiyatning mavjudligi bilangina emas, balki iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
rivojlanish darajasi, shuningdek oqilona tashqi siyosat bilan ham belgilanadi,
bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati yetakchi omil hisoblanadi.
Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruv faoliyatida ishtrok etish yoʼliga
nazar solganda uchta umumiy bosqichni aniqlash mumkin:
1) asosiy xalqaro rejimdan orqada qolgan autsayder (qoloq mamlakat) (1949-
1971). XXR 1949 yili АQSh va Sovet Ittifoqi oʼrtasidagi Sovuq urush davrida
tashkil topgan boʼlib, unda АQSh gʼarbiy davlatlar blokiga va Sovet Ittifoqi
sharqiy blokka yetakchilik qildi. 1971 yilgacha Xitoy asosiy rejimdan tashqarida
kuzatuvchi, hatto raqib sifatida qabul qilinar edi.
2) Global rejim qatganchisi (1971-2000yy). Xitoyning asosiy rejimdagi rasmiy
ishtroki 1971 yili BMT uning qonuniy oʼrnini tiklaganidan keyin Xitoy va gʼarbiy
blokidagi (АQSh, Yevropa va Yaponiya kabi) mamlakatlar oʼrtasidagi
munosabatlar toʼliq normallashishiga erishildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta
jamgʼarmasi (XVJ), tariflar va savdo boʼyicha bosh bitim (TSBB), keyinchalik
Jahon savdo tashkiloti (JST) aʼzoligining tiklanishi bilan Xitoy xalqaro rejimning
asosiy ishtirokchilaridan biri darajasiga koʼtarildi.
3) qatnashuvchidan amalga oshiruvchi va yetakchilikkacha (2001 yildan).
Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruvdagi tobora rivojlanib borayotgan
harakatlari uning rolidagi muhim oʼzgarishlarni - pessimistik kuzatuvchidan
gʼayratli qatnashuvchiga; passiv moslashishdan tashabbuskorona aralashuvga;
befarq erkin chavandozdan masʼul amalga oshiruvchi, islohotchi va natijaga
erishuvchi; jabrlanuvchi va eski rejimning antagonistidan yangi rejimning
yaratuvchisi va yetakchisiga aylanganini koʼrsatadi.
Rossiyada siyosiy hokimiyatdan kommunistik partiyaning chetlatilishi,
Moskvada aksilkommunistik va o‗sha vaqtda g‗arbga xayrixoh bo‗lgan
kuchlarning g‗alaba qozonishi Moskva va Pekinning yaqinlashish jarayonini
sekinlashtirdi. Boz ustiga, o‗sha davrda g‗arb bilan yaqinlik ―romantizmi‖ga
berilgan Rossiya ma‘murlari Pekin bilan o‗z munosabatlarida AQSh va G‗arbiy
Yevropa tomonidan belgilangan andozalardan chetga chiqmaslikka harakat
147
qilardilar, inson huquqlariga nisbatan yondashuvlarda Xitoy rahbariyati bilan
kelishmovchiliklarga alohida urg‗u berardilar, Rossiya tashqi siyosatining ustuvor
yo‗nalishlari tizimida Xitoy AQSh, G‗arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va
Janubiy Koreyadan keyin qo‗yilardi. Shunga qaramay, 1991 - yil dekabrda Xitoy
Rossiyani tan olishi haqida rasmiy bayonot berdi, 1992 - yilda esa XXR rahbariyati
Rossiya va Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rag‗batlantirish
to‗g‗risida qaror qabul qildi.
90-yillarning o‗rtalariga kelib ―uchburchak munosabatlar‖ mantiqi bo‗yicha
siyosiy rivojlanish Rossiya va Xitoy munosabatlarining yaqinlashuv jarayonida
yyetakchilik qilayotgani ayon bo‗lib qoldi. Umuman olganda, 1991–1996 -
yillarda Rossiya-Xitoy munosabatlari darajasi tan olish masalasi birinchi darajali
ahamiyatga ega bo‗lgan bo‗sag‗adan ―XXI asrda strategik o‗zaro aloqa qilishga
qaratilgan teng huquqli ishonchli sherikchilik‖ ta‘rifiga qadar ko‗tarildi. Ikki
mamlakatning ―strategik o‗zaro aloqalar qilish‖ yo‗lidagi sa‘y-harakatlari
AQShning bir qutbli dunyoni turg‗un holatda saqlab qolish borasidagi intilishlariga
qarshi kurashish va ikkala davlat ham hech kimga qaram bo‗lmagan rolni o‗ynay
oladigan ko‗p qutbli dunyoni yaratishga qaratilgani bois, mohiyat e‘tibori bilan
Moskva va Pekin birgalikda amalga oshirayotgan harakatlarning pirovard maqsadi
yaqin harbiy-siyosiy ittifoqni tashkil etishdan emas, balki bir-biridan ajralish va
alohida-alohida ish ko‗rishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |