1-MAVZU: “Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik” fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlash.
Reja:
1. Fanning dolzarbligi, maqsad va vazifalari
2. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.
3. Ishbilarmonlik muhiti va unga ta'sir etuvchi omillar
4. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlash
Tayanch so‘z va iboralar: Tadbirkorlik, biznes, fanning maqsadi, predmeti, obyekti, kichik biznes, tashkiliy tuzilma, jamiyat, korxona, tashkil etish, maqsad, obyekt, metod, sanoat korxonasi, boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tadbirkorlik o‘z ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan ijtimoiy -iqtisodiy hodisadir. Unda huquqiy, ruhiy, tashkiliy, iqtisodiy va tarixiy tomonlar mavjud. Mazmuni va mohiyati bo‘yicha unumli faoliyatni anglatadi. Islomning asosiy manbai — “Qur’oni Karim”dir. Uning har bir oyati bandalarni poklikka, iymonga chorlaydi. Uning 293 oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag‘ishlangan. “Qur’oni Karim” insonlarni halol mehnat qilishga, tejamli bo‘lishga, mehru shavqatga, halollikka undaydi.
Tadbirkorlik tushunchasi XVI asrdan boshlab iqgisodchilar, ruhshunoslar, siyosatshunoslar fikrini o‘ziga jalb eta boshladi. J.B.Sey, A.Marshall, V.Zombramb, Y.SHumpeter, F.Noytlar tadbirkorlik ilmining asoschilari hisoblanadi. XVIII asrning boshida iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib tadbirkorlik tushunchasini ingliz iqtisodchisi R.Kantilьon kiritgan edi. U tadbirkorni foyda olishi chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladi-yu, lekin sotish bahosi noaniq bo‘ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi, deb baholaydi. Jan Batist Sey tadbirkorni vositachi, ishlab chiqarish omillarining koordinatori, tajriba va bilim egasi, deb ta’riflaydi. Zombart esa tadbirkorlikdagi tavakkalchilik faqat siyosat, savdodagina bo‘lmay, boshqa sohalarga ham xos deb, ularni qaroqchi va bosqinchilar bilan tenglashtiradi. SH umpeterni olsak, u tadbirkorlikning 5 muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarish vositalarini qo‘llashi va mavjud tovarlarning tijoriyligini ta’minlashi; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi; yangi xom ashyolarni ishlatishi; tarmoqni takomillashtirishini ko‘rsatib beradi. Tadbirkor mulkdor bo‘lishi shart emas, u yollanuvchi bo‘lishi ham mumkin. Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir, deb ta’kidlaydi. Hozirga kelib tadbirkorning faoliyat doirasi mazmunan, miqdor va sifat jihatidan ham o‘zgardi. Endi u mahsulotni qachon, qancha, qaerga, kim uchun ishlab chiqarishi kerak degan masalalarni mustaqil hal etuvchiga aylandi. Bundan tashqari, qancha miqdorda ishlab chiqarish resurslari (bino, xom ashyo, material, qurilma. mehnat, transport vositalari, kapital mablag‘lar, ombor maydonlari va h.k.) zarurligini ani m ay di, ulardan oqilona foydalanish hisobiga yuqori foyda olishga harakat qiladi. Olingan daromadlar evaziga davlat byudjeti to‘lovlarini to‘lash va faoliyatini yanada yuksaltirishni bosh maqsad deb hisoblaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tadbirkorga quyidagi ta’rifni berish mumkin: Tadbirkor — o‘zining ma’lum bir miqdordagi moliyaviy mablag‘ini tavakkal qilgan holda bozorga yangi g‘oya, mahsulot, xizmat va ishlar bilan kirib boruvchi ishbilarmon shaxsdir. Tadbirkorlik va biznes tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin. U kishilarning ishbilarmonlik faoliyatidan kelib chiqqan munosabat bo‘lib, biron-bir unumli ish, faoliyat bilan bog‘lik,likni anglatadi. Biznes bilan bog‘liq shaxs biznesmen deyiladi. Biznes — bu inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, biznes — ish, men - odam degan ma’noni anglatadi. Tadbirkorlik (biznes), iqtisodiy kategoriya bo‘lib, xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy fikrlash turidir. Tadbirkorlik (biznes)ni o‘rganishni avvalo, iqtisodiy ob’ekt va sub’ektlardan boshlash kerak. Uning sub’ektlarini ko‘rib chiqaylik. Tadbirkorlik yakka, guruh va jamoa holida yuz berishi mumkin.
Biznes (business) - inglizcha so‘z bo‘lib, umumiqtisodiy atama sifatida xo‘jalik sub’ekti iqtisodiy qiziqishlaridan iborat faoliyat doirasini ifodalaydi va ishlab chiqarishni tashkil qilishdan iborat foydali mahsulotlar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish tizimidan iboratdir. Biznes tushunchasi qachon, kim tomonidan qanday vaziyatda dastlab ishlatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarixiy manbalarda deyarli uchramaydi. Lekin, biznes so‘zini inglizchadan olinganligi va XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilobi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot Buyuk Britaniyada yuz berganini hisobga olib, uning vatani Buyuk Britaniya degan taxminlar mavjud. Tadbirkorlik faoliyati natijalari xususiy mulk va mulkchilik munosabatlarining shakllanishi bilan yuzaga kelib, taraqqiy etgan bo‘lsa-da, uning tom ma’nodagi mohiyati zamonaviy biznesning qaror topishida iqtisodiy erkinlik asosida tadbirkorlik olib borishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Biznes - bu foyda (daromad) olish bilan bog‘liq bo‘lgan unumli faoliyat yoki shaxsiy foyda (daromad) topish borasidagi jarayonlar to‘plami. Biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar biznesmenlar yoki ishbilarmon tadbirkorlar deb yuritiladi. Tadbirkorlik ob’ekti deganda, avvalo, ma’lum bir faoliyatni: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi tadbirkorlik, savdo-sotiq tadbirkorligi, moliya sohasidagi tadbirkorlik tushuniladi. Tadbirkorlikda ishlab chiqarilgan tovar (ko‘rsatilagan xizmat)lar shunga yarasha daromadga moddiylashadi. Daromad tadbirkorlik faoliyatini baholaydigan asosiy mezon hisoblanib, u faoliyatning barcha omillaridan oqilona foydalanishga bog‘liq. Tadbirkorlik dastavval ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatish imkonini belgilash uchun kerak bo‘lsa, so‘ngra bunday resurslarning yangi kombinatsiyalari tadbirkor uchun o‘ta zarur bo‘lib qoladi. Ko‘rinib turibdiki, real holatda tadbirkorlikning ob’ekti resurslar kombinatsiyasini amalga oshirishdan iborat ekan. Tadbirkorlikning mustaqilligi va erkinligi bozor mexanizmini ta’minlagan holda, aniq bir qaror qabul qilish imkonini berishni anglatadi. Tadbirkorlikning mustaqilligi bilan iqtisodiy manfaatdorligi uzviy bog‘langan. Daromadni, foydani yuqori darajaga yetkazish tadbirkorlik faoliyati mezonidir. SHuning uchun strategiya shunga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini hech qachon xavf-xatardan xoli deb bo‘lmaydi. Sababi — bozor raqobatdan xolis emas. Javobgarlik — bu mas’uliyatni his etish imkoniyatdan ongli va oqilona foydalanish hamda bozorda o‘z o‘rnini saqlab qolish garovidir. Tadbirkorlikni taraqqiy etish nuqtai nazaridan: rivojlangan, rivojlanayotgan va rivojlanmagan tadbirkorlikka bo‘lishimiz mumkin. O‘tish davri uchun rivojlanayotgan tadbirkorlik xos bo‘lsa, taraqqiy etgan davlatlarga rivojlangan tadbirkorlik xosdir. Ayrim mamlakatlar taraqqiyoti darajasidan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, ularda rivojlanmagan tadbirkorlik ham mavjuddir.
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilishda quyidagilar vazifa qilib belgilanadii:
- korxonalarda ishlab chiqarish tizimi shakllari, ishlab chiqarish faoliyatining maqsad va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari va baholash mezonlarini o‘rganish; - ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmuni, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, korxona infrastrukturasining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish; - bozor munosabatlari sharoitida kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilish va boshqarish muammolarini yechishni o‘rganishdir. Demak, fanning vazifasi talabalar va mutaxassislarga hamda ushbu fanni o‘rganuvchilarga fan mazmuniga tegishli barcha nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Fanning o‘qitish yo‘rig‘i ma’ruzaviy darslar bilan birga talabalarga nisbatan ilm o‘rgatishning interaktiv usullarini qo‘llash:
amaliy mashg‘ulot;
intellektual trening;
nazariy muammolar bo‘yicha seminarlar
kursning tadbiqiy muammolari bo‘yicha ochiq mulohazalar;
o‘quv-izlanuvchanlik ishlarini bajarish;
deopozitiv va ilmiy filmlarni namoyish etish;
talabalarning bilimlarini test yordamida sinovdan o‘tkazish nazarda tutiladi.
“Korxonani tashkil qilish va tadbirkorlik” fanining asosiy maqsadi korxonada paydo bo‘ladigan muammolarni hal etishda tashkil etish usullaridan foydalanish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, shartnoma asosida yetkazib berish, yuqori samaradorlikka erishish va boshqalarni qo‘llay olishga oid bilim va malakalarini oshirishdan iborat. Bu fan bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy fanlar bilan aloqador, jumladan, iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, huquqshunoslik, menejment, sanoat va qurilish iqtisodiyoti, korxonani boshqarish, statistika, buxgalteriya hisobi, moliya va kredit, tadbirkorlik va kichik biznes, texnika texnologiya, ishlab chiqarish menejmenti, korxonani boshqarish kabilar bilan chambarchas bog‘liqdir. “Korxonani tashkil qilish va tadbirkorlik” fani iqtisodiy nazariya, menejment, korxona iqtisodiyoti, korxonani boshqarish fanlari asosida shakllangan. Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. Iqtisodiy nazariya fani esa iqtisodiy qonunlarni bilib olish va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo‘llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishni asoslaydi. “Korxonani tashkil qilish va tadbirkorlik” fani texnik fanlar bilan ham bog‘liq. Texnika va texnologiyani bevosita o‘rganmasdan turib uning ishlab chiqarishga va iqtisodiyotga ta’sirini tasavvur etib bo‘lmaydi, masalan, texnologik jarayonlarni, xom ashyo, materiallardan, energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish, ish jarayonida uzluksiz usullardan foydalanishni tashkil etish va h.k.larni muhandislik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. “Korxonani tashkil qilish va tadbirkorlik” fanida mehnat qurollarini texnologik jarayonga bog‘lab chiqish, mashina hamda apparatlarni o‘z joyiga to‘g‘ri qo‘yish va ulardan oqilona foydalanish hamda sozlash tizimini tashkil etish masalalariga e’tibor berilishi kerak.
Shunday qilib, fan juda ko‘p ilmiy, iqtisodiy, texnik va boshqaruvga oid fanlar bilan aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |