O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi


Na’matakni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish usullari



Download 0,71 Mb.
bet223/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Na’matakni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish usullari


Na’matak turlarini vegetativ ko‘paytirish urug‘idan ko‘paytirishga nisbatan ancha qulayligi mavjud, shu bilan birga ularni tezroq hosilga kirishi ham kuzatilgan.
Bu usul bilan ko‘paytirishda 30—35 sm uzunlikda o‘simlik poyalaridan olinib qalamchalar tayyorlanadi. Ularni uch tomonlarini yuqoriga qilib bog‘-bog‘ qilinib yerga ko‘mib qo‘yiladi. Mart oyining boshlarida qalamchalarni qator oralig‘i 70—75 sm, ko‘chat oralig‘i 30—35 sm qilib, olingan qalamchalar ekib chiqiladi. Qalamchalarni 10—15 sm qismi tuproqdan chiqib turishi kerak. O‘simlikni ikki yil mobaynida yaxshi parvarishlab o‘stiriladi. Uchinchi yilga borganda mart oyining birinchi o‘n kunligida plantatsiyalar hosil qilish uchun tayyorlangan yerga qator oralig‘i 5—6 m, ko‘chat oralig‘i 2,0—3,0 m masofada ekib chiqiladi. O‘simlikni ekishda ko‘chat va qator oralig‘iga ishlov berish va uning hosilini terib olish hisobga olinishi lozim.
Na’matak ekilgan jo‘yaklar yakinidan sug‘orish uchun egatlar olinadi. Jo‘yaklardagi tuproq to‘la namlanadigan darajada jildiratib sug‘oriladi, keyin kultivatsiya qilinadi, chuqurlardan o‘sib chiqqan yirik begona o‘tlar qo‘lda yulib tashlanadi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, kultivatsiya chuqur botganida yoki qo‘l kuchi bilan chuqur chopilganida ildiz tarmog‘i zararlanishi mumkin. Ildiz zararlangan yerda bachkilari ko‘payib ketadiki, u o‘simlik turining rivojlanishiga xalaqit beradi, tup hosili kamayadi. Hosil bo‘lgan ildiz bachkilari asta olib tashlanishi kerak. Agar uning ildiz tarmog‘i yaxshi rivojlangan bo‘lsa, nobud bo‘lgan ko‘chatlar o‘rniga ekiladi. Agar ildizlari yaxshi rivojlanmagan, kesilgan bo‘lsa, yaxshi rivojlanguniga kadar alohida yerga o‘tqazib qo‘yiladi. Tavsiya etilgan agrotexnikaga qa’tiy amal qilinganda navli na’mataklar ekilganidan keyingi ikkinchi yili mevaga kiradi. Ko‘chatlar 2—3 yili va undan keyingi yillarda qiyg‘os mevaga kiradi.
Na’matak ekilgan yerlarga gektar hisobiga 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g‘iti beriladi. O‘g‘itlar sug‘orishdan oldin berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Na’matak poyalari 5 yilgacha o‘sib turadi, keyin ular o‘sib chiqishi bilan almashtiriladi. Eski poyalar vaqti-vaqti bilan qirqib tashlanadi.
YOki har 6—7 yilda ekinzorning barcha poyalari olib tashlanib, yoshartirilgan ekinzor bir yildan keyin gulga va mevaga kiradi. Na’matakning asosiy kasalligi yaproq va yosh poyalari, shoxchalarga kuyasimon zamburug‘ tushishidir. Unga qarshi kurashish uchun o‘simlik oltingugurt kukuni bilan seven qorishmasi vositasida ishlov beriladi. Har gektar yerga 20—30 kg oltingugurt va 1—2,4 kg seven solinadi.
Na’matak bilan ish olib borilganda qalin qo‘lqop kiyish zarur bo‘ladi. Unga ishlov berishda va ulardan foydalanishda maxsus ko‘nikma va bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar shug‘ullanishi kerak.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish