O‘zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 194,72 Kb.
bet17/22
Sana05.07.2022
Hajmi194,72 Kb.
#742195
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5210899845312680610

Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1 Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlarini tushuntiring
2. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyat bilan bog‘liq harajatlar tarkibiga qanday harajatlar kiradi
3. Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlar qaysilar
4. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llarini aytib bering.


12-MAVZU. Korxona va tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatini tahlil qilish
Reja:
1. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari
2. Kichik tadbirkorlik sohasida moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va asosiy ko‘rsatkichlari
3. Tadbirkorlikdagi asosiy moliyaviy hujjatlar
4. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish


Tayanch so‘z va iboralar: moliyaviy ko‘rsatkichlar, moliyaviy faoliyat, мoliyaviy hisobot
. Korxonalarning umumiy iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini, jumladan, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish muammolari odatda ikki yo‘nalishda olib boriladi; Birinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilib, maqolalar, qo‘llanmalar, monografiyalar chop etiladi. Ikkinchidan, moliya vazirligi va korxonalarning moliyaviy faoliyatidan manfaatdor bolgan boshqa organ, tashkilotlar tomonidan moliyaviy tahlilning me’yoriy asoslari, uslubiy ko‘rsatmalari barpo etiladi.
Moliyaviy tahlil o‘tkazish uchun quyidagi ikkita ko‘rsatkichlar tasnifi tavsiya etiladi:
1.Korxonaning moliyaviy faoliyati tahlili
• Balans tahlili;
• mol-mulk tarkibi tahlili;
• korxona mablag‘larining manhalari tahlili;
• moliyaviy mustahkamlik tahlili;
• qarzlarni qaytib berish qadrining tahlili;
• korxona mablag‘lari harakati tahlili.
2. Korxona moliyaviy faoliyati yakunlari tahlili:
• balans foydaning tarkibiy va dinamik tahlili;
• mahsulot realizatsiyasidan olingan foyda va unga ta’sir ко‘rsatuvchi omillar tahlili;
• korxonaning boshqa daromadlari va harajatlari tahlili;
• korxonaning yalpi va sof foydasi tahlili;
• korxona rentabelligi va unga ta'sir ко‘rsatuvchi omillar tahlili;
• korxona foydasining taqsimlanishi tahlili
Tadbirkorlaming moliyaviy faoliyatini moliyaviy tahlil qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1.Moliyaviy hisobot, uning tavsifi. Bu bosqichda moliyaviy hisobotning mohiyati, mazmuni, tarkibi ko‘riladi, buxgalteriya balansi moliyaviy tahlilning asosiy manbai sifatida ifodalanadi, buxgalteriya balansining boshqa moliyaviy hisobot shakllari bilan aloqasi yoritilgan va buxgalteriya balansining haqiqiyligini v-з balansni tahlil qilishga tayyorlash muammolari yoritilgan.
2. Moliyaviy hisobotga asoslanib, korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish yoritilgan. Bu bosqichda bozor munosabatlari davrida moliyaviy tahlilning tutgan o‘rni, korxona balansining tarkibini tahlil qilish, korxona mablag‘larining holat va foydalanish darajasi tahlili, korxona mablag’larining manbalari tahlili, qarzlarni qaytib berish qadri, moliyaviy rnustahkaml:k debitorlik, kreditorlik qarzlarni tahlil qilish, korxonalar faoliyati moliyaviy yakunlarini tahlil qilish masalalari ko‘rilgan.
1. Moliyaviy holatning tahlili - balans valyutasi dinamikasini, balans passivlari tarkibini, asosiy vositaiar va aylanmadan tashqari aktivlar va moliyaviy natijalarning tahlili.
2. Moliyaviy mustahkamlikning tahlili - zaxira va harajatlarni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari, o‘zlik va qarzga olingan mablag‘larning o‘rtasidagi nisbat. zaxira va harajatlarni o‘zlik manbalari bilan ta’minlanganligi, qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti.
3. Korxonalarning iqtisodiy holati tahlili - qarzlarni qaytarib berish qobiliyatini tiklash koeffitsienti, faoliyatni m anevrlash koeffitsienti, korxonaning ishlab chiqarish mol-mulkini real qiymati koeffitsienti.
4. Korxona rentabelligi tahlili - mahsulotlarni realizatsiya qilishning real koeffitsienti, asosiy vositalarning rentabellik koeffitsienti, permanent kapitalining rentabellik koeffitsienti, kapitalning umumiy aylanishining rentabellik koeffitsienti.
1.Moliyaviy holatni umumiy baholash, balans valyutasining dinamikasi, korxona mablag‘lari va ularning manbalari ko‘rsatkichlari.
2. Korxonaning moliyaviy mustahkarnligi tahlili moliyaviy mustahkamlikning absolyut, me’yoriy, nome’yoriy va inqiroz shakldagi ko‘rsatkichlari, korxonaning o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat, tashqaridan olingan qarzlarni uzoq m uddatlik koeffitsienti, o‘zlik mablag’larning manevrlik koeffitsienti, asosiy vositaiar va moddiy aylanma mablag‘lar qiymatinnng reallik koeffitsienti.
3. Korxona tomonidan olingan qarzlarni qaytarish qadri (likvidlik) ko‘rsatkichlari - balans likvidligining absolyut, o‘tish va umumiy koeffitsientlari, sof foyda koeffitsienti.
Moliyaviy tahlil korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo‘lishi kerak. Xorijiy mamlakatlarning moliyaviy tahlilini amaliyotda sinovdan o ‘tkazish tajribasidan foydalanib, respublikada shakllanayotgan moliyaviy tahlil usuliga asoslanib. bozor munosabatlari davrida moliyaviy tahlil oldiga qo‘yilgan vazifalami e ’tiborga olib, korxonalar moliyaviy faoliyatini kompleks ravishda tahlil etish usullari ko‘rilgan. Shu maqsadda moliyaviy tahlil quyidagi bosqichlarda o‘tkazilishi tavsiya etilgan:
- korxonalarning moliyaviy faoliyatini umumiy baholash;
- korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili;
- korxona balansining likvidlik tahlili;
-aylanma mablag‘larning aylanib turishi va korxonalarning moliyaviy holati;
- mahsulotlarning tannarxi va korxonalarning moliyaviy holati;
- korxonalarning ishchanlik-aktiviik tahlili;
- korxonalarning bozorga oid aktivligi tahlili;
- korxonalar foydasi tahlili;
- korxonalar rentabelligi tahlili;
-korxonalarning iqtisodiy noholatsizligi tahlili.
Korxonaning moliyaviy holatini lahlil qilishning birinchi bosqichi molyaviy holatni umumiy baholash hisoblanadi. Bu bosqichda korxonalar faoliyatining hajmi, umumiy samaradorligi, korxonalarning uzoq muddatli va aylanma aktivlari, korxonalarning majburiyatlari tahlil etiladi. Buning uchun quyidagi ко‘rsatkichlardan foydalaniladi:
1. Korxonalar faoliyatining umumiy absolyut ko‘rsatkichlari.
2. Korxonalar faoliyatining umumiy msbiy ko‘rsatkichlari.
3. Korxonalar mablag’larining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
4. Korxonalar majburiyatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
5.Korxonalar zaxiralari va harajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.
Tahlil qilinayotgan korxonalar faoliyati har xil bo‘lishi mumkin: hajmi bo‘yicha - mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’sir ko‘rsatadi; tadbirkolar mukammal texnologiyaga va tur'i tarmoqlarga ega bo‘ladi. Bu holat korxonalarni asosiy va aylanma mablag’lar bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatadi; korxona o‘zining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘zlik va majburiyatlar hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin. Bu korxonalarning umumiy, iqtisodiy, moliyaviy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 194,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish