Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati deganda nimani tushunasiz?
2. Korxona rahbarlarining axloqiy etikasi qoidalqrini sanab bering.
3. Ishbilarmon rahbarning nutq madaniyati va uning psixologik xususiyatlarini aytib bering.
15-MAVZU. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati
Reja:
1. Korxona va xususiy tadbirkorlik sohasidagi eksportning hozirgi holati.
2. Eksportchilarni davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlash
3. Eksport qiluvchi korxonalar duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari
Eksport diversifikatsiyasi, ya`ni xorijga sotilayotgan tovar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo‘lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta`minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zarishlarga ta`sirchanligi darajasini pasaytiradi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib ko‘yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ma`ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport xajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta`sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruxining iqtisodiyotida muammolar ro‘y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. O‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini bermoqda.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga talabni o‘rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi.Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta`minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi: - eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko‘maklashish; - ularni tashqi bozor kon`yunkturasidagi o‘zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to‘grisida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish; -transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish; -yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonaparni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘z aksini topadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o‘zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko‘tarish maqsadlariga xizmat qiladi. Qisqa xulosalar Eksport diversifikatsiyasi, ya`ni xorijga sotilayotgan tovar va xizmatlar iomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo‘lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta`minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zarishlarga ta`sirchanligi darajasini pasaytiradi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek eksporx umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. Eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o‘zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligani oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligani yanada ko‘tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |