O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Harakat malakalarini shakllantirish bosqichlari



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet173/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

Harakat malakalarini shakllantirish bosqichlari
Harakat malakalarini shakllantirish davomiyligi turlichadir. U o’rganilayotgan harakatning 
murakkabligiga, uni o’rganayotgan sportchining mazkur xatti-harakatlarni o’zlashtirishga qay 
darajada tayyor ekanligiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Har qanday davomiylikda 
ham ushbu jarayonda 3 ta bosqichni ajratib ko’rsatishadi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
O’rganilayotgan mashqni umumiy tarzda bilib olish uchun umumiy asoslarni egallashning 
dastlabki bosqichi. 
Harakatni detallar bo’yicha uning fazoviy, vaqt, kuch, muvofiqlashtirish va boshqa 
tomonlariga ko’ra bajarish texnikasini egallash hamda ularni yagona yaxlit harakatga 
umumlashtirish bosqichi.
Harakatni egallashni mustahkamlash va mukammallashtirish bosqichi, ya’ni uni o’rganilgan 
harakat darajasiga, malaka darajasiga yetkazish bosqichi. 
1-bosqichda
mashqni o’rganayotgan sportchilar oldidagi asosiy vazifa, o’rganilayotgan 
mashq xaqida to’g’ri tasavvurni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu bosqichda sportchilarning 
ko’rish orqali hosil bo’ladigan tasavvurlari asosiy rol o’ynaydi. Bu davrda ularning muskul—
harakat sezgilari va tasavvurlari hali u qadar mukammalashmagan va mavhum bo’ladi. Sportchi 
o’zi bajarayotgan harakatlarning mohiyatiga yetarli darajada ahamiyat qaratmaydi, chunki uning 
butun diqqat e’tibori mazkur mashqni umumiy tarzda bajarishga qaratilgan bo’ladi. Agar undan 
ushbu mashqni bajarishdagi aniqlik haqida so’ralganda, ilk bor bu mashqni bajarayotganlar ushbu 
mashqdagi xatti-harakatlar ketma-ketligini aniq tavsiflab bera olmaydilar. Bu holat shundan dalolat 
beradiki, harakat malakalarni shakllantirishning dastlabki bosqichida sportchilar tomonidan to’g’ri 
xatti-harakatlar garchi bajarilayotgan mashq haqida, uning mazmuni haqida bir necha bor og’zaki 
tahlillar aytilgan bo’lsada, intuitiv, ya’ni o’zlari hali yaxshi anglamagan tarzda amalga oshiriladi.
Malakalarni egallashning dastlabki bosqichida harakatni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini 
anglash jarayonining so’z va fikrga asoslanuvchi jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning 
uchun ham bu bosqichda barcha xatti-harakatlarni ko’rish orqali idrok etilishini so’z bilan tavsiflash 
hamda uning batafsil sxemasini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Shuni ham doimo esda tutish 
kerakki, ushbu bosqichda sportchilarda faqat to’g’ri harakatlarni shakllantirmoq lozim.
2 - bosqichda
muskul harakat sezgilari anchagina aniq anglana boshlaydi. Mashqni 
bajarishda umumiy va alohida elementlarini idrok etish shakllanadi. Sportchi bir qancha xatolaridan 
halos bo’ladi. Mashqning elementlari orasidagi mantiqiy aloqadorlikni tushuntirish natijasida unda 


165 
bajariladigan xatti-harakatlar to’g’risida yanada aniqroq tasavvur hosil bo’ladi. Endi asosiy e’tibor 
harakat va vestibulyar komponentlarga qaratiladi. Mashqlarni nazorat qilishda ko’rish 
analizatorining roli pasayadi.
Bu murakkab harakat timsolini yaratishda o’rganilayotgan xatti-harakatning dastlabki va 
keyingi tahlillari muhim rol o’ynaydi. 
3-bosqichda
malakaning mustahkamlanishi va mukammallashishi amalga oshiriladi. Bu 
bosqichda xatti-harakatlar aniq va bir−biridan keskin farqli tarzda tasavvur etiladi. Harakat 
komponenti asosiy o’rinni egallaydi. Ko’z bilan nazorat qilish zaruriyati yo’qoladi.
Mashqning bir qator tarkibiy qismlari avtomatlashadi, buning evaziga harakatlar tez, aniq va 
tejamkorlik tarzida bajariladi. Harakatlanish malakalarini rivojlantirishning 3-bosqichi o’ta 
barqarorligi va egiluvchanligi bilan ajralib turadi.

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish