Marketing terminlari – alohida mustaqil terminosistema sifatida
Ma`lum bir tilda biror bir tushunchaning paydo bo`lishi jamiyat ehtiyoji va davr nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. Jahon tilshunosligiga marketing tushunchasining kirib kelishi XIX asrning o`rtalariga borib taqalsa, o`zbek tilshunosligida bu jarayon asrning oxirlariga kelib vujudga keldi. Marketing termini dastavval qator ilmiy adabiyotlarda, ya`ni iqtisodiy adabiyotlarda qo`llangan bo`lsa, keyinlik esa ommaviy axboorot vositalari orqali keng omma ixtiyoriga uzatilib, jamoatchilik muomalasiga kiritildi. Sohalar terminologiyasida yangi soha vujudga keldi, natijada esa uning rivojida yangi bosqich boshlandi. Albatta, iqtisodiy jarayonlarning o`rni beqiyos bo`ldi. Ma`lumki, tovar va xizmatlarga bo`lgan iste`molchilarning ehtiyojini, ularga haq to`1ay olish qobiliyatlarini aniqlash zarurati, jahon iqtisodiy krizislari, tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish, ularni omborlarda to`planib qolishi kabi holatlar marketingning shakllanishi va rivojlanishida asos bo`lib xizmat qildi.
Marketing atamasi iste`molga XIX asr 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan5. XX asrning boshida - 1903-yil AQSHning Pitsburg, 1905-yil Penselvaniya, 1910-yil Vikson universitetlarida marketing fanidan ma`ruzlar o`qiy boshlandi. Amaliyotda ilk bor marketing bo`limlari 1911-yilda “Kretis pablishing Ko”, “Yu. S. rabkerKo” kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil etilgan. 1926-yilda AQSHda marketing va reklama o`qituvchilarining Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda Amerika Milliy assotsiatsiayasi tuzildi. 30-40-yillarda ko`pgina iqtisodiyot rivojlangan mamalakatlatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tuzildi. 50-60-yillarda Xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo`yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro tashkilotlar tuzildi. XXarsning ikkinchi yarmidan boshlab O`zbekistonning iqtisodiy oliy o`quv yurtlarida marketing fani o`qitila boshlandi.
Shu yillarda marketing masalalari bilan S. Alimov, S. G`ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, X. Raimov, A. Soliyevkabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar6. 1986-yilda “Sovplastil” qo`shma korxonasida birinchi bo`lib marketing bo`limi tuzildi. keyingi yillarda esa Toshtekstilmash, Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo`limlari tuzildi. 90-yillarga kelib, deyarli barcha korxonalarda marketing bo`limlari tashkil etildi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim maskanlarida “Marketing asoslari” fani o`qitila boshlandi7.
Marketing tovar ayirboshlash yo`li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo`naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o`zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda marketing tushunchasiga quyidagicha ta`riflar keltirilgan:
T/r
|
Muallif
|
Ta`rif
|
1.
|
AQSH marketing assotsiatsiyasi(1960)
|
Marketing - ijtimoiy jarayon bo`lib, unda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish(almashish)rejalashtiriladi va ehtiyojlar qondiriladi.
|
|
Sh. Xant(1976)
|
Marketing - bu tovarlarni ayirboshlash jarayoni haqidagi fan
|
|
F. Kotler(1980)
|
Marketing - ayirboshlash vositasida ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan inson faoliyating turi
|
4.
|
AQSH marketing assotsiatsiyasi(1985)
|
Marketing - bu tovar va xizmatlarni ayirboshlash vositasida alohida shaxslar yoki tashkilotlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan narx o`rnatish, siljitish va sotishni o`zida mujassamlashtiradigan rejalashtirish jarayoni
|
5.
|
А. P. Golubkov(1999)
|
Marketing - bu o`zaro manfaatli ayirboshlash vositasida moddiy, nomoddiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan inson faoliyati turi8
|
O`zbekistonda bozor munoasabatlarining rivojlanishi va u bilan bog`liq bo`lgan ko`plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o`zgarishlar tobora o`z mahsulotlarini eksport qilishga yo`naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilolarining paydo bo`lishi, mamlakatimizdagi xo`jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug`urta kompaniyalarining ishlab chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida marketing funktsiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi. Shuningdek, marketing terminiga tilshunoslar tomonidan ham ta`riflar keltirilib, lug`atlarda o`z ifodasini topgan.
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da marketing terminiga: Marketing [ ingl. marketing < market – bozor; sotish, pullash ] 1. Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish ( talab va iste`mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ`ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko`paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug`ullanuvchi sohasi. 2. Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi xil mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko`rsatish bo`yicha faoliyatni boshqarish va tashkil etish tizimi.9
“Marketing terminlari izohli lug`ati”da keltirilishicha: “Marketing (inglizcha market – bozor) – bozor holatini har tomonlama o`rganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu tariqa yaxshi foyda topishni uyushtirish10” – deya talqin qilinadi. Yuqoridagi ta`riflardan shuni xulosa qilish mumkinki, marketing insonlar hayotini farovonlashtirishga qaratilgan, keng qamrovli muhim sohadir. Uning til xususiyatlarini tadqiq etish sohani yanada yaqindan bilishga ko`mak beradi. Ushbu tadqiqot ishida marketing terminologiyasi tadqiq etilgan, natijada, terminlarning xususiyatlari ochib berilgan. Tilshunoslikdagi har bir sohaning rivoji ana shu soha negizida shakllangan lug`atlar bilan belgilanadi. Ma’lumki har qanday terminologik lug’at u yoki bu soha terminlarini tartibga keltirish, ularning terminologiyadagi o’rnini topdira olish singari muhim vazifalarni bajaradi.
Marketing termini – marketing terminosistemasining elementi hisoblangan, marketing sohasidagi o`ziga xos tushunchani ifodalovchi so`z yoki so`z birikmasi. Soha terminologiyasiga oid yagona lug`at A. Mamanazarov tomonidan ishlab chiqilgan, lekin ushbu lug`atni sohaga oid mukammal lug`at deb bo`lmaydi. Unda terminga yondashuv bir tomonlama kechgan, natijada lug`at tarkibida bir qator kamchiliklar ham mavjudligini ko`rdik: birinchidan, asosan, inglizcha o`zlashmalae bilan to`ldirilganligi, ikkinchidan, soha terminologiyasiga oid barcha terminlar qamrab olinmaganligi, masalan, etimologik jihatdan o`rganilmaganligi, uchinchidan, terminlarni kalkalash orqali birikma terminlarning ko`payib ketganligi, bilamizki, termin qisqa, lo`nda va aniq bo`lishi, shuningdek, o`zi ifodalayotgan tushunchani konkret izohli muhim hisoblanadi.
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da ham bir qator marketing sohasiga oid terminlar o`z ifodasini topgan, ammo bu lug`atda bozor tushunchasi bilan bog`liq 20 dan ortiq, kasbiy terminlar 20 ga yaqin( asosan, sotuvchilikka oid) jami 100 ga yaqin terminlar keltirilganki, hozirda mavjud marketing sohasini yoritib bera oladigan sohaning o`zigagina tegishli terminlar mavjud emas.
T/n
|
Terminlar
|
|
Konsignator
|
|
Attor
|
|
Konsignatsiya
|
|
Attorlik
|
|
Kliring
|
|
Bazzoz
|
|
Investitsiya
|
|
Bazzozlik
|
|
Investor
|
|
Baqqol
|
|
Inflatsiya
|
|
Baqqollik
|
|
Bonus
|
|
Baqqolxona
|
|
Broker
|
|
Baqqolchilik
|
|
Iste`mol
|
|
Bo`yrafurush
|
|
Mablag`
|
|
Bozor
|
|
Daromad
|
|
Bozirgon
|
|
Xarajat
|
|
Bozorbon
|
|
Gilamfurush
|
|
Bozorbop
|
|
Korxona
|
|
Bozorboshi
|
|
Korxonachi
|
|
Bozorgir
|
|
Ko`tara
|
|
Bozorgon
|
|
Ko`tarasiga
|
|
Bozori
|
|
Ko`tarfurush
|
|
Bozorkom
|
|
Brak
|
|
Bozorlamoq
|
|
Brakovka
|
|
Bozorlashmoq
|
|
Banderol
|
|
Bozorlik
|
|
Magazin
|
|
Bozorchi
|
|
Magazinchi
|
|
Bozorchilik
|
|
Marketing
|
|
Bozorshab
|
|
Konsalting
|
|
Bozor-o`char
|
|
Savdogar
|
|
Bozurgoniy
|
|
Buromad
|
|
Bebozor
|
|
Narx
|
|
Dallol
|
|
Baho
|
|
Dallolboshi
|
|
Rasta
|
|
Dallollik
|
|
Mablag`
|
|
Dallolchilik
|
|
Pul
|
|
Diler
|
|
Tijorat
|
|
Dilerlik
|
|
Tijoratchi
|
|
Dorifurush
|
|
Iqtisodiyot
|
|
Jallob
|
|
Tadbirkor
|
|
Vofurush
|
|
Tabdirkorlik
|
|
Korchalon
|
|
Xaridor
|
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da keltirilgan marketing terminlari jadvali
Izohli lug`atda keltirilmagan marketingning o`zigagina xos terminlar: brend, trend, makler, marketolog, kargo, margo, menejment, imidj, imidjmeyker, menejer kabilar. Albatta, yuqorida sanab o`tilgan terminlar lug`atning qayta ishlangan nashrlarida o`z ifodasini topadi.
Terminlogiya sohasi ham alohida mustaqil sistema. Tarkibi bir necha sohalar va ularning terminlaridan iborat. Marketing terminologiyasi ham marketing terminlarini o`z ichiga oladi. Marketing termini – marketing terminosistemasining elementi hisoblangan, marketing sohasidagi o`ziga xos tushunchani ifodalovchi so`z yoki so`z birikmasi.
Marketing terminosistemasi – o`z ichiga sohaga oid terminlarni va terminoidlarni oluvchi tizim deya qayd etiladi. Tadqiqotchi terminoid deganda marketing sohasidagi kasbiy maxsus leksik birliklarni (professionalism), kasbiy so`zlashuv tilida qo`llanadigan so`z va iboralarni va kasbiy jargonlarni nazarda tutadi.
Quyidagi chizmada marketingga oid ayrim professionalizmlar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |