O`zbekiston respublikasi oliy va o`R


Marketing terminlarining boshqa yondosh soha terminlari bilan bog`liqlik, mushtarak va farqli lisoniy xususiyatlari



Download 181,3 Kb.
bet6/19
Sana30.12.2021
Hajmi181,3 Kb.
#191392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
yangilangan

1.3. Marketing terminlarining boshqa yondosh soha terminlari bilan bog`liqlik, mushtarak va farqli lisoniy xususiyatlari

Tilshunoslikda terminlarning o`zgarishi va yangi terminlarning paydo bo`lishi fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq. Terminlarning rivojlanishi hamda boyish yo`llari bir nechta. Asosan, boshqa tillardan o`zlashtirish, keyingisi esa tilning o`z ichki imkoniyatlari asosida hosil qilinishi. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamliligidir. Tartibga solish ma`lum me`yorlar asosidva amalga oshiriladi. Marketing terminlarini boshqa yondosh soha terminlari bilan taqqoshga harakat qildik. Bunda biz terminologiyaning terminologik tizimi puxta sihlangan sohalariga e`tiborimizni qaratdik.

Matematik terminlar marketing terminlari vazifasini bajarib kelishi mumkin: chorak reja, normativ qiymat, differensial renta, yig`ma ko`rsatkich kabilar.

Texnika vositalari va ularning qismlarini anglatuvchi terminlar: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, talabning egiluvchanligi va hokazo.

Fizika terminlari: muvozanat termini marketing terminologiyasida bozor muvozanati tarzida qo`llanadi. Kapital sig`imi, tebranuvchi talab, nisbiy daraja, o`zgaruvchan xarajat kabi terminlar ham yuqoridagi xususiyatni o`zida mujassamlashtiradi.

Qishloq xo`jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar krizis, sohibkorlik, tovar xo`jaligi, undirilgan pul, iqtisodiy o`sish, agrobiznes kabilar.

Ijtimoiy fanlarga oid terminlar: moliya oligarxiyasi, avtonom byudjet, erkin savdo, bozor unsurlari, iqtisodiy inqiroz.

Zoologiyaga oid terminlar: o`rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya.

Tibbiyotga oid donor termini marketing terminologiyasida quyidagi ma`noda qo`llanadi: donor – moliyaviy tadqiqotlarda jahon mamlakatlari, mintaqalar, hududlarni repisientlarga va moliyaviy yordam ko`rsatish (qarz berib turish va boshq.) bo`yicha donorlarga ajratish uchun qo`llanadi.

Shuningdek, bank va marketing terminologiyasida aynan bir xil ma`noda qo`llanuvchi terminlar ham mavjud:



T/r

Marketing va bank terminlari

1.

Avalist

2.

Baketing

3.

Banderol

4.

Doket

5.

Aksiya

6.

Fronting

7.

Fumigatsiya

Har bir soha terminlarida o`zaro shaklan bir xil terminlar mavjud bo`lsa-da, ma`no jihatdan farqli hisoblanadi. Ikkala sohaga xos bir xil shaklga ega terminlarni ko`rib chiqamiz:

Aksiya – bu fransuzcha “action” so`zidan olingan bo`lib, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo`shganlikka guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va uni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli qog`oz12.

Aksiya (ingl. action) – mulkiy huquqlarni belgilangan shaklda ifodalovchi, aksiyadorlik jamiyati chiqargan qimmatli, daromad keltiruvchi qog`oz13.

Ushbu termin mohiyatan ikkala sohada ham bir tushunchani ifodalasa ham qo`llanilishi jihatidan o`zaro farqlanadi. Lug`at tuzuvchilarning yondashuvi ham termin ma`nosiga ta`sir etgan.



Balans – bank mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usuli14. Izohli lug`atda quyidagicha ta`riflangan: “Balans ( fr. balance – tarozi, lot. bilanx – tarozning ikki pallasi): 1) muvozanat tenglik; 2) doimo o`zgarishda bo`luvchi kirim-chiqim, daromad va buromadning o`zaro nisbatiyoki muvozanatini ifoda etuvchi ko`rsatkichlar tizimi15.”

Demak, muayyan terminologik tizim yoxud umumiste`moldagi ma`nosi ko`chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, ma`lum so`zlar qurshovida ham aynan shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Yana shuni ham xulosa o`rnida ta`kidlashim joizki, bir termin turli sohalar terminologiyasi uchun ham birlik bo`la olishi mumkin. Shuningdek, aynan sohaning o`zigagina xos terminlar soha obyektiga aylangan tushunchalar bilan bog`liq bo`ladi. Marketing terminologiyasigagina xos terminlar esa market terminelementi bilan bog`liq.

Yondosh soha terminlari bilan bog`liqligi – bu marketing termini ham bir tizim doirasida qo`llanib, ayni shu soha uchun xizmat qiladi. Shuningdek, maxsus leksika tarkibida o`rganiladi. Mushtarak jihatlari deganda, birinchidan, o`zlashma terminlarning miqdoran ko`pligi, terminni o`zbekchalashtirishda kalkalash, natijada, termin strukturasining o`zgarishi: o`rmalovchi inflyatsiya, bozor muvozanati, iqtisodiy inqiroz kabi. Shuningdek, yondosh soha terminlarida kalkalash tufayli birikma terminlarning hosil bo`lganligi. Bularning barchasi mushtarak jihatlarni mujassam etadi. Marketing terminlarining yondosh soha terminlaridan farqi:

1) soha terminlari faqat shu sohaga oid tushunchalarni ifodalab kelishi;

2) o`z qatlamga oid terminlarning ko`pi iste`moldan chiqqanligi va ularning o`rni o`zlashma terminlarni tilning o`z ichki imkoniyati asosida qayta yasash: bizneschi, auditchi, aksiyador kabi;

3) ushbu sohaga oid konkret ishlangan lug`atlarning kamligi, ishlanmaganligi;

4) zamonga hamnafas bo`lgan, qamrovi keng soha ekanligi;

5) bir necha tarkibli terminlarning mavjudligi. Ushbu xususiyatlari bilan marketing terminlari yondosh soha terminlaridan farq qiladi.




Download 181,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish