O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi


Tukli Erva o‘simligini o‘stirish texnologiyasi



Download 0,71 Mb.
bet88/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Tukli Erva o‘simligini o‘stirish texnologiyasi


Tukli Erva Afrika, Osiyo, Filippin va Yangi Gvineyaning tropik va subropik mamlakatlarida tabiiy sharoitda o‘sadigan ko‘p yillik begona o‘t. O‘zbekistonda esa bir yillik o‘t o‘simligi hisoblanadi. Undan xomashyo olish uchun barcha tuproqlarda ekish mumkin. Agar tukli ervadan urug‘ olinadigan bo‘lsa bosh o‘simliklarni albatta teplitsalarda sabzavotlarga o‘xshatib issiqxonalarda o‘stirib ko‘chat qilib ham o‘tkaziladi.


O‘simlikdan ko‘chat yetishtirish uchun mart oylarining boshlarida issiqxonalarda taxtaqutilarda 20—25 daraja haroratda urug‘ ekiladi. Urug‘
1 m2 yerga 0,5 g sarflanib, 1—2 mm chuqurlikda qadaladi. Urug‘lar unib chiqquncha tuproqning yuzasini nam holatda saqlanishni tavsiya qilinadi. Urug‘ ekilgandan keyin maysalar 7—8 kunda unib chiqadi.
O‘simlik 4—5 marta chin barg chiqarganda ko‘chatlar dalaga olib chiqib pushtalarga ekiladi.
Pushtalar 60 sm oraliqda olinib, ko‘chatlar bir-biridan 15—20 sm masofada ekiladi. Har bir uyaga 1—2 ta o‘simlik joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rtacha har bir gektar maydonga 70—75 ming ko‘chat sarflanadi.
O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitida tukli ervani ochiq maydonlarda urug‘ini ekib yuqori hosil yetishtirish mumkin. O‘simlik ekiladigan yerlarni kuzda mahalliy o‘g‘it va fosfor o‘g‘itlari bilan oziqlantirib 25—27 sm chuqurlikda haydash kerak. Erta bahorda yerlarni begona o‘tlardan tozalab, kultivatsiya, borona va mola bostirib tuproqni mayin holatga keltirishni tavsiya qilamiz.
Tukli ervani urug‘i juda mayda bo‘lganligi uchun gektariga 1 kg urug‘ni qum, kul va organik qoldiqlarga aralashtirib aprel oyida tuproqning yuza qismiga ekiladi. Jo‘yaklar olinib, qator oralari jildiratib sug‘oriladi.
Maysalar ko‘karib chiqqanga qadar tuproqning yuzasi nam holatda saqlanib turadi.
Tuproq harorati 18—20°S ga yetganda 10—12 kunda maysalar unib chiqadi. Maysalar juda nozik bo‘lganligi sababli 3—5 chin barg chiqarganda uni ko‘mib yubormaslik uchun ehtiyotkorlik bilan parvarishni boshlash kerak. Qator oralari ketmon bilan o‘toq qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi va har 2—3 marta sug‘orilgandan keyin oralari kultivatsiya qilinadi. Har 10 sm oraliqda 1—2 tadan o‘simlik qoldirib, yagana qilinadi. O‘simlikni vegetatsiya davomida 8—10 marta sug‘oriladi. Tukli ervani birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 40 kg dan azot, 30 kg dan kaliy berishni tavsiya qilinadi.
O‘simlik oziqa elementlariga talabchan bo‘lganligi sababli ikkinchi oziqlantirishni shonalash fazasida 30 kg azot va 40 kg fosfor o‘g‘iti beriladi.
Tukli erva gullash fazasida juda ko‘p oziqa moddalarni, ayniqsa kaliy o‘g‘itiga talabchan bo‘ladi.
SHularni e’tiborga olib oxirgi o‘g‘itlashda gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
Oziqlantirish har bir sug‘orish oldidan amalga oshirilishi kerak.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish