Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1.Korxona va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasniflang
2. Tadbirkorlikdagi asosiy moliyaviy hujjatlar qaysilar.
3. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilishda qaysi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
13-MAVZU. Korxona va tadbirkorlik faoliyatida bankrotlik
Reja:
1. Bankrotlik - raqobatning obyektiv hodisasi.
2. Korxona va tadbirkorlik faoliyati inqirozining sabablari
3. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari
Tayanch so‘z va iboralar: Bankrotlik, korxonani tugatish, korxonani tashkil etish
Bankrotlik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat va hamkorlar oldidagi qarzini to‘lov qobiliyati yo‘qligini ko‘rsatuvchi holatdir. Bankrotlik institutining maqsadi o‘z xo‘jalik faoliyatini davom ettirayottan subyektlarini va ulam ing kreditorlari orasidagi o‘zaro munosabatlami tartibga solishdan iboratdir. Bundan tashqari kreditorlar talabini imkon boricha qondirish, yuridik shaxs bankrotini yo‘qotish, jism oniy shaxsni karzlardan ozod qilishdir. Qarzdor (bankrotga) subyektlarga nisbatan xo‘jalik sudi tomonidan sanatsiya, tugatish, tinchlik kelishuvi choralarini qo‘llash mumkin. Sanatsiya deganda tarkibni qayta tuzish tartibi, mulk huquqini o‘zgarishi, qarzdorni mulk tomonidan, yoki vakolat berilgan idora, yoki boshqa shaxslar tomonidan ushbu qarzdorni va uning mehnat jam oasini saqlab qolish niyatida moliyaviy qo‘llabquw atlash tushuniladi. Agar xo‘jalik sudi qarzdorni mulk bankrotlik ishi bo‘yicha olib boriladigan ishlar harajatiga yetmasligini aniqlasa, unda sud qarzdorni bankrot deb e ’lon qiladi va bankrotlik ishini tugadi. Bankrotlikni e’lon qilgandan keyin xo‘jalik sudi tomonidan tayinlangan boshqaruvchi kreditorlarning va qarzdorning huquq manfaatlarini himoya qiladi va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni nihoyasiga yetkazishga ko‘maklashadi. U qarzdorni mulkini boshqaradi, uning saklanishini tashkil etadi, kreditorlar talabini bankrot bo‘lgani mulki hisobiga qondiradi, qarzdorga yuridik shaxsga nisbatan ularni xo‘jalik faoliyatini tashkil qiladi. Qarzdorni xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda boshqaruvchi shartnoma tuzish va kredit olish huquqiga faqat kreditorlar roziligi bilan ega bo‘ladi. Kreditorlarning umumiy majlisi qarori chiqmaguncha boshqaruvchiga yuridik shaxsni tugatish man etiladi. Yuridik shaxsni tugatilishi bankrotlik ishini tugatilganidan kechikmay amalga oshiriladi. Agar bankrotlik tuzish bilan tugasa yoki bankrotlik ishini xo‘jalik sudi to‘xtatsa, yoki qarzdorda o‘z faoliyatini davom cttirish uchun barcha shikoyatlardan so‘ng yetarli mulki qolsa unda yuridik shaxs tugatilmaydi. Tinchlik kelishuvi - bu qarzdor va kreditorlar orasidagi qarzlarni to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda qarzlarni kamaytirish yoki ularni to‘lash muddati uzaytirish va boshqa tomonlarning kelishuvi bilan amalga oshiriladigan shartnomalar ko‘zda tutiladi. Tinchlik kelishuvi quyidagi holatlarda tuzilgan deb hisoblanadi:
1. Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to‘lashni taklif etganda unga rozi bo‘lib 2/3 dan kam bo‘lmagan majlis kreditorlari o‘rnida bo‘lgan qatnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo‘lmagan imtiyozsiz qiymat talablarini tashkil qilsa.
2. Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to‘lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnamayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo‘lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo‘lmasa. Tinchlik kelishuvi barcha imtiyozsiz kreditorlar uchun, ulami ovoz berishda qatnashganligidan qat’i nazar to‘g‘ri deb topiladi. Uni ta’sir qilish muhlati kreditorlarning umumiy majlisida qarzdorning taklifi asosida belgilanadi. Xo‘jalik sudi boshqaruvchining yoki kreditoming taklifi bilan tinchlik kelishuvini quyidagi hollarda tugatadi: - qarzdor atayin yoki qalbaki bankrotlikni amalga oshirsa; qarzdor tinchlik kclishuvida ko‘zda tutilgan majburiyatlarini bajarmasa; tinchlik kelishuvining ta ’sir qilish mudatining yarmidan kam bo‘lmagan qismi o‘tgandan keyin qarzdor tinchlik kclishuvi shartini bajara olmasa; agar tinchlik kclishuvi tugatilsa, unda bankrotlik ishini ko‘rish yana tiklanadi.
Kichik biznes korxonasiga litsenziya berish va uni bekor qilish tartibi.
Litsenziya - lotincha litsenziya, ya’ni erkinlik, huquq degani. Litsenziya bu - texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ulami ishlatish uchun beradigan ruxsati; Litsenziya bu - davlat yoki korxona, tashkilotlar tomonidan biron iqtisodiy faoliyatni bajarishga rozilik berish, ixtirolarga, texnik yangiliklarga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlaridan m a’lum muddatga foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. Litsenziya beruvchi litsenziar, oluvchi litsenziat deyiladi. Sodda qilib aytganda, litsenziya - rasmiy ruxsatnomadir. Tijorat amaliyotida litsenziyani ikki asosiy ko‘rinishi uchraydi, y a’ni export yoki importga litsenziya va patentli litsenziya. Eksport yoki importga litsenziya - davlat boshqaruv organlari tomonidan beriladi, bu tashqi savdo faoliyatini davlat nazorati formalaridan biridir. Patentli litsenziya - bu biron-bir ixtiro egasi - litsenziarlaming haridor, ya’ni litsenziatga ma’lum bir vaqt oraligida bu ixtirodan foydalanishga ruxsat berishidir. Ilmiy texnika yutuqlarini sotish - litsenziya sotish orqali amalga oshiriladi. Yangi texnika va texnologiyalarga oid litsenziayalar uch xil bo‘ladi: Oddiy litsenziya - bunda litsenziar
ma’lum bir hudud doirasida ayni bir litsenziyani faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi. Maxsus litsenziya - bunda sotuvchi-litsenziar faqat bitta haridorga sotadi, litsenziat litsenziyani ishlatishga tanho huquqli bo‘ladi.
Tola litsenziya - bunda litsenziya obyektini ishlatish to‘la-to‘kis litsenziatlar qoliga beriladi. Litsenziar undan mustaqil foydalana olmaydi. Bu qoida litsenziya beriigan m uddat ichida amal qiladi. Litsenziya savdosi keyingi paytda xalqaro tovar savdosiga nisbatan tez rivojlanmoqda. Litsenziyalarning yirik eksporterlari yirik rivojlangan m amlakatlardir. Litsenziya savdosida nou-xau, patentli va patentsiz litsenziyalar sotiladi. Litsenziya haqi ikki xil tartibda tolanadi: litsenziyani ishlatishdan kurgan daromadning bir qismini vaqti-vaqti bilan uning egasiga berib turish; litsenziya haqini birdaniga to iash , bunda litsenziyaga oldindan qat’iy belgilangan haq to‘lanadi. Birdaniga to ‘lashdagisi Paushai to‘lov, b o iib to‘lash royyalti deyiladi. «Nou-xau» — qo‘riqlash hujjati bo’lib u yoki bu ko‘rinishdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan malaka, ishlab chiqarish tajribasi, texnik hujjat ko‘rinishda rasmiylashtirilgan texnik, texnologik, tijoriy va boshqa bilimlar yig’indisidir.
«Nouxau» patentlashtirilmagan boladi. «Nou-xau»ning quyidagi turlari mavjud:
1) Ilmiy tadqiqot usullari «Nou-xau»si;
2) Boshqaruv usul lari «Nou-xau»si;
3) Ijobiy harakterdagi «Nou-xau»;
4) Moliyaviy harakterdagi «Nou-xau».
«Nou-xau»ni sotish va sotib olish litsenziyalar yoki maxsus yuridik hujjatlar, xususan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. «Nou-xau» sifatida kashfiyot, yangilik sirini saqlash osonroq. Ishlab chiqarishni xalqaro bozorga oib chiqishning eng oson usuli litscnziyalashdir. Bunda litsenziya sotuvchi bozorga minimal xatar bilan chiqadi. Litsenziya haridori esa noidan boshlamaydi, chunki u birdaniga ishlab chiqarish tajribasi, yaxshi tanilgan tovar yoki noinga ega boladi. Litsenziya sotishni afzalligi shundaki. tovar hamkor korxona hududida tayyorlanadi, arzon ishchi kuchidan foydalanish mumkin, harajatlar kamayadi, shuningdek bu chet el bozoriga kirishni osonlashtiradi. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo‘lgan davlat organiari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o‘tkazish uchun ketgan harajatlarni ariza beruvchi to‘laydi. Litsenziya ikki nusxada bo‘lib, hujjat berishga javobgar shaxs tomonidan qo‘l quyilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. Litsenziyada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
■ litsenziya berayotgan muassasa nomi; S yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
S litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
■S faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; S litsenziyaning ro‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalami yoki amalda gi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorning litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |