O`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan sodda terminlar: baho, narx, daromad, tovar, mahsulot mablag`, mijoz, sotuvchi, xaridor, bozor, rasta, do`kon kabi marketing sohasida faol iste’molda bo`lgan terminlar o`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida hosil bo`lgan terminlar.
Xalqaro sodda marketing terminlar: demping, defitsit, diler, diling, ditribyutor, duopoliya, brend, bond, banderol, imidj, ternd.
Termin yasalishida har bir tilning ichki imkoniyatlari va morfologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ba’zi affikslar sermahsul hisoblanadi. Rus va ingliz tillaridan farqli ravishda o`zbek tilida aynan marketing terminlarini hosil qilishda qatnashuvchi dominant affikslar mavjud emas17. Lekin –chi va –dor affikslari orqali bir qator professionalism terminlar yasalgan: avalchi, aksiyador, dilerchi. –chilik hamda –lik qo`shimchalari bilan esa ma`lum jarayonga va faoliyatga xos bo`lgan bir qator terminlar hosil qilingan: dilerlik, loyallik, distribyutorlik, ishbilarmonlik, baqqolchilik(eski), brokerlik kabilar. Turli tillardagi marketing terminlarini yasashda ishtirok etuvchi affikslar quyidagilar:
…izm [fransuzcha –isme] – faol va ko`p ma`noli so`z yasovchi qo`shimcha bo`lib, turli fan sohalaridagi ta`limot, nazariya, yo`nalish va oqimlar nomini yasaydi18: kombizm, lombizim.
…atsiya [ fr. –ation < lot. –atio ] – o`zlashma yasama so`zlar tarkibidagi qo`shimcha bo`lib, asosdan anglashilgan tushunchaga aloqador jarayon otlarini yasaydi. O`zbek tilidagi –lash, – lashish, – lanish murakkab qo`shimchalariga teng19.
Demonstratsiya – mahsulotning ko`rgazmali taqdimoti va uning funksiyalari hamda foydali xossalarining namoyish etilishi.
Ingliz tilida: – ing affiksi termin yasalishida sermahsul qo`shimcha hisoblanib, o`zbek tilida mavjud bo`lgan – ish harakat nomi qo`shimchasiga teng.
brending
- ing marketing
demping
Rebrending (ingl. Rebrending) – iste`molchilar ong-shuurida brending uchun yangi pozitsiya topish, brendni qayta pozitsiyalash20 degan ma`noni ifodalaydi. –ing affiksi bilan hosil qilingan terminlar ma`lum bir jarayonni ifodalash uchun qo`llaniladi. Termin tarkibidagi re – suffiksi xalqaro terminoelement hisoblanib, lotincha yana, qayta, takror degan ma`nolarni bildiradi va o`zi qo`shilayotgan terming ham yuqoridagi ma`nolarni yuklaydi.
…men, man affiksi esa ingliz, nemis, gollandcha so`z bo`lib, odam, kishi ma`nolarini bildirib keladi, ayrim kasbiy terminlar yasalishida terminning ma`lum elementi bo`lib keladi: biznesmen, lidermen kabi.
De…[ lot. de- – ajratish ] – old qo`shimcha, o`zlashma yasama so`zlarning tarkibiy qismi bo`lib: 1. Ajratish, chiqarish, yo`qotish, bekor qilish ma`nolarini bildiradi.21 Masalan, devalvatsiya, demarketing, denonsatsiya kabilar.
Denonsatsiya – shartnomadan voz kechish.
Devalvatsiya – milliy pul birligi kursining chet el valyutalariga nisbatan pasayib ketishi, pasaytirilishi.
Demarketing – ayrim mahsulot turlarini xarid qilishdan chalg`itish. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki hamda giyohvand vositalari kabi.
Dezinflatsiya – retsesiya davrida narxlar o`sishi sur`atlari pasayishi, sotuvlar kamayib ketishi.
…iya yunon va lotin tillarida so`z yasovchi qo`shimcha: alloniya, garantiya, aksessiya kabilar.
Alloniya – vekselga qo`shib qo`yilgan qo`shimcha varaq bo`lib, unga veksel bo`yicha hu quqlarni o`tkazish haqida yozuvlar kiritiladi.
Yuqoridagi xalqaro terminelementlarning o`zbek tilidagi ayni shakllari ham mavjud. Quyidagi chizmada ko`ramiz:
Terminlarga qo`yilgan muhim talablardan biri – terminlarning aniq, qisqa bo`lishidir. Termin tushuncha mohiyatini qanchalik aniq va to`liq ifodalasa, u shakl jihatdan murakkab, ya`ni bir necha komponentli qo`shma terminlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi. O`zbek tili marketing terminologiyasida mavjud qo`shma terminlar komponentlari turli tillarga mansub terminlardir. Ularning quyidagi turlari kuzatiladi:
1. Mikro, mini va makro, giper terminelementi + o`zlashma morfema tipidagi qo`shma terminlar: mikromarketing, makromarketing, minimarket, gipermarket.
2. Marketing turlarini ifodalovchi qo`shma terminlar: sinxromarketing, agromarketing.
Market termini marketing sohasida eng faol itse’molda bo`lgan birliklardan biridir.
Qo`shma so`zlar faqat yangi so`zlarga bo`lgan ehtiyojni qondirish uchungina emas, ikki tushunchani bir so`z orqali ifodalash zarurati bo`lgani uchun ham zarurdir. Hozirgi kunda fan va texnikaning turli sohalarida yuzaga kelayotgan ko`plab qo`shma terminlar bir so`zda ikki tushunchani ifodalash uchun xizmat qilmoqda22. Qo`shma so`z shaklidagi marketing terminlari esa asosan inglizcha so`zlardan iborat: imijmeyker, mikromarketing, makromarketing, sinxromarketing, benchmarking, biznesmen.
So`z birikmasi shaklidagi marketing terminlari asosan, leksik kalka ( leksik kalka – o`zga til lug`aviy birligidan qismma-qism nusxa olish yo`li bilan hosil qilingan so`z23) asosida hosil qilingan bo`lib, o`zbekcha-inglizcha yoki inglizcha-o`zbekcha va o`zbekcha-o`zbekcha tuzilishda bo`ladi. Bunday terminlar ikki tarkibli, uch yoki to`rt tarkibli, ba`zan besh takibli bo`lishi ham mumkin. Kalkalash G`arbiy Yevropa tillaridan to`g`ridan-tog`ri yoki rus tili vositasida amalga oshishi kuzatildi. Bu holatni quyidagi jadvalda ifodalashga harakat qildik:
Brend indentligi
|
Brend identity
|
Brend menejeri
|
Brand manager
|
Elektron marketing
|
Electronic marketing
|
Konversion marketing
|
Conversion marketing
|
Marketing analiz
|
Marketing analysis
|
To`g`ridan to`g`ri kalkalash orqali o`zlashgan terminlar jadvali
Uch tarkibli marketing terminlari: alohida shaxslar marketing (celebrity marketing), bozorda brend ulushi (brand-share), bozorni segmentlash strategiyasi, differensial narx tayinlash, internet kimoshdi savdosi kabilar.
O`zbek tili marketing terminologiyasida dominant terminlar bo`lib, ko`p birikmalar ular ishtirokida hosil qilinadi. Ular jumlasiga “market”, “marketing”, “bozor”, “mahsulot”, “tovar”, “brend” kabi terminlar kiradi.
“Marketing” komponenti bilan hosil qilingan terminlar ko`p miqdorni tashkil qiladi: electron marketing, g`oyalar marketing, xalqaro marketing, conversion marketing, global marketing, intensive marketing, demarketing, remarketing, tijorat marketing kabilar.
Shuni ta`kidlash lozimki, terminologiyaning muammoli masalalaridan biri turli sohalarga oid o`zga tilga tegishli terminlarning tarjima qilinib, keng ko`lamda ishlatilayotganligidir. Har qanday boshqa tildagi termini o`zbek tiliga kalkalash orqali yangi termin hosil qilish mumkin deb qarash to`g`ri emas. O`zbek tiliga tarjima qilinayotgan yoki muqobili topilayotgan har qanday termini yaratishda tilimizning boy ifoda imkoniyatlaridan, so`z yasash qoidalaridan to`g`ri va unumli foydalanish zarur.
Fan va texnikaning turli sohalariga oid xalqaro terminlarning aksariyati jahon tillarining ko`pchiligida ancha ustuvor holda qo`llanib kelayotgan bo`lishiga qaramay ularning har biriga o`zbekcha muqobil topishga harakat qilishni ijobiy hodisa deb bo`lmaydi. Buni ikki holat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, har qanday termin ma`lum bir sohadagi tushunchani ifodalash uchun qo`llanar ekan, u o`sha fanning kommunikativ birligi hisoblanadi. Ikkinchidan, har qanday fan dunyoviy bo`lib, fanni milliylashtirishga harakat qilish mantiqsizlikdir. Ma`lumki, biror-bir xalqaro termini almashtirishda uning muayyan tildagi muqobili shu so`z anglatayotgan barcha ma`nolarni qoplay olishi va terminologik talablarga javob bera olishi eng asosiy mezon bo`lishi kerak.
Yuqoridagi nazariyadan kelib chiqib aytish mumkinki, marketing terminlari aynan o`zbek tili uchungina xos emas. Uning tarkibida butunjahon tan olgan terminlar mavjud bo`lib, ularni qanday bo`1sa shunday holicha qo`llaniladi. O`z navbatida bunday terminlar baynalmilal leksika ( baynalmilal leksika – qardosh bo`lmagan tillarda bir xil ma`noda, shuningdek, aynan bir fonetik tarkibda yoki qisman o`zgarish bilan qo`llanadigan, ana shu tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar. Bunday so`zlar, asosan, fan-texnika, iqtisodiyot va boshqa sohalarga mansub terminlar24) tarkibiga kiradi. Ular quyidagilar:
Sinxron marketing
|
O`zgarib turadigan, nomuntazam marketing
|
Remarketing
|
Kamayib borayotgan talabni jonlantiruchi marketing
|
Konversion marketing
|
Manfiy talabni yenguvchi marketing
|
Denonsatsiya
|
Shartnomadan voz kechish
|
Arendator
|
Ijaraga oluvchi
|
Ushbu terminlarning o`zbekcha muqobili qo`llanilganda g`alizlik til vakillari uchun esa noqulaylik vujudga keladi. Asli holida qo`llash esa terminga xos nazariyalarga yondashuvga olib keladi. Foydalanuvchiga qulaylik tug`diradi.
Terminologik tizimni yuzaga keltirishda dunyo tan olgan qator nazariyalar mavjudki, ularda terminlar derivatsiyasiga oid qonun-qoidalar tahlil qilingan:
1. O‘xshashlik, tashqi o‘xshashlik yoki o‘zaro bog‘liqlik asosida ko‘chirish yo‘li bilan mavjud terminlarning yoki umuman taomildagi so‘zlarning ma’nosini o`zgartirish: brand manager – brend menejeri, dagmar – dagmar, demarketing, demping - demping, diler – diler, remarketing – remarketing.
2. Turli affiks (suffiks, infleks)larni ishlatib mavjud so‘zlardan yangi so‘z yasash, masalan: auditchi, aksiyador, dilerlik, bizneschi, loyallik.
3. Birikma terminlarni hosil qilish, ya’ni ikki yoki bir necha mustaqil so‘zlarni mavjud bo‘lgan biror sintaktik forma vositasida doimiy birikmaga aylantirish: celebrity marketing – alohida shaxslar marketing, brand share – bozorda brend ulushi, product image - mahsulot imiji, nufuzi kabilar.
Yuqorida keltirilgan nazariy ma`lumotlar va misollar marketing terminlari lisoniy shakllanishi va rivojiga qaratilgan bo`lsa-da, uning taraqqiyoti, o`z navbatida, nolisoniy omillarga ham bog`liq bo`ladi. Nolisoniy omillarini esa quyidagilarda ko`rish mumkin:
Marketing sohasiga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi.
Soha bo`yicha qonun hujjatlarining mavjudligi.
Turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning o`rnatilganligi.
Sohaning maxsus fan sifatida o`qitilishi va kadrlar tayyorlash.
Barcha tashkilotlarda marketing bo`limlarining mavjudligi.
Demak, marketing terminologiyasi ekstralinvistik-intralingvistik omillar bilan chambarchas holda rivojlanadi, shakllanadi, taraqqiy topadi. Sohaning tadqiq etilishi esa sohaga oid izchillik bilan ishlangan, konkretlashgan lug`atlar tuzishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |