8.2.5.
Tuproq eritmasi o’z tarkibiga qarab ................. bo’lishi mumkin.
8.2.6.
Tuproqning osmotik bosimi nima va u o’simliklar faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
3-ASOSIY SAVOL
TUPROQ REAKSIYASI. PH KO’RSATKICH
Darsning maqsadi:
Talabalarga tuproq pH ko’rsatkichi, kislotaliligi va ishqoriyligi to’grisida m’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
8.3.1.
Tuproq reaksiyasi qanday ko’rsatgich bilan ifodalanishini tushintirib bera oladi.
8.3.2.
Tuproq reaksiyasi nimaga bog’liqligini so’zlab bera oladi.
8.3.3.
Necha xil kislotalilik mavjudligini va nimaga bog’liqligini tushintirib bera oladi.
8.3.4.
Tuproq eritmasining ishqoriy reaksiyasi nimaga bog’liqligini tushintirib bera oladi.
3-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq eritmasining reaksiyasi asоsan shu eritmadagi vodorod va gidrooksid ionining
kontsentratsiyasiga bog’liq. Vodorod ioni tuproq eritmasida ikki xil protsess natijasida paydo
bo’ladi. Kuchli va kuchsiz mineral kislotalarning hamda organik kislotalarning dissоtsiatsiya
qonuniga muvofiq ionlarga ajralishi yoki singdirilgan ionlarning ajralib chiqishi tufayli tuproq
eritmasida vodorod ioni ko’payadi va neytrallik holati buziladi.
Vodorod ioni kontsentratsiyasi gidroksil ioni kontsentratsiya bilan baravar bo`lganda neytral
undan oshiq bo`lganda kislotali, kam bo`lganda ishqoriy reaksiya bo’ladi, ya’ni reaksiya neytral, 7
dan kichik bo`lganda kislotali va 7 dan katta bo`lganda ishqoriy xisоblanadi. pH -teskari logarifmda
ifodalangan vodorod ionlari kontsentratsiya bilan aniqlanadi.
Tuproq reaksiyasi o’simliklar hayotida katta ro’l o’ynaydi. Ba’zi bir o’simlik tuproq
reaksiyasining o’zgarishiga ancha chidamli bo’lsa, ba’zilari aksincha, chidamsiz bo’ladi. Ko’pchilik
o’simliklar pH 3,5 dan kichik va 9 dan katta bo`lganda o’sa olmaydi. So’li, javdor, kartoshkada
vodorod ionlarining tuproq suyuq fozasida ko’p miqdorda tuplanishi tufayli vujudga kelgan
reaksiya aktual kislotaliklik deyiladi.
Singdiruvchi kampleksda to’plangan vodorod ionlar xisоbiga bo`lgan reaksiya potentsial
kislotalilik deyiladi.
Tuproq eritmasining aktual kislotallilik holati gumifikatsiya vaqtida paydo bo`lgan suvda
eriydigan organik kislotalar va korbonat kislota ta’sirida vujudga keladi.
Tuproq eritmasining bu xildagi kislotali holati singdiruvchi komplikasi asоslar bilan
to’ymagan tuproqlardagina bo’lishi mumkin chunki asоs bilan to`yingan tuproqlardagina to`yingan
tuproqlarda vujudga kelgan kislotalar singdiruvchi komleksdagi kationlarning reaksiyaga kirishi
sababli neytrallanadi.
Potentsial kislotalilikning aktual kislotalikdan farqi shundaki, u tuproq eritmasi va
singdiruvchi kompleksning o’zaro ta’siri va almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi.
Potentsial kislotalilik almashinuvchi va gidrolitik bo’ladi singdiruvchi kompleksdan Se, Na
KCl kabi neytral tuzlar ta’sirida vodorod ionining siqib chiqarilishi almashinuvchi kislotalilik
deyiladi. Natriy xlorid, kaltsiy xlorid singari tuzlar singdiruvchi kompleksda vodorod bo`lgan
tuproq bilan o’zaro ta’sir etishidagi almashishi reaksiyasi tufayli tuzlar kationi singdiruvchi
kompleksdagi vodorod ionini surib chiqarib, uning o’rnini oladi, siqib chiqarilgan erkin vodorod
esa eritmaga o’tib, kislota hosil qiladi.
Bundan tashqari eritma ishqoriy harakterda bo’ladi, biroq tuproq singdiruvchi komplekssi
bilan reaksiyaga kirishni tufayli ishqoriy holat yuzaga chiqmaydi:
Tuproq eritmasining ishqoriy reaksiyasiga singdiruvchi kompleksda natriy kationining
borligi sabab bo’ladi.
Demak, singdiruvchi kompleks bilan tuproq eritmasining o’zoro ta’siriga asоslangan
kimyoviy melioratsiya dehqonchilikda o`ziga hos ahamiyatga egadir.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |