II bob. O`zbek tili marketing terminlarining leksik-semantik tahlili va tavsifi
2.1. Marketing terminlarining nominatsion-motivatsion xususiyatlari va leksik-semantik guruhlari
Nominatsiya lotincha nomination so`zidan olingan bo`lib, “nomlash, nom qo`yish, atash” ma`nolarini bildiradi. Tilshunoslikka nominatsiya atamasi nomlash xususiyatiga ega bo`lgan, ya`ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko`rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari: so`zlar, so`z birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilish jarayonini anglatadi. Nominatsiya uch jihatdan farqlanadi: nomlanuvchi obyekt, nomlovchi subyekt, tanlab olinadigan til unsurlari25. Alohida tushuncha, predmet, belgi(kompyuter, yozmoq, qora), muayyan belgilari bo`lgan predmet(qora kompyuter) yoki voqea-hodisa (Kuz! Bag`ringdan bahor uchdi...) kabilar nominatsiyaning obyekti bo`lishi mumkin. Shu jihatdan nominatsiya lug`aviy va propozitiv (so`z birikmasi va gap shaklida) nominatsiyaga bo`linadi.
Nominatsiya jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgilar, ya`ni motivlar nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obyekt o`zining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin. Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jihatidan bir xil bo`lgan nomlar o`zlarining tashqi shakli bilan farqlanadi: sarmoya – mablag`, sarf – xarajat – chiqim, pul – aqcha, qarzdor – nasiyador, daromad – kirim.
Nominatsiya jarayonini vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni avvaldan mavjud bo`lgan(birlamchi) nominatsiya va yasama (ikkilamchi) nominatsiya deb ikkiga ajratishga asos beradi. Birlamchi nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzda idrok qilinadi. Ikkilamchi nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki ma`nosiga ko`ra yasama nom sifatida idrok qilinadi. Ushbu nazariya asosida marketing terminlarini tahlil qilamiz:
t/n
|
Birlamchi nominatsiya
|
Ikkilamchi nominatsiya
|
1
|
Bozor
|
Market
|
2
|
Dallol
|
Makler, broker
|
3
|
Ijara
|
Arenda
|
4
|
Tijoratchi
|
Kommersant
|
5
|
Kimoshdi
|
Auksion
|
6
|
Taqchil
|
Defitsit
|
7
|
Mablag`
|
Kapital
|
Shuningdek, ayrim xorijiy terminlarni ichki imokiyat asosida morfologik tarkibi tilimizga moslashtirilgan holatlari ham mavjud: bizneschi, auditchi, aksiyador kabilar.
Tovar termini jonli-jonsiz mol ma`nosida o`zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan qo`llanib kelmoqda. Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asarida keltirilishicha, tovar o`g`uz lahjasida qo`llangan va aynan shu shaklda ishlatilgan. Turk va ozarbayjon tillarida dovar tarzida yuritiladigan “tovar” so`zi XII-XIII asrlarda rus tiliga товарищ shaklida o`zlashgan. Savdodagi hamkor ma`nosini bildirgan. Vaqt o`tishi bilan esa XVIII asr oxirlarida tovar termini o`zbek tiliga o`zlashma termin sifatida qabul qilindi.
Kredit (lotincha creditum – qarz, credere – ishonmoq) – foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag`lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o`ziga tegishli pullarni hisoblab qo`yiladigan schyoti; qarz, mablag`, chiqarilgan pul. Hozirda ommalashgan termin.
XIX asrga kelib fizikadagi maydon nazariyasi ta’sirida tilshunoslikda ham “maydon” tushunchasining nazariy talqini yuzaga keldi. Maydon nazariyasining tilshunoslikda paydo bo`lishi va mustahkamlanishi Y.Trir, L.Veysberger, V.Porsig, G.Ipsen, L.Yolles, F.Dornzeyf, V.Vartburg kabi olimlar nomi bilan bog`liq26. Ular semantik maydon asosida til birliklarini tahlil qilish metodologiyasini ishlab chiqqan edilar. Keyinchalik bu nazariya A.A.Ufimseva, N.I.Filichyova, Y.N.Karaulov, G.S.Shchur singari rus olimlarining ishlarida yanada kengroq rivojlantirildi. G.S.Shchurning ta’kidlashicha, tilshunoslikda “maydon” tushunchasi ishtirok etgan terminlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: funksional-semantik maydon, morfemik maydon, fonetik maydon, so`z yasash maydoni, leksik maydon, mikromaydon, ko`plik maydoni, nisbat maydoni, vaqt maydoni, komparativ maydon, birlik maydoni, harakat maydoni, o`rin maydoni, kvaziomaydon, inkor maydoni, transformatsion maydon kabilar. Marketing terminlarini ushbu nazariya asosida quyidagicha leksik-semantik guruhlarga ajratish mumkin:
shaxsni ifodalovchi marketing terminlari;
narsani bildiruvchi marketing terminlari;
jarayonni nomlab keluvchi marketing terminlari;
faoliayatni ifodalovchi terminlar;
marketing yo`nalishlarini ifodalovchi marketing terminlari;
pul birligini fodalovchi terminlar;
mahsulot sifatini bildiruvchi terminlar;
hujjat turini ifodalovchi terminlar;
10) marketing metodologiyasini ifodalovchi terminlar;
11) huquqiy terminlar;
12) bozor turlarini ifodalovchi terminlar;
13) ta`lim marketing terminlari.
Shaxsga oid marketing terminlarini uchta leksik-semantik guruhga ajratib tadqiq etdik:
1) savdo-sotiqqa oid kasbiy terminlar;
2) marketingga xos faoliyatni bajaruvchi professionalizmlar;
3) vositachilik vazifasini bajaruvchi marketing terminlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |