166
ta’surotlarni
tahlil qilib, qanday xatolarga yo’l qo’yganliklarini va nima sababdan yo’l
qo’yganliklarini tushinishga harakat qiladilar.
Bu tahlillar bevosita dastur to’g’risidagi tasavvurlarning nihoyasiga yetkazilgan xatti-
harakatlarning tasavvuri bilan o’zaro taqqoslanishiga asoslanadi. Fikrlash tarzi bu jarayonda nafaqat
qanday va nima uchun xatoliklarga yo’l qo’yilganini tushunishga yordam beradi, balki harakatni
keyingi bor bajarayotganda ushbu xatolarni tuzatish yo’llarini ham aniqlaydi. Bunday tahlillar
ayniqsa sportning so’ngi natijalari biror bir mashqlarni bir necha bor bajarish asosida aniqlanadigan
turlarida muhim ahamiyat kasb etadi (yengil atletikadagi sakrashlarda,
uloqtirishlarda, og’ir
atletikadagi dast ko’tarish va siltab ko’tarishda, suvga sakrash va xokazolarda).
Harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantirish funksiyasi shunda ifodalanadiki, mazkur
funksiya tufayli har qanday xatti-harakat texnikasini mukamallashtirish ustida, ularni amalda
bajarmasdan turib, faqat tasavvur qilib ham mashq qilish mumkin.
Harakatlarni tasavvur qilishning bu tarzdagi qo’llanilishi ideomotor mashg’ulotlar nomini
olgan. “Men hyech qachon mashqlarni fikran
tasavvur qilib olmasdan turib, bajarishga
kirishmayman”, - deydi gimnastikachi. “Men butun masofani hayolan yugurib o’tmasdan turib,
hyech qachon startga chiqmayman” - deya e’tirof etadi yugurish bo’yicha sportchi. Harakatlarni
tasavvur qilishning mashqlantiruvchi funksiyasi ixtiyoriy hatti-xarakatlarning butun boshli
murakkab mexanizmlari tizimining jonlanishi, hamda asab - mushak, vegetativ va boshqa bir qator
mikroreaksiyalarning paydo bo’lishi oqibatida yuzaga keladi. Ular mashqni yoki xatti-harakatni
amalda chindan ham bajarilgandagi mikroreaksiyalar bilan bir xil bo’lib, ularni fanda ideomotor
reaksiyalar deb atashadi. Bu tasavvur qilingan harakatni yoki mashqni
tashqi idrokdan yashirin
holda bajarishdir. Harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi effekti - mashqlarning
natijasidir, ya’ni ihtiyoriy harakat va mashqlarni ko’p bor hayolan takrorlash orqali ularning
mexanizmlari sistemasi hayolda mustahkamlanib qoladi (A.S.Puni).
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlardan harakatlarni tasavvur qilishni mashqlantiruvchi
funksiyasining namoyon bo’lishidagi turli jihatlariga oid bir qator qoidalar kelib chiqadi:
-
harakatlar qanchalik aniq va tiniq tasavvur etilsa, ularning mashqlantiruvchi effekti
shunchalar aniq namoyon bo’ladi;
-
ushbu effekt, harakatni tasavvur qilish jarayoni “So’z orqali ifodalab turish”
bilan
qo’shib olib borilsa, yanada oshib boradi;
-
mashqlantiruvchi effekt ayniqsa harakatlarning fazoviy belgilarini egallashda yorqin
namoyon bo’ladi, vaqt va kuchdagi belgilarini egallash chog’ida esa nisbatan kamroq ko’zga
tashlanadi;
-
musobaqalar chog’ida texnik harakatlarni xayolan bajarish ularning natijasini
ko’tarishga xizmat qiladi;
-
harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi ta’siri xatolarga ega bo’lsa, salbiy
bo’lishi ham mumkin.
Turli sportchilarda harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi funksiyasi namoyon
bo’lishi har xil ekanligi aniqlangan. Bu fikr mashqlantiruvchi effektning qay darajada namoyon
bo’lishiga taalluqlidir (I.I.Toropchin).