i=f(t)o‘tish xarakteristikasi eksponensional xarakterga ega (8.2 b - rasm). Tevaqt oralig‘ida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok 0,63 Iturgqiymatgacha oshadi;3Tevaqt oralig‘ida esa 0,95 Iturgqiymatgacha va 5Tevaqt oralig‘ida 0,996Iturgqiymatga erishadi. Shuni xulosa qilish mumkinki, o‘tish jarayonini vaqti, eksponensional xarakterga ega bo‘ladi, doimiy vaqtning 3 – 5 barobarini tashkil qiladi. Agar qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning oshishini tezlatish talab qilinsa, bu yagona yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin, ya’ni o‘tish jarayoni vaqtida qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni oshiriladi. Agar kuchlanish a marotaba oshirilib Uf= aIturg·Rqiymatga yetkazilsa, unda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok qiymati oshishi tezlashadi, bu esa 8.2 b - rasmdagi xarakteristikadan ko‘rinib turibdi. Tok Iturgqiymatgacha oshganda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi kuchlanish U = IturgRqiymatgacha pasaytiriladi.
Shunday qilib, o‘tish jarayoni vaqtini kamaytirish uchun kuchlanishni o‘zgartirish (rostlash) kerak bo‘ladi. O‘tish jarayoni tugagandan so‘ng bu kuchlanish uziladi. a= Uf/U nisbat jadallashtirish koeffitsienti deyiladi.
Elektr yuritmaningmexanik inersionligiorqali aniqlanadigano‘tkinchijarayonlari.
Agar bir vaqtda tok, moment va motor tezligi o‘zgarsa bunday elektr yuritmada o‘tish jarayoni ancha murakkab kechadi. Bunda bir vaqtning o‘zida elektrmagnitli va mexanik o‘tish jarayonlari yuz beradi. O‘tkinchi jarayon xarakteri jarayonda qatnashadigan inersionliklar soniga hamda ular vaqt doimiylarining o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ob’yekt xarakteriga qarab o‘tish jarayonlari chiziqli yoki egri chiziqli differensional formulalar bilan aniqlanadi. Agar egri chiziqlilik sezilarsiz bo‘lsa, bunday formulani chiziqlilashtrishga xarakat qilinadi.
Chiziqli tizimlarda o‘tish jarayonining taxlili nazariy usulda olib borilishi mumkin. Egri chiziqli tizimda esa tahlil EXM yordamida sonli usullar bilan yoki kompyuterlarda modellash yo‘li bilan olib borilishi mumkin.
Agar vaqt doimiylari qiymati bo‘yicha bir biridan ikki va undan ko‘p martaga farq qilsa, ularning kichik qiymatlisini inobatga olmasa ham bo‘ladi.
Bikir mexanik bo‘g‘inga hamda chiziqli mexanik xarakteristikaga ega bo‘lgan motordan tashkil topgan elektrmexanik tizimni taxlil qilib ko‘ramiz.
Bunday elektrmexanik tizimning xarakati elektr yuritmaning xarakat tenglamasi bilan aniqlanadi (2.3 bobga qarang):
M–Mq=JΣ (8.8)
bu yerda JΣva Mq– val motoriga keltirilgan inersiya momentlari yig‘indisi va xarakatga qarshilik momenti.
Chiziqli mexanik xarakteristika ifodasi
M= β( 0-)bo‘ladi. (8.9)
Bu yerda 0– erkin aylanish tezligi.
(8.8) va (8.9) larni birgalikda yechib, motorning elektr yuritmaning mexanik inersionligi orqali aniqlanadigan o‘tkinchi jarayonni izoxlovchi tenglamani hosil qilamiz.
(8.10)
Mq/β kattalik yuklama ta’sirida tezlikning Δωqga pasayishini bildiradi (4.2 – bobga qarang). ( 0– Mq/β) kattalik esa M = Mqbo‘lgandagi o‘tish jarayoni tugaganda o‘rnatilgan tezlik qiymatini beradi (8.3 a - rasm).