O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet86/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

. O‘ZGARUVCHAN TOK MOTORLI ROSTLANUVCHI ELEKTR YURITMALAR.

  1. Asinxron motorni rostlash usullari.



Asinxron motorlar eng ommaviy tarqalgan motorlar hisoblanadi. Bu motorlar quvvati 0,1 kW dan to bir necha ming kWgacha ishlab chiqariladi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida qo‘llaniladi. Asinxron motorlarning asosiy afzalliklari ular konsturksiyasining soddaligi va arzonligidadir. Biroq ishlash prinsipiga ko‘ra asinxron motor oddiy sxema bilan ulanganda uning aylanish tezligini rostlashning iloji yo‘q. Shunga alohida e’tibor berishimiz kerakki, sezilarli darajada energiya isrofini oldini olish, qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarda esa rotorning qizib ketishidan saqlanish maqsadida motor uzoq vaqt ishlaydigan rejimda sirpanishning kichik qiymatlari bilan ishlash kerak.
Asinxron motorlar tezligini rostlashni imkoni bor usullarni ko‘rib chiqamiz (6.1 - rasm). Motor tezligi ikki xil usul bilan aniqlanadi: stator elektromagnit maydoning aylanish tezligi ω0 bilan va s sirpanish bilan:
ω = ω0 – Sabs..
ω = ω0 · S. (6.1)



    1. - rasm. Asinxron motorlar tezligini rostlashning sinflanishi


(6.1) dan kelib chiqqan hola tezlikni rostlashning ikki xil usuli bor: stator elektrmagnit maydoni aylanish tezligini rostlash bilan, va ω0 o‘zgarmas bo‘lganda motor sirpanishini rostlash bilan.
Satator maydoning aylanish tezligi ikki parametrga ko‘ra aniqlanadi:
stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanish chastotasi f1 bilan va motor qutb juftliklari soni Pn bilan (3.3 ga qarang). Shunga mos ravishda motor tezligini rostlashning ham ikki xil usuli mavjud: chastota o‘zgartirgichlarini motor statori zanjiriga kiritib iste’mol kuchlanishi chastotasini o‘zgartirish bilan, hamda motor qutb juftliklari sonini o‘zgartirish bilan.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar stator maydoni aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda motor sirpanishini rostlash stator kuchlanishi qiymatini uning chastotasini o‘zgartirmagan holda o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faza rotorli asinxron motorlar uchun bundan tashqari yana ikkita usuli mavjud: rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish (reostatli rostlash) va rotor zanjiriga chastota o‘zgartirgichlarini kiritib, uning yordamida qo‘shimcha rostlanuvchi E.YU.K. hosil qilish yo‘li bilan (asinxronli ventili kaskad va ikki hil manbali motor).
Hozirgi paytda kuch o‘zgartirgichlarining rivojlanishi bilan yarim o‘tkazgichli chastota o‘zgartirgichlarining turli xillari yaratilgan va ishlab chiqarilmoqda. Bu esa motorlar tezligini chastotali rostlash usuli mavqeini oshirib yubordi va rostlanadigan elektr yuritmalarda ular juda keng miqyosida qo‘llanib kelinmoqda. Bu tizimning asosiy afzalliklari quyidagilardir:

  • rostlashning silliqligi va mexanik xarakteristikalar bikirligining yuqoriligi, bu esa tezlikni rostlashni keng masshtabda qo‘llash imkonini beradi;

  • rostlashning tejamliligi, bu hususiyat motor kichik qiymatli ablolyut sirpanish bilan ishlashi hisobiga motordagi yo‘qotishlar nominaldan oshmasligi bilan izohlanadi.

Chastotali rostlashning kamchiligi o‘zgartirgichning murakkabligi va qimmatligidir (ayniqsa katta quvvatli yuritmalar uchun).
Tezlikni qutb juftliklari o‘zgartirish yo‘li bilan rostlash bir nechta (2÷4)
tezlikdan – ikkinchi tezlikka o‘tishi jarayonlarini shakllantirish va tezlikni silliq rostlash imkoni yo‘q. Shuning uchun bu usul faqat alohida hollarda ishlatiladi va rostlanadigan elektr yuritma uchun asos sifatida ko‘rilmaydi.
Asinxron divigatel tezligini chastotasi doimiy bo‘lgan iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlash 3 – bobda ko‘rib chiqilgan edi. Unda ko‘rilgani bo‘yicha qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar tezligini rostlashning bunday usuli juda ham cheklangan edi. Buning sababi esa bunday rostlashda sirpanish energiyasining yo‘qotilishi va motorning qizib ketishi edi. Bunday rostlashdagi mexanik xarakteristikalar sifatli rostlash imkonini bermaydi. Rostlash diapazoni 1,5÷1; yana ham kengroq rostlash esa faqat qisqa vaqt uchun mumkin. Yuqoridagi berilgan baxolarga ko‘ra, motor tezligini iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish bilan rostlash faqatgina rostlanmaydigan elektr yuritmalarni silliq yurgazishda yoki qisqa vaqtga tezlikni kamaytirishda qo‘llaniladi. Ba’zan bu usul bilan nasoslar va ventilyatorlar tezliklari rostlanadi (15 kV gacha) biroq bunda ham berilgan quvvatni oshirishga to‘g‘ri keladi.
Faza rotorli asinxron motorlar uchun tezlikni rostlash motor rotor zanjiriga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritilganda sirpanish energiyasi motorda tarqalib ketmasdan qo‘shimcha qarshilikka yo‘naltiriladi. Rostlashning bu usuli tejamsiz hisoblanadi. Rele - kontaktorli sxemalar ishlatilganda tezlikni silliq rostlash imkoni yo‘qotiladi. Hozirgi paytda rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish bilan tezlikni rostlash asosan faza rotorli asinxron motorlarni yurgazishda qo‘llaniladi. Reostat – kontaktorli boshqaruvchi elektr yuritmalar rostlanadigan yuritmalar sifatida ko‘rilmaydi.
Asinxron motor sirpanishini o‘zgarishiga asoslangan barcha tezlikni rostlash usullari rotor zanjirida sirpanish energiyasi bilan bog‘liqdir.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan usullarda bu energiya rotor chulg‘amining qizishiga va rotor qarshiliklariga sarflanadi. Shunday rostlanuvchi elektr yuritmalar borki, ularda sirpanish energiyasi qarshiliklarda yo‘qotilmaydi, balki iste’mol manbasiga qaytariladi, bu esa bunday rostlash tizimlarini tejamliga aylantiradi.
Shunday rostlanadigan yuritma tizimlariga asinxron ventili kaskadlar va ikki xil ta’minotli motorlar kiradi. Asinxron yuritmaning kaskadli sxemasining asosiy xususiyati rostlash diapazoning cheklanganligi, ya’ni 2÷1 dan kata emas. Bu diapazonda kaskadli sxemalar tezlikni silliq va tejamli rostlash imkonini beradi. Elektr yuritmaning bunday tizimlari baquvvat turbomexanizmlari uchun ma’qul deb bilinadi.




    1. Download 10,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish