YEryong‘oqning vatani Braziliya bo‘lib, Xitoy, Yaponiya, Birma, AQSH, Italiya va Afrika mamlakatlarida katta maydonlarda ekilib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida yetishtirsa bo‘ladi. YEryong‘oq faqat sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda ekilsa yuqori hosil yetishtirish mumkin. Og‘ir qumoq, sho‘r va botqoq tuproqlarga yeryong‘oq ekish tavsiya qilinmaydi. Almashlab ekishda bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, kartoshka va ildizmeva ekilgan maydonlar yeryong‘oq uchun eng mo‘‘tadil yerlar hisoblanadi. U azot to‘plovchi o‘simliklar turiga kiradi va ko‘plab tuganaklar hosil qiladi, ya’ni tuproqni azot bilan boyitadi va undan bo‘shagan yerlarga boshoqli va makkajo‘xori ekilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. YEryong‘oq ekiladigan yerlarni kuzda gektariga 15—20 tonna chirigan va 40 kg superfosfat solib 25—28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Erta bahorda yerlarni borona, mola mexanizmlari bilan tekislanadi va begona o‘tlar qoldiqlari tozalanib tashlanadi. YEryong‘oq issiq, yorug‘ va namsevar o‘simlik. Tuproq harorati 14—15 darajaga yetganda (10—20 aprel) makkajo‘xori ekadigan yoki moslangan seyalkalarda gektariga 70—100 kg urug‘ni 90 x 20 x 1,
70 x 15 x 2 sxemada, 5—6 sm chuqurlikda ekiladi.
YEryong‘oq bir yillik o‘t o‘simlik, ildiz tizimi baquvvat, o‘q ildiz ikki metrgacha chuqurga yetib boradi. Uning urug‘i ekilgandan keyin 7—8 kunda unib chiqadi va unga ishlov berishni boshlash mumkin. YEryong‘oqni yaxshi
o‘sishi va rivojlanishi, undan yuqori hosil yetishtirish uchun qator oralarini ishlash va begona o‘tlardan tozalashni tavsiya qilinadi. O‘simlikda 3—4 ta chin barg chiqarganda gektar hisobiga 30 kg dan azot va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Mineral o‘g‘itlar (NRK) 1 : 2 : 0,5 nisbatda, ya’ni vegetatsiya davomida gektar hisobiga 90 kg azot, 80 kg fosfor va 45 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
YEryong‘oqning gullash va meva tugish davrida qolgan azot va kaliy o‘g‘itlarini berib oziqlantirish to‘xtatiladi. YEryong‘oqni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Vegetatsiya davrida sizot suvning chuqur yoki yuza joylashishi va tuproqning mexanik tarkibini hisobga olgan holda 6—8 marta sug‘orishni tavsiya qilinadi. YEryong‘oqni o‘suv davrida uning yon tomonida hosil guganagi paydo qiluvchi o‘simtalar (soqol) mavjud bo‘lib, o‘simtalar uzluksiz ravishda texnika yoki qo‘l kuchi yordamida tuproq bilan ko‘mib turilsa yuqori hosil taminlanadi. YEryong‘oqning vegetatsiya davri o‘rgacha 140—150 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |