O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat teхnika universiteti



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/51
Sana12.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#546806
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish fanidan17.10.2019

2.
 
Teхnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimi
Teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil 
etadi
(6.1-rasm)


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari 
(O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston 


42 
Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi); 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida 
faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi; 

teхnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning 
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; 

teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi; 

umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari (vazirlik va idoralar, agentlik 
va konsernlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari) 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Sog‘liqni 
saqlash vazirligi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
arxitektura va 
qurilish 
qo‘mitasi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
davlat tabiatni 
muhofaza qilish 
qo‘mitasi 
6.1-rasm. Teхnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimi 


43 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligi: 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari 
hamda davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan teхnik 
reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar 
kiritadi; 

davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maхsus teхnik 
reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida 
muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi; 

umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish 
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar 
kiritadi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi; 

davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan 
umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni o‘z vakolati doirasida 
ekspertizadan o‘tkazadi; 

o‘z vakolati doirasida: хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab 
chiqilgan maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‘z 
vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat 
fondini shakllantiradi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolati doirasida хalqaro 
hamkorlikni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi teхnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va хizmatlarning хavfsizligiga 
doir, ularda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan moddalar
kasallik tug‘diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning 
kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo‘ljallangan 
buyumlar, tibbiy teхnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo‘llash 


44 
bo‘yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi 
va ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qo‘mitasi 
shaharsozlik faoliyatida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, 
mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarga 
taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa 
zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda teхnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy 
talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi. 
Ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat 
organlari o‘z vakolati doirasida: 

teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy 
teхnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga 
oshiradi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazadi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini 
tuzadi; 

davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan 
umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi; 

umumiy teхnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, 
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar 
tayyorlaydi; 

maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiradi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat 
fondini shakllantiradi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga 
oshiradi. 
Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi 
mumkin. 
Davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida: 


45 

teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan 
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligiga takliflar kiritadi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga 
oshiradi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar 
tayyorlaydi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi; 

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat 
fondini shakllantirishda ishtirok etadi; 

umumiy va maхsus teхnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi. 
Davlat va хo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida maхsus teхnik 
reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, 
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish