O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

Mayda chang
(0,005-0,001 mm) odatda ancha yuqori dispyersiyalanganligi bilan 
xarakterlanib, qator birlamchi va ikkilamchi minerallardan iborat. Shuning uchun ham yirik 
zarralarga xos bo’lmagan qator xossalar, jumladan, koagullanish va struktura hosil qilish 
xususiyatiga hamda singdirish qobiliyatiga ega, chirindi moddalarni ko’p saqlaydi. Lekin mayda, 
nozik zarrachalarning ko’p bo’lishi tuproqning suv o’tkazuvchanligini yomonlashtiradi, o’simliklar 
uchun o’tadigan nam kam bo’ladi, yuqori ko’pchish va bo’kish, yopishqoqlik, yorilib ketish va zich 
qovushmali bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Loyqa
(<0,001 mm) asosan yuqori dispers ikkilamchi minerallardan iborat. Birlamchi 
minerallardan kvarts, ortoklaz, muskovit kabilar uchraydi. Bu fraktsiya tuproq unumdorligida katta 
ahamiyatga ega va tuproqda kechadigan qator fizik kimyoviy jarayonlarda asosiy rol o’ynaydi. 
Loyqa fraktsiyalari yuqori singdirish qobiliyatiga ega, chirindi va o’simliklar uchun zarur azot 
hamda boshqa moddalarni ko’p saqlab turadi. Undagi kolloid zarrachalar tuproq strukturasining 
hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Ammo dispersiyalangan loyqa fraktsiyalari qator salbiy 
xossalarga olib keladi. 
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, mexanik elemyentlar o’lchamining maydalanib 
borishi bilan, ularning xossalari ham o’zgarib boradi. Ayniqsa ana shunday keskin o’zgarishlar 
«fizik qum» (>0,01 mm) bilan «fizik loy» (<0,01 mm) fraktsiyalari chegarasida yaxshi ifodalangan. 
Shuning uchun ham tuproqning mexanik tarkibini o’rganishda ana shu zarrachalarning miqdoriga 
alohida e’tibor beriladi. 
4. Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning protsent bilan 
ifodalanadigan nisbiy miqdoriga 
mexanik tarkib
deb ataladi. 
Turli mexanik elemyentlarning miqdoriga ko’ra tuproq va jinslarning xossalari bir xil emas. 
Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga qarab bir 
necha guruhlarga ajratiladi. Mexanik tarkibining klassifikatsiyasida «fizik qum» va «fizik loy» 


44 
fraktsiyalarining nisbati asos qilib olingan. Dastlabki ana shunday klassifikatsiyalardan birini N.M. 
Sibirtsev tavsiya etgan. Keyinchalik qator klassifikatsiyalar (A.N. Sabanin, V.R. Vilyams) ishlab 
chiqildi. Hozirgi vaqtda N.A. Kachinskiyning ancha mukammallashtirilgan va foydalanish uchun 
qulay klassifikatsiyasi keng ishlatilmoqda (6-jadval). 
Bu klassifikatsiyaga ko’ra mexanik tarkibining asosiy nomi «fizik qum» ning «fizik loy» ga 
bo’lgan nisbatiga qarab beriladi va qo’shimcha nomlanayotganda esa, ko’proq uchraydigan 
fraktsiyalar (shag’al 3-1 mm, qum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-0,01 mm, changsimon 0,01-0,001 
mm va loyqa <0,001 mm) miqdori e’tiborga olinadi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish