O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi farg’ona davlat univеrsitеti



Download 2,58 Mb.
bet33/104
Sana10.12.2022
Hajmi2,58 Mb.
#883289
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Bog'liq
И.П. мажмуа 2-қисм tayyori 111 — копия

Mavzu bo’yicha savollar:

  1. “Giyovandlik” tushunchasiga ta’rif bering?

  2. O’smirlar orasida giyovandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablarini alohida ko’rsating.

  3. O’smirlar giyovandligi oqibatlarini sanab bering?

Adabiyotlar:

  1. SH.Qurbonov, E.Seytxalilov, Giyovandlikni oldini olishda ta’limning ma’suliyati -T.2003.

  2. D.D.SHaripova, V.G.CHernikov, YOsh avlodning giyovandlikka qarshitarbiyasi-

T.:O’qituvchi, 1991.

  1. ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyasi va metodikasi/ M.A.Galaguzova taxriri ostidaM.Akademiya 2002.

  2. “Bolalar va spirtli ichimlik” sinf soati // Sinf rahbari hamrohi-M.Pedagogik markaz, 2001



25-Mavzu: Jinoyatchilik bolalarda g’ayriqonuniy hatti-harakatning namoyon
bo’lish shakli sifatida.

REJA:


  1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosi.

  2. Jinoyatni sodir etish sabablari.

  3. Balog‘at yoshiga yetmagan huquq buzarning shaxsiga individual profilaktik ta’sir ko‘rsatish.

  4. Balog‘at yoshiga yetmagan huquq buzar bilan ishlash individual profilaktik dasturining tuzilishi va mazmuni.

Tayanch iboralar: jinoyatchilik, jinoyat kodeksi, profilaktika, huquqbuzarlik, balog’at Yoshi,
O’zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog’at yoshiga yetmagan huquqbuzar deb jinoyat sodir etish paytiga kelib 14 yoshga to’lgan, lekin hali 18 yoshga to’lmagan shaxslar hisoblanadilar. Balog’at yoshiga yetmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlarga nisbatan ba'i bir jazolar ko’zda tutilmagan, xususan, o’lim jazosi. Ijtimoiy-pedagogikada delikvent xulqi deb o’rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va xuquqbuzarlikka olib keladigan xulqi tushuniladi: Delikvent (lotincha delingnens - huquqbuzar) - xulqi o’zining keskin ko’rinishlarida jinoiy jazolanadigan harakatlardan iborat xulqi yomon subyekt.
Delikventlik (lotincha delingnens – jinoiy harakat amalga oshiruvchi huquqbuzar) sotsiologiyada va yurisprudentsiyada militsiya ro’yxatida turadigan yoki jinoiy jazoga olib kelishi mumkin bo’lgan qoidabuzarliklarga muntazam amalga oshiruvchi tarbiyasi qiyin o’smirning Qonunga xilof harakatlarini ko’rsatish.Jinoyat kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan mahrum etishga hukm etilganlar, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan balog’atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o’taydilar.
Balog‘atga yetmagan jazolanuvchi – bu o‘smirdir.O‘smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, kuch-quvvati, faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O‘smirning qattiq emotsionalligi, ta’sirchan, engiltakligi intizomni buzish sababi bo‘lishi mumkin.
Balog‘atga yetmagan jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda ta’sirchan bo‘ladilar. Ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qaramaydilar. Bu ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u hulqini ijtimoiy boshqarish samarasinipasaytiradi. Bular ularda ijtimoiy foydali ko‘rsatmalar, qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy beqarorligi, «oson va chiroyli» hayot kechirishga intilishi, madaniylik darajasi pastligi xulqini ma’naviy o‘zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-axloqsizlik harakatlardan ular osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o‘tishlariga olib keladi. Balog‘atga yetmagan jazolanuvchilarda bu yoshda irodasi va irodaviy sifatlari shakllanishi jarayoni boradi. Bu davr davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlarini shaxs sifatida, kuchli va irodali shaxslarni namuna qilib olib o‘zlarini tarbiyalashga qodir ekaliklarini anglab etadilar.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish