Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash.
Rostlagich yakorchasining tebranish chastotasini oshirish . Yuqorida ko’rsatilgandek, rostlangan kuchlanishning tebranishi tok iste'molchilariga sezilmasligi uchun rostlagich yakorchasining tebranish chastotasi 30 gs dan kam bo’lmasligi kerak. Yakorchaning tebranish chastotasini oshirish uchun, avvalo, uning mexanik inersiyasi kamaytiriladi. Buning uchun u mumkin qadar yupqa va yengil qilinadi va unga uchburchak yoki yarim doira shakli berib, og’irlik markazi aylanish o’qiga yaqinlashtiriladi.
Ammo yakorchaning mexanik inersiyasini kamaytirish hisobiga tebranish chastotasini oshirish, quvvati uncha katta bo’lmagan ( 100 Vt gacha) generatorlardagina samara beradi. Generatorning quvvati ortishi bilan uning o’zaklaridagi magnit oqimi va uyg’otish chulg’amidagi induktivlik ham oshadi va, natijada, rostlagich o’zagining magnit inersiyasi kuchayishi hisobiga kuchlanishning o’sish va pasayish jarayonlari sekinlashadi.
Rostlagichning magnit inersiyasini kamaytirish uchun kontaktlar tutash holda uning o’zagini sun'iy ravishda magnitlash va kontaktlar uzilganda esa, magnitsizlash zarur. Buni amalga oshirish uchun rostlagich o’zagiga maxsus tezlatuvchi chulg’am o’raladi yoki rostlagich chulg’ami zanjiriga tezlatuvchi qarshilik ulanadi.
Ҳozirgi vaqtda, ishlatishga qulay bo’lgan, rostlagichning tezlatuvchi qarshilik ulangan sxemasi kengroq tatbiq topgan (rasm). Bu sxemada rostlagich chulg’ami (RCH) generator bilan, qo’shimcha qarshilik RQ ga ketma-ket ulangan tezlatuvchi qarshilik RT orqali bog’langan. Yakorchani tebranish chastotasini tezlatish quyidagicha amalga oshiriladi.
Kontaktlar tutash bo’lganda, rostlagich chulg’ami RCH ga uzatilayotgan kuchlanish generatorning kuchlanish qiymatiga deyarlik teng bo’ladi, chunki tezlatuvchi qarshilik RT orqali o’tayotgan rostlagich chulg’amining toki iCH ning qiymati juda kichik va RT da (ya'ni "a" nuqtada) kuchlanishning pasayishi hisobga olmaslik darajada kam bo’ladi
URCH = UG - iCH RT UG ,
Kontaktlar uzilganda tezlatuvchi qarshilik orqali iCH bilan birga-likda qiymati nisbatan katta bo’lgan uyg’otish toki IU ham o’ta boshlaydi, natijada "a" nuqtada kuchlanishning pasayishi ancha sezilarli bo’ladi va rostlagich chulg’amiga uzatilayotgan kuchlanish ham keskin kamayadi
URCH = UG - ( iCH + IU ) RT ,
rasm.
|
Kontaktlar uzilgandan so'ng, rostlagich chulg'amidaga kuchlanishning bunday pasayib ketishi, undagi tokni ham, demak rostlagich o'zagidagi magnit oqimini ham keskin kamayishiga va kontaktlar tezlik bilan yana tutashishiga olib keladi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi va rostlagich yakorchasining tebranish chastotasi sezilarli darajada (150-250 Gs gacha) oshadi.
|
Tezlatuvchi moslamalar qo’llangan rostlagichlarning salbiy tomoni shundan iboratki, rotorning aylanishlar chasto tasi ortishi bilan generatorning kuch-lanishi ham sekin asta o’sib boradi. Bu kamchilik rostlagich sxemasiga baravarlashtiruvchi chulg’amyoki baravarlashtiruvchi qarshilik ulash yo’li bilan bartaraf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |