Tok qiymati o’zgarmas bo’lganda zaradlash. Bu usulda zarad qilinganda, akkumu-lyator batareyalari o’zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanadi (rasm,a). Zaradlash mobaynida, tok o’zgarmas holda saqlanadi va uning qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi
Bu yerda, Uz - akkumulator qisqichlaridagi kuchlanish, V; Eb - zaradlanayotgan batareyaning EYUK, V; Rb - akkumulator batareyasining ichki qarshiligi, Om.
rasm. Akkumulatorlar batareyasini tok qiymati o’zgarmas bo’lganda zarad qilish a) ulanish sxemasi, b) tavsifnomasi
Zaradlash davomida tok qiymatini o’zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun, akkumulatorlarga ketma-ket reostat R va ampermetr ulanadi. Zaradlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bir bosqichli jarayonning boshidan oxirigacha zaradlash tokining qiymati o’zgarmaydi va u 0,05S20 ga teng bo’ladi (S20 - akkumulatorning nominal sig’imi). Ikki bosqichli jarayonda, elektrolitda gaz ajralib chiqish boshlanguncha, akkumulator qiymati 0,15S20 ga teng tok bilan zaradlanadi (I bosqich). Bunda akkumulatorning har bir bankasidagi kuchlanish 2,4 V gacha oshadi (rasm,b). Shundan keyin, zaradlash toki 2-3 marta kamaytiriladi va jarayon 0,05S20 ga teng tok bilan tugallanadi (II bosqich).
Ikki bosqichli zaradlash jarayonining afzallik tomoni shundaki, birinchidan akkumulatorlarni to’la zaradlash uchun ketadigan vaqt tejaladi (I bosqichda zaradlash tokining oshirilishi hisobiga), ikkinchidan zaradlash oxirida elektrolit qattiq "qaynab" ketishiga yo’l qo’yilmaydi (II bosqichda zaradlash tokini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalardagi aktiv massa muddatidan avval yemirilishini oldi olinadi.
Kuchlanishi Utm ga teng bo’lgan o’zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanishi mumkin bo’lgan akkumulator bankalarining soni (reostat qarshiligi R=0 bo’lganda) quyidagicha aniqlanadi.
Bu yerda, Utm - o’zgarmas tok manbaining kuchlanishi, V ; 2,7 - zaradlash oxirida har bir akkumulator elementiga to’g’ri keladigan kuchlanish, V.
Zaradlashga qo’yilayotgan akkumulator batareyalarning sig’imi bir xil yoki imkon boricha, bir-biriga yaqin bo’lishi kerak, aks holda zaradlash toki qiymatini, sig’imi eng kichik bo’lgan batareya bo’yicha belgilashga to’g’ri keladi va sig’imi katta bo’lgan batareyalar juda sekin zaradlanadi.
Tok qiymati o’zgarmas bo’lganda zaradlash, hozirgi vaqtda akkumultorlarni zarad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida akkumulatorlarni to’la zaradlashga erishish mumkin. Bundan tashqari, zaradlash tokining qiymatini ma'lum chegarada tanlash, uni rostlab turish va nazorat qilish imkoniyati borligi, yangi akkumulatorlarni birinchi bor zarad qilishda, plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorlarni tiklashda juda qo’l keladi.
Akkumulatorlarni zaradlash uchun sarflanadigan vaqtning nisbatan ko’pligi, zaradlash davomida tok qiymatini doimo nazorat qilish va rostlab turish zarurati - bu usulning asosiy kamchiliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |