O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ANIQ FANLAR FAKULTETI “MATEMATIAK VA INFORMATIKA” KAFEDRASI.
MUSTAQIL ISH
Talim yo’nalishi: Matematika va informatika
Guruh : 103
Talabaning F.I.SH: Alisherova Saida
Fan nomi: O’zbekistonni eng yaxshi tarixi Mavzu:O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlar.
Mavzu:O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlar. REJA:
Qonun loyihalari, davlat dasturlari va strategiyalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi 5-aprel kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosa olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi. Tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 2021-yil 26-apreldagi xat orqali taqdim etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
3. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi o‘zbek va rus tillarida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy Majlis palatalarida muhokama qilish uchun yuborildi.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali kelib tushgan e’tirozlar va takliflar ko‘rib chiqilib, kelishmovchiliklar jadvali tayyorlandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralarning bildirgan taklif va e’tirozlari o‘rganilib tegishli tartibda kelishmovchiliklar jadvali tayyorlandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yi 3-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmon ilovasining 34-bandi ijrosini (Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish) ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 8-bandi, “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati, xususan, tizimda budjet mablag‘laridan foydalanish va qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.
O‘rganishlar Agentlik mas’ul xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasidan malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, «Korrupsiyasiz soha» loyihasi doirasida Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida amalga oshirilgan davlat xaridlari jarayoni o‘rganildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar va 3-sonli klinik shifoxonalari xarid komissiyasi tomonidan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilganligi aniqlangan. Yuqoridagi muassasalardagi har ikkala tanlov qonun talablari buzilgan holda o‘tkazilganligi sababli, Agentlik taqdimnomasi asosida bekor qilingan.
Bundan tashqari, shifoxona bosh shifokorlari (xarid komissiyasi raisi) kelgusida shu kabi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1758-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Jomboy tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan davlat xaridlari jarayonini o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ogohlantirish kiritildi.
Davlat xaridlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari uchun Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Davlat xaridlari sohasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasida o‘rganish o‘tkazish bo‘yicha Agentlik direktorining tegishli Farmoyishi qabul qilindi. Farmoyish ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish o‘tkazishga kirishildi.
Shuningdek, tijorat banklarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning chora-tadbirlar rejasi va takliflari ishlab chiqildi.
Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish, moliyaviy intizomni kuchaytirish, budjet daromadlarini oshirish, energiya resurslaridan qonuniy foydalanish masalalari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020-yil 30-noyabr kuni tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosining dastlabki sarhisobi o‘tkazildi.
2021-yil 28-30-aprel kunlari Agentlik mas’ul xodimlari va Hisob palatasi mutaxassislari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdilar.
Uning natijalari joriy yilning 30-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari T.Haydarov, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Umarov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.