O‘zbеkiston rеspublikasi oliy


- rasm. 4 qutbli, passiv rotorli, qadamli motor ko‘ndalang kesimi



Download 10,37 Mb.
bet110/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

- rasm. 4 qutbli, passiv rotorli, qadamli motor ko‘ndalang kesimi




Passiv rotorli qadamli motorlarning ishlash prinsipi shundaki, unda qaysidir bir fazaga kuchlanish berilganda rotor shunday holatga intiladiki, unda rotor
tishlari mos ravishdagi qutb tishlari qarshisiga to‘g‘ri keladi va magnit zanjirining singuvchanligi eng katta qiymatga to‘g‘ri keladi.
Statorning keyingi fazasiga tok berilganda rotor bir qadamga buriladi. Bunda rotor tishlari qutblarning keyingi tishlari qarshisiga to‘g‘ri keladi. Qadam kattaligi quydagiga teng bo‘ladi.
α = 2π .


Qadamli motorlar ishchi organ holati rostlanadigan yuritmalarda qo‘llaniladi.
Ayniqsa soat mexanizmlarida ular keng ko‘lamda ishlatiladi.

            1. Chiziqli motorli elektr yuritmalar.

Elektr motorlarning aksariyat qismi aylanma xarakatli motorlarga to‘g‘ri keladi. Vaxolangki, ishlab chiqarishdagi asosiy mashina – mexanizmlar ilgarilanma (konveer, transportyor) yoki qaytarma – ilgarilanma (manipulyatorlar, porshenli mexanizmlar) harakatga asoslangan bo‘ladi. Aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirish maxsus kinematik bo‘g‘inlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, vint – gayka, sharik – ventili uzatma, shesternya – reykali uzatma, krivoship – shatunli uzatma va boshqalar.
Ishchi mashinalar konstruktorlari uchun ularning ilgarilanma yoki qaytarma

  • ilgarilanma harakatlanadigan ishchi organlariga rotori chiziqli harakatlanadigan motorlarni loyixalash asosiy vazifa (yoki muammo) bo‘lib qolmoqda.

Hozirgi paytda chiziqli asinxron, ventilli va qadamli motorlar ishlatilgan yuritmalar keng rivojlanmoqda. Prinsipial jihatdan hohlagan turdagi chiziqli motor statorini tekislikka yoyish bilan hosil qilinishi mumkin [11] .
Chiziqli asinxron motor haqida tasavvur hosil qilish uchun asinxron motor statorini tekislikka yoyilgan deb qabul qilish kerak. Bunda stator magnitlovchi kuchlar vektori statorining bo‘ylama yo‘nalishi bo‘ylab siljiydi, ya’ni oddiy motorlardagi singari aylanma harakatda emas, balki statorning yuguruvchi elektrmagnit maydoni sifatida xarakatlanadi. Ikkilamchi element sifatida stator
yoyilmasi bo‘ylab biroz havo tirqishi bilan joylashtirilgan ferromagnit tasma xizmat qilishi mumkin. Bu tasma qisqa tutashtirilgan rotor vazifasini bajaradi. Ikkilamchi element statorning xarakatlanuvchi maydoni bilan suriladi va stator maydoni tezligidan chiziqli absolyut sirpanish kattaligiga kam bo‘lgan tezlik bilan harakatlanadi.
Yuguruvchi elektrmagnit maydonining chiziqli tezligi teng bo‘ladi:
V0 = · f1, m/s.
bu yerda: τ qutb bo‘linmasi (qutbiy bo‘linma), ya’ni chiziqli asinxron motor yondosh qutblari orasidagi masofa.
Ikkilamchi element tezligi:
V = V0 (1-sch) bo‘ladi. bu yerda: sch – chiziqli nisbiy sirpanish.
Motorning standart chastotali kuchlanish bilan ta’minlangandagi maydon tezliklari sezilarli darajada katta bo‘ladi (3 m/s. dan ko‘p), bu esa bunday motorlarni sanoat mexanizmlari yuritmalarida ishlatishini qiyinlashtiradi. Bunday motorlar yuqori tezlikli transport mexanizmlarida ishlatiladi. Nisbatan kichik tezlikli motorlarni olish uchun hamda ularning tezligini rostlash maqsadida bunday motor chulg‘amlari chastota o‘zgartirgichlari orqali ta’minlanadilar.
Chiziqli asinxron motorning bir nechta konstruktiv variantlari mavjud. Ulardan biri 7.4 - rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda ikkilamchi element 2, ishchi organ bilan biriktirilib, stator 3 da hosil qilinadigan yuguruvchi elektrmagnit maydoni ta’sirida 1 yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanadi. Bunday konstruksiya ishchi mashina bilan joylashtirishga qulay. Biroq stator maydonining tarqalgan oqimlari bilan to‘qnash kelishi natijasida motor cosφ ko‘rsatkichi kichik bo‘ladi.














Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish