YERYONo‘OQ — ARACHIS
YEryong‘oq (araxis) — Arachis hupogaea L., dukkakdoshlar —
Leguminosae oilasiga kiradi.
YEryong‘oq bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizida dukkakli o‘simliklarga xos tuganaklari bo‘ladi. Poyasi tik o‘suvchi, sershox, uzunligi 10—75 sm. Bargi juft patli murakkab bo‘lib, uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan sariq rangli gullari ro‘vakka yoki shingilga to‘plangan. Kosacha bargi beshta, birlashgan, toj bargi beshta, dukkaklilar oilasiga xos tuzilgan. Guli bir kunlik. Otalanish protsessidan so‘ng kosacha, tojbargi va otaliklari quriy boshlaydi. 2—3 kundan keyin onalik tuguni joylashgan gul bandi oldin yuqoriga, keyin esa pastga qarab o‘sib, yerga 8—10 sm kiradi va yer ostida onalik tugunidan meva o‘sa boshlaydi. Mevasi — pilla yoki silindr shaklida, pishganda ochilmaydigan dukkak. Meva ichida 2—4 ta (ba’zan 1—7 ta) urug‘ bo‘ladi. Urug‘i qo‘ng‘ir yoki och, to‘q qizil po‘st bilan o‘ralgan cho‘ziq yoki yumaloq bo‘lib, ikkita urug‘ palladan tashkil topgan.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi sentabr oylarida pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |