Razrad tokining maksimal qiymati(CCA ko’rsatkich) Bu ko’rsatkich akkumulya-tor batareyasining atrof muxit harorati past bo’lgandagi elektr sig’imini tavsif-laydi. CCA ko’rsatkich atrof muxit harorati -180C bo’lganda akkumulator batareyasi 30 sekund davomida qisqichlaridagi kuchlanishni 7.2V gacha pasayganda bergan mak-simal tok kuchi bilan belgilanadi. Starter valida avj oldiriladigan burovchi mo-ment qiymati akkumulator batareyasining CCA ko’rsatkichiga bevosita bog’liq bo’ladi.
O’zDEUavto avtomobillariga o’rnatilgan xizmat ko’rsatilmaydigan akkumulatorlar-ning qopqog’iga elektrolit zichligini ko’rsatuvchi indikator joylashtirilgan. Batareyaning holatiga ko’ra indikator quyidagi ko’rsatkichlarga ega bo’lishi mumkin:
Indikator qora rangda bo’lib, o’rtasida yashil nuqta bor - batareya zaradlan-gan va ishlatishga tayyor;
Indikator qora rangda, yashil nuqta yo’q - akkumulator razradlangan. Uni avtomobildan yechib zaradlashga qo’yish zarur. Bundan tashqari generator va kuchlanish rostlagichlari me'yorida ishlashini ham tekshirish zarur;
Indikator rangsiz yoki och sariq rangda - bu, akkumulatordagi elektrolit sathini kamayib ketganligi va uning nosozligi haqidagi belgidir. Akkumulator, generator va kuchlanish rostlagichi belgilangan tartibda tekshirilishi zarur.
Akkumulator batareyasini yuklama ostida tekshirish. Akkumulatorni yukla-ma ostida tekshirishdan avval elektrolit zichligi indikatori ko’rinishiga qarab, batareyaning zaradlanganlik darajasi aniqlanadi:
- indikator qora rangda, o’rtasida yashil nuqtasi bor - akkumulatorni yuklama ostida tekshirishni darxol boshlash mumkin;
- indikator qora rangda, yashil nuqta yo’q - akkumulator avval zaradlanadi va so’ngra, yuklama ostida tekshiriladi.
TENOLOGIK QISM
Kontaktsiz o’zgaruvchan tok generatorlari. Kontakt halqalari va cho’tkalari bo’lmagan o’zgaruvchan tok generatorlari boshqa turdagi generatorlardan o’zining ishonchlilik va chidamlilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu turkumdagi generatorlarning xizmat muddati faqat podshipniklar yeyilishi va chulg’amlar izolatsiyasi eskirishi bilan cheklanadi. Kontaktsiz generatorlar og’ir sharoitda, ya'ni chang - to’zon ko’p bo’ladigan karyerlarda, yo’lsizlik sharoitida ish-laydigan avtomobillar uchun ayniqsa zarur. Kontaktsiz generatorlarning induktor-li va qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli shakllari mavjud. Bu turkumdagi generatorlarning umumiy tomoni shundan iboratki, ularda uyg’otish chulg’ami ko’zgalmas bo’ladi, farqi esa, uyg’otish chulg’ami o’rnatilgan joy bilan bog’liq. Masalan, induktorli generatorlarda uyg’otish chulg’ami rotorning yon tomonida, qopqoqqa mahkamlangan vtulkaga o’rnatilgan bo’lsa, qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorda (6-rasm), maxsus moslamalar yordamida, rotorning ikkita yarim o’zagining o’rtasiga joylashtiriladi.
5-rasm. Induktorli generatorning konstruktiv sxemasi
|
6-rasm. Tumshug'simon, qisqartirilgan qutbli generatorning konstruktiv sxemasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |