O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urdu akademik litseyi Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Pirnapasova Risolatning Ikki soatlik dars ishlanmasi Urganch



Download 1,01 Mb.
bet6/8
Sana22.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#401336
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 soatlik dars ishlanma

Savollar.

Izox

1

To'p bilan yugurish nimani anglatadi?




2

O'yinchi qanday hollarda o'yindan chetlatiladi?




3

Sportchilar kiyimiga qo'yiladigan talablar haqida so'zlang.




4

Erkin to'p qanday ma'noni anglatadi?




5

7 metrli jarima to'pi qachon belgilanadi?




6

9 metrli jarima to'pi nima uchun belgilanadi?




7

Qanday paytda bahsli to'p belgilanadi?




8

3 soniya qoidasi haqida nimalardeya olasiz?




9

„Ikki" qayta to'p olib borish nima degani?



(4-ilova).



GANDBOL (QO'L TO'PI)

To'pni olib yurish. Basketbol o'yinidan kirib kelgan bu usul yordamchi usul hisoblanadi. To'pni qarshida raqib bo'lmaganda yerga urib olib yuriladi. To'p olib yurishdan yana raqib tomondan o'z jamoasi zonasiga qaytishda foydalaniladi. To'pni yerga urganda uning sakrash balandligi beldan oshmasligi lozim (50-rasm).

To'pni yerga urib yurish mashqiga har bir mashg'ulotda doimo 2—3 daqiqa vaqt ajratilishi kerak.

To 'pni otish. To'pni otish uni sherikka uzatishdan unchalik farqlanmaydi. Farqi shundaki, to'p keskin kuch tezligi bilan otiladi. To'p turli holatlardan: yuqoridan, pastdan, yondan, boshdan, orqadan otiladi (51-rasm).

Joydan turib to'p otish yetti metrli jarima to'pi urish, to'qqiz metrdan erkin zarba berish, turli masofalardan to'pni o'yinga kiritish kutilmaganda bajariladi.

H arakat paytida to'p otish. Joyda turib to'p otish yaxshi o'zlashtirib olinsa, uni harakat paytida (1,2,3 qadamda) otishni egallash uncha qiyin emas. To'pni katta tezlikda tirsakdan egilgan qo'l bilan to'xtab, tayyorgarlik ko'rmay otish mumkin. To'pni otish chog'ida o'yinchi og'irlik markazini oldingi oyog'iga o'tkazadi, bu esa otish kuchini oshiradi (52-rasm).

Tirsakdan bukilgan qo 'l bilan yondan va yelka barobaridan to 'p otish. Bu uzoqqa otish lozim bo'lganda qo'llaniladigan usuldir. Otish o'tkir burchak ostida to'p otuvchining bel qismi balandligida ikki holatdan bajariladi (53- rasm).

Birinchi holatda u tizza barobarida, ikkinchi holat esa yelka barobarida va undan pastroqda bajariladi.

To'g'ri qo'l bilan pastdan otishni o'yinchi har qanday holatda ham bajara oladi. Uni bajarish esa egilgan qo'l bilan pastdan otishga o'xshab ketadi.

T o'g'ri qo'l bilan yuqoridan otish yugurib va sakrab turib bajariladi. Buning uchun uchib kelayotgan to'p qabul qilinib darhol o'z sherigiga uloqtiradi (54-rasm).

To'pni darvozaga orqa qilib turib, 180° ga burilib otish ham mumkin.

To'g'ri qo'l bilan yondan otish. Bu usul bilan otish qo'l egilmagan holda kaftning qat'iy siltov harakati bilan bajariladi.

Quyidagi holatlarda to'p egallanadi, yulib olib qo'yiladi, urib chiqariladi:

a) to'p oshirilayotgan paytda uni egallab olish, himoyachi pozitsiyani qay daraja muvaffaqiyatli egallaganiga bog'liq;

b) hujumchilar uzatgan to'pni egallab olish, u to'p uchib kelayotgan paytida unga sakrash mahoratiga bog'liq;

d) hujumchilar otgan burchak to'pini va uzoqdan o'z sherigiga otgan to'pni yuqoriga sakrab tutib olish, bu esa himoyachining egallagan pozitsiyasiga bog'liq;

e) hujumchidan to'pni olib qo'yish ko'proq himoyachiga bog'liq;

f) raqib to'pni olib yurganda, uzatganda yoki darvozaga urmoqchi bo'lganda olib qo'yish, bu himoyachi to'pning yo'nalishini to'g'ri belgilashiga va qo'li bilan uning yo'nalishini qay darajada muvaffaqiyatli to'sishiga bog'liq;

g) raqibni ta'qib qilib, qo'lidan to'pini olib qo'yishi hi-moyachining uni oldiga yoki yon tomoniga mohirlik bilan o'tishiga bog'liq (bunda raqibning qo'liga tegish mumkin emas);

h) chalg'itmoqchi bo'lgan raqib hujumchidan to'pni olib qo'yishi, himoyachi raqib o'yinchining aldamoqchi bo'layotganini sezib qolishi bilan bog'liq. Raqib to'pni yerga urish chog'ida yoki uzatganda egallab olishi mumkin;

i) hujumchi to'pni darvozaga otish paytida himoyachi to'pni hujumchi qo'lidan urib chiqarib yuborishga harakat qiladi. Tez harakat chog'ida to'pni urib chiqarib yuborish qiyinroq. Buning uchun himoyachi biroz orqaroqda va yon tomonda turishi zarur, himoyachi bilan bir paytda oldinga—yuqoriga sakraydi. Bu o'rinda darvozaga to'p kirishi, himoyachining panjalari bilan to'pni qay daraja to'sib qolishiga bog'liq.

Demak, darvozaga otilgan to'plarni to'sib qolish, darvo-zani to'pdan qo'riqlash faqat darvozabonning emas, balki himoyachining ham ishidir. Himoyachi panjalari yoyilgan qo'lini to'p uchib kelishi mumkin bo'lgan yo'nalishga tutadi. To'sish doim ikki qo'llab bajariladi. Faqat yondan kelayotgan to'p bir qo'l bilan to'siladi. Darvozaga urilayotgan to'pni to'sishning asosiy usullari quyidagicha: yuqoriga ko'tarilgan qo'llar bilan sakrash, uchib kelayotgan to'plarni to'sish uchun turli tomonlarga egilish, to'pni oyoq bilan to'sish va boshqalar.

Yuqoridan uchib kelayotgan to'pni to'sish joyda turib qo'llarni yuqoriga ko'targan holda yoki yondan bajariladi. Agar to'p balandroqdan uchib kelayotgan bo'lsa, uning yo'lini kaft bilan to'sish uchun balandga sakrash lozim. To'pni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyiladi.

Yerdan 70—170sm balandlikda kelayotgan to'pni to'sish. Agar to'p yon tomonga yo'nalgan bo'lsa, unga yaqin qo'l kafti ochiladi, ikkala qo'lni to'pning yo'nalishiga qo'yiladi.

Yerdan 40—50 sm balandlikda uchib kelayotgan to'pni to 'sish. Buning uchun himoyachi to'pning yo'nalishi tomon odimlaydi va uni qo'llarni oldinga cho'zgan holda to'sadi. Agar to'p himoyachining o'ng yoki chap tomonidan o'tib ketilayotgan bo'lsa, oldinga engashish zarur.

To 'pni oyoq bilan to 'sish. Himoyachi bu usuldan to'p juda pastdan uchib kelayotganda uni to'sishga ulgurmaganda foydalanadi. Himoyachi oyog'ini oldinga chp'zib pastga egiladi. To'pni oyoq bilan to'sish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qo'llash mumkin. Bunda to'sishga yo'naltirilgan oyoq bilan bir vaqtda qo'l ham o'sha tomonga uzatiladi. Yer yoqalab uchib kelayotgan yoki yerga urilgan to'pni yarim o'tirib to'sish mumkin.

D arvozabonning o ^inlari. O'yin paytida darvozabon raqib bilan ko'p marta ro'baro' keladi. Unga juda kattajismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) tushadi. U to'pni doimiy nazorat qila turib, maydondagi holatni tahlil qiladi va ba'zida o'yinchilarga tegishli ko'rsatmalar beradi. O'yin davomida 40—50 marta kuchli zarblarni qaytarishiga to'g'ri keladi.

Darvozabon idrokli, chaqqon, harakatchan, kuzatuv-chan, qo'rqmas, vaziyatni to'g'ri baholay oladigan va shu kabi xislatlarga ega bo'lishi zarur.

Darvozabon kuchli urilmagan to'plarni ikki qo'llab tutadi. Darvozabon yondan kelayotgan to'pga ham ikkala qo'lini cho'zadi. Bir qo'l bilan to'silsa ham bo'ladi. Asosiy holatda turgan darvozabon qo'lini to'p uchib kelayotgan tomonga uzatadi va o'sha tomonga egiladi (55-rasm).

D arvozaning pastki burchagiga yo'naltirilgan to'pni darvozabon oyog'i bilan to'sadi, shu bilan birga, har ehtimolga qarshi qo'lini ham o'sha tomonga cho'zadi (56-rasm).

Yuqoridagi usullardan tashqari, to'pni yiqilib turib to'sish ham mumkin. Futboldagi bu usul darvozaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga uchib kelayotgan to'pni tutishda qo'llaniladi. Bu to'pdan uzoqda turgan oyoq bilan siltanish orqali bajariladi. To'p bir qo'l bilan qaytariladi. Yiqilib turib to'p tutish tavsiya etilmaydi, uni albatta qaytarish kerak. Yiqilish lozim bo'lsa, dumalash usulini qo'llash zarur.

Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga garshi chiqishi. Bu usul texnik jihatdan tayyor bo'lishdan tashqari, dovyufak-likni ham talab qiladi. Darvozabon turgan joyidan to'p bilan kelayotgan o'yinchi tomon bir necha qadam tashlaydi. Darvozabon gavdasini oldinga egib, qo'llarini to'liq ochadi. Bir oyoq ikkinchisidan 30—40 sm ga olinadi, bunday chiqish darvozaga to'p kiritish ehtimolini kamaytiradi.

Darvozabon to'pni tutish yoki yorib kiruvchini tp'xtatish uchun o'z maydonidan tashqariga chiqadi, shunda darvozabon o'yinchiga aylanadi. Shu bois ham u o'ymchining malakasini egallagan bo'lishi kerak.

O'yin davomida darvozabon to'pni bir necha marta o'yin-ga kiritadi. Bunda to'p oshirish turlicha bo'lishi mumkin, ya'ni qisqa masofada turganda sherikka oshirish yoki 20—25 m ga uloqtirish. Buning uchun darvozabon to'pni turgan joyidan yoki yugurib kelib o'yinga kiritishni bilishi kerak.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish