56
Forobiy falsafiy qarashlarining asosini uning dunyosining tuzilishi haqidagi panteistik
ta’limoti tashkil qiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, butun mavjudot-borliq emanatsiya asosida yagona
boshlang‘ichdan bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Bu oltita bosqichdan iborat bo‘lish, ular
o‘zaro sababiyat orqali bog‘langan. Bundagi birinchi bosqich-birinchi sabab – bu «vujudi vojib»-
o‘z-o‘zidan zaruriy mavjud bo‘lgan yagona Olloh (as-sabab al-avval); ikkinchi bosqich-bu birinchi
«vujudi mumkin» bo‘lib,
ular osmon jismlari, ikkinchi sababdir (as-sabab as-soniy); uchinchi
bosqich-bu ikkinchi «vujudi mumkin», ya’ni faol aqldir (al-aql al faol); to‘rtinchi bosqich -
to‘rtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-nafas), ya’ni uchinchi «vujudi mumkin»dir;
beshinchi bosqich-beshinchi sabab-bu narsa va hodisalarning ko‘rinishi, ya’ni shakli (as-surat)dir,
ya’ni turtinchi «vujudgi mumkin»dir; nihoyat, oltinchi bosqich-oltinchi sabab-bu narsa va
hodisalarning jismi, tanasi, ya’ni moddadir, bu beshinchi «vujuddi mumkin»dir. Bu bosqichlar bir-
birlari bilan sababiy bog‘langandir.
Borliqning Forobiy tomonidan bunday talqin qilinishi o‘sha davrda tabiiy-ilmiy
g‘oyalarning yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochadi. Uning talqinidagi to‘rtinchi,
beshinchi va
oltinchi bosqichlar osmon va er sathidagi jismlar moddiylik xossasiga ega bo‘lib ular ham 6 turga
bo‘linadi: to‘rt element osmon jismlari, minerallar, o‘simliklar, aqlsiz hayvonlar va aqlli hayvonlar.
Forobiyning borliq haqidagi bu ta’limotida shakl va mazmunning munosabati haqida u shaklni
narsalarning qiyofasi, tuzilishi va shu kabi miqdoriy aniqlovchilarning yaxlit ko‘rinishi, deb;
moddani esa narsalarni tashkil qiluvchi mohiyat, asos, deb tasavvur qiladi.
Forobiyning fikricha, oltinchi bosqich modda ko‘plab
belgi va xususiyatlarga ega, ya’ni u
sifat va miqdorga, substansiya va aksidensiyaga, imkoniyat va voqelikka, zaruriyat va tasodifga,
harakat, makon va zimonga ega. Uning ta’kidlashicha: «hamma
narsalar uchun umumiy jism-
olamdir, olamdan tashqarida hech narsa yo‘q». Jism bo‘lishlik hislati mavjud hamma narsalarning
xususiyatidir.
Forobiy inson, uning bilishi, ilm-fan va aql haqida ham o‘zining falsafiy qarashlarini ilgari
suradi. Garchi u insonni «aqlli hayvon»desa ham aqlli inson haqida shunday yozadi: «Aqlli deb
shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur
narsalarni kashf va ixtiro etishga zo‘r iste’dodga ega, (ular) yomon ishlardan o‘zini chetga olib
yuradilar. Bunday kishilarni oqil, deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega
bo‘lganlarni aqlli, deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, (muttaham), aldoqchi, degan nomlar bilan atamoq
lozim»
Forobiy, borliqni insoning bila olishini qayd qilib, insonning bilishini, uning ruhiy
qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, barcha ruhiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati ham
unga bog‘liq, deydi. U o‘zining «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida insonning tabiatni bilishi
cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-
oraz)lardan, ya’ni sifatlardan substansiyani-mohiyat (javhar)ni bilishga qarab borishini, ilmning
borgan sari ortib, chuqurlashib borishni aytadi.
Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga bo‘lib, bu bosqichlarning o‘zaro
bog‘liqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. U inson bilish
jarayonining bu bosqichlarini insondagi «tashqi quvvat» va «ichki quvvat»lar bilan izohlaydi.
«Tashqi quvvatlar» bevosita tashqi ta’sirlar orqali sezgi a’zolarida vujudga keladigan sezgilardir.
Ular 5 turli: teri-badan sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish sezgisi, ko‘rish sezgisi.
Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish («quvvat hissiya»), deb qaraydi. «Ichki quvvatga»ga esa
u esda olib qolish (xotira), hayol (tasavvur), his-tuyg‘u nutq (fikrlash) «quvvatlari»ni kiritadi.
«Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu
«quvvatlar» orqali amalga oshadi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql muammosini chuqur tahlil qilib,
bu haqida
aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi ta’sir, ya’ni ta’lim-tarbiyaning natijasi,
deydi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan ruhiy kuch bilan bog‘liq qobiliyat, insonni
hayvondan ajratuvchi asosiy omildir.
Forobiy o‘z bilish nazariyasida Platonning g‘oyalar dunyosi, g‘oyalarning tug‘ma bo‘lishi
haqidagi ta’limotga qarama-qarshi, g‘oyalarning, tushunchalarning borliqdan, reallikdan olinganini,