Nazorat va muhokama uchun savollar
1.O‘zbekiston Respulikasida korxonani tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni ta’riflang.
2. Korxonani tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirilgan variantini ta'riflang.
3. Kichik biznes korxonalari kim tomonidan va qanday hujjatlar asosida ro‘yxatdan о‘tkazadi?
4. Bankdan hisob raqami qanday ochiladi?
5. Soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan о‘tkazish tartibini tushuntiring.
6. KB subyektlarini moliya tashkilotlaridan о‘tkazishda qanday hujjatlar taqdim etiladi?
5-MAVZU: Korxona va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va biznes-reja.
Reja:
1. Rejalashtirish, uning maqsadi va bosqichlari.
2. Turlarni rejalashtirish.
3. Kichik biznesni rejalashtirish tartibi.
4. Biznes - rejaning mohiyati va ahamiyati.
5. Texnik -iqtisodiy asoslash va biznes - reja tuzish.
6. Biznes - rejaning tarkibi va uni ishlab chiqish tartibi
Tayanch so‘z va iboralar: Rejalashtirish, qat’iy mexanizm, miqdor ko‘rsatkich, solishtirma ko‘rsatkich, strategik rejalashtirish, joriy reja, tarmoqli reja, muvozanat usuli, mezon, biznes reja, nazorat qilish, korxonaning tavsifi, biznes – reja, biznes – reja tuzish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishi, bu korxonaning qay darajada uzoq va yaqin kelajagini ko‘ra bilishiga bog‘liq, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, kelajakni prognozlashtira olishimiz, o‘zimiz faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning kelajagini ko‘rsatib beradi. Agar biz hozirgi holatga holisona va to‘g‘ri baho bera olmasak, o‘z-o‘zidan prognozning haqqoniyligiga ishonmasak ham bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyatni bashorat etishning jahon tajribalaridan foydalangan holdagina korxonamizning samarali faoliyat ko‘rsatishiga 100% kafolat bera olamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona ishlab chiqarish dasturini tuzatayotganimizda biz ya’ni, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi tuzilgan to‘g‘ridan – to‘g‘ri shartnomalarni, davlat buyurtmalari va albatta ishlab chiqarish imkoniyatlarini va resurslarni hisobga olishimiz kerak. SHunday ekan, rejalashtirishning metodologiyasini tuzukroq o‘rganish, shu bilan birga uni takomillashtirish kerak. Ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirishning va tadbiq etilishi masalasining echimini topishda marketing, uning usullari, uslublar va qat’iy o‘rnatilgan hollarda foydalanishimiz qo‘l kelishi mumkin. Rejalashtirish metodologiyasining takomillashtirish, ya’ni uning ishlab chiqarish usullari va uslublarini ta’minlash hozirgi sharoitda korxonani rivojlantirish rejalarini tuzish borgan sari katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Me’yorlarni ishlab chiqishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usuli – analitik hisob usulidir; unda me’yor va normativlar ishlab chiqishning holatini har tomonlama tanqidiy analiz orqali texnik jixatdan asoslanadi. Bunda turli omillarning unga ko‘rsatadigan ta’siri va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish kerak. Reja davridan ishning tashkiliy va texnik sharoitlariga iqtisodiy me’yorlarga asos qilib olinadi.
Texnik iqtisodiy me’yorlari va normativlar quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi:
Jonli mehnat sarfi me’yorlari (bir yillik mahsulotga ish vaqti sarfi me’yori, birlik ish vaqti ichida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot hajmi me’yori, xizmat ko‘rsatish va boshqalar)
Material sarfi me’yorlari (xom - ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, butlovchi buyumlar, bir mahsulotga sarf)
Mehnat qurollarining ishlatilish darajasi normativi (mashinalar, jihozlarning, qurilmalarning, asboblarning ishlatilish darajasi normativlari)
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chirish jarayoni sikllik davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, xom - ashyo materiallari, yoqilg‘i zahiralari)
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, tsexlar, agregatlar, uskunalarning loyiha quvvatini o‘zlashtirish muddati normativlari.
Ishlab chiqarish dasturi va moddiy resurslarni sarfi me’yori asosida moddiy resurslarning alohida turi va nomining kerakli hajmi aniqlanadi. Mehnat qurollarini ishlatilish darajasi normativining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi hisoblanayotganda qo‘llaniladi. me’yor va normativlar mahsulot tannarxini hisoblaganda xizmat qiladi. Rejalarni texnik iqtisodiy jixatdan asoslash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zarurligi reja ko‘rsatkichlari tizimini keltirib chiqaradi. Rejalashtirishda qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlar miqdoriy va sifat, hajmiy hamda nisbiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Rejaning miqdoriy ko‘rsatkichlari absolyut (mutloq) ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlarga mahsulotning yalpi hajmi, sotuv hajmi, ishchilar soni, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda miqdori, turli resurslarning sarfi miqdori va hokazolar kiradi.
Korxonaning rivojlanish rejasi o‘z ichiga quyidagi asosiy bo‘limlarni oladi:
Mahsulot ishlab chiqarish rejasi.
Fan va texnikani rivojlantirish rejasi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining oshirish rejasi
Kapital qo‘yilmalar va kapital qurilish rejasi
Moddiy texnika ta’minot rejasi
Mahsulotni sotish va ishlab chiqarish rejasi.
Moliyaviy reja
Korxonalar va birlashmalar jamoasining ijtimoiy rivojlanish rejasi.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish rejasi.
Korxonani rivojlanish dasturini muhim o‘rin egallovchi qismi – texnika va fanning rivojlantirish dasturidir. Bunda uning o‘rni shundan iboratki, fan - texnika taraqqiyotini tezlashtirish nazarda tutiladi. SHu tufayli unda ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tadbirlar, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, taraqqiy etgan texnologiya, mexanizatsiya va avtomatizatsiya ishlarini tashkil etish, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘llari yoritiladi.
Hozirgi sharoitda hisoblash texnikasini joriy etish borgan sari katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Fan-texnikaning rejasida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratish bo‘yicha tadbirlar muhim oboektlarda hisoblash texnikasi vositalarini markazlashtirish turli tadbirlar ishlab chiqish amalga oshirish chog‘ida, axborotlarni qayta ishlash tizimi bilan bog‘liq masalalar aks etishi kerak. Bu rejada kam chiqimli va chiqimsiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish tadbirlari ko‘zda tutiladi: ular xom ashyo materiallarining to‘liq va kompleks ishlatishni ularning atrof muhitga zararli ta’sirini bartaraf etishni ta’minlaydi.
Korxonani rivojlantirish rejasining muhim bo‘limi bo‘lib, ishlab chiqarish dasturi hisoblanadi. Bu dasturni ko‘rsatkichlari: yalpi mahsulot hajmini o‘sish sur’ati (natural foyda sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shib olgan holda) mahsulotlarni muhim turlarini ishlab chiqarish. Mahsulotni natural foydada ishlab chiqarish topshiriqlari mahsus o‘lchov birliklarida o‘rnatilib mahsulotning alohida turlarini iste’molchining xususiyatlarini nazarda tutadi. Bunday birliklarga tonna, metr, kvt-soat, dona, komplekt va hokazo birliklari misol bo‘la oladi. Har qanday holda ham birlik turli mahsulotlarga ehtiyojni ishlab chiqarish turini yaqqol namoyon etish lozim, zaruriy mehnat sarfini, moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni, samaradi va yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi kerak.
Mahsulotning natural ifodasida ishlab chiqarish rejasining majburiy qismi bo‘lib, mahsulot sifatini oshirib borish topshiriqlaridir. Mahsulot muhim turlarini sifati mazkur mahsulotni tayyorlash va loyixalash talablariga javob bera olish kerak. Mazkur talablarni amalga oshirishda, eskirgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olish, ularni modernizatsiyalash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘icha chora tadbirlarni ishlab chiqish, o‘rnatilgan standartlar, texnik sharoitlar va boshqa texnik xujjatlarda o‘rnatilgan talablarga javob berishi kerak. Ishlab chiqarish dasturining qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, sotish hajmi tovar va yalpi mahsulot hisoblanadi. Mahsulotlarni sotish hajmi holati bo‘yicha tarmoq, birlashma va korxonalarni ishlab chiqarish, xo‘jalik yuritish axvoli aniqlaniladi. Mahsulotlarni sotilishi haqida rejada davrda etkazib berishga tayyor va to‘planish kerak bo‘lgan qiymat ifodasi sifatida o‘z aksini topadi. Tayyor mahsulotlar o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulot, ishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan ishlar (chetga chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar, shuningdek o‘z transport va texnika vositalarini kapitalta’mirlash harajatlari) kapital qurish uchun o‘z mahsulotlarini sotish va boshqa nosanoat xo‘jalikka (korxona balansida turgan) sotish.
Reja bo‘yicha mahsulotni sotish hajmi quyidagi formuladan topish mumkin:
bu erda:
-reja bo‘yicha tovar mahsulot hajmi
va - reja davr boshi va oxiriga sotilmay qolgan mahsulot qoldig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |