O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


OAVni moliyaviy tomondan “o‘ldiradigan” qonunga qarshimiz — Allamjonov deputatlarni “tuzladi”



Download 1,43 Mb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#239371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XJO`I-Sanjar

OAVni moliyaviy tomondan “o‘ldiradigan” qonunga qarshimiz — Allamjonov deputatlarni “tuzladi”

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilibdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov mazkur qonun qabul qilinganiga munosabat bildirib, uni matbuotga jiddiy moliyaviy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hujjat deb baholadi.

“Bizdan ham bu borada taklif so‘rashgan edi. Lekin tushunishimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bizning takliflarni kiritmagan yoki yana boshqa sabab bor. Hozircha bizga bu qorong‘u. Vaholanki, Bosh vazirimiz boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu masala muhokama qilinib, matbuot sohasidagi qonun loyihasi, albatta, matbuotchilar bilan kelishilgan holda, ularni “o‘ldirish” emas, balki moliyaviy rivojlanishiga omil bo‘ladigan ko‘rinishda kiritilishi kerakligi ta’kidlangan edi”, deydi Allamjonov.

Fond raisi so‘zida davom etib, deputatlarni biror hujjatni qabul qilishda mas’uliyatli bo‘lishga va qonunlar oqibatini o‘ylashga chaqirgan. Allamjonov deputatlarning maqsadi tushunarsiz ekanini ta’kidlab, shunday deydi:

“Deputatlarimiz ham biror xujjat qabul qilishdan oldin, sal mas’uliyatni his qilib, o‘sha qonunlar oqibatini ham o‘ylasalar yaxshi bo‘lardi. Tuppa-tuzuk ishlab turgan tizimni buzishni kimga keragi bor? Ushbu hujjat 98,4 foiz ovoz bilan birinchi o‘qishda qabul qilinibdi. Bu degani deyarli hech kim qarshi bo‘lmagan bu cheklovlarga. Maqsadingiz tushunarsiz”.

Allamjonov deputatlar ma’qullagan personallashtirish to‘g‘risida qabul qilgan qonun ham umuman ishlamayotganiga e’tibor qaratgan. Unga asosan hozirda barcha gigant IT-kompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Google Facebook, Instagram, TikTok, YouTube va “Yandex dengi” kabi bank to‘lov tizimlari kabilar o‘z serverlarini O‘zbekiston xududiga o‘rnatishlari aks xolda jarimaga tortilishi va ishlay olmasligi kerak.

“Vaholanki, Facebook, Google va boshka ijtimoiy tarmoq va platformalar nafaqat jarima, balki vazirliklar so‘roviga javob ham bermayapti. Shartimizga gigantlar ko‘nmasa, ertaga nima bo‘ladi? Yana o‘chirib qo‘yamizmi? Balki Shimoliy Koreyaga xavas qilayotgandirsiz? Albatta, bu boshqa masala.

Hurmatli deputatlar, agar mahalliy matbuot o‘lsa, ertaga, hatto, o‘z saylov kampaniyangizni ham chet el matbuoti orqali yalinib, yolvorib amalga oshirishingizga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari, o‘zi shundoq ham oson bo‘lmagan kunlarni boshidan o‘tkazayotgan davlat byudjetiga ham sezilarli zarar keltiradi bu hujjat”, deya e’tirozlarini bildiradi fond rahbari.

Allamjono xususiy telekanallar byudjet puliga emas, faqatgina reklama orqali kun ko‘rishi va rivojlanishiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Agar reklamaga o‘ylab, o‘ylamay to‘siqlar qo‘yilsa, yana hamma kabel telekanallari, Rossiya va xorij kanallarini ko‘rishga o‘tadi, ular g‘oyasi bilan boqiladi. Yoki shumi maqsad?

Mass-media fondi ushbu qonun loyihasiga mutlaqo qarshi. Biz barcha matbuotchilar nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatdan jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, uning rivojiga g‘ov bo‘ladigan, uni moliyaviy jihatdan “o‘ldiradigan” qonunlar qabul qilish va ma’qullashning oldini olishni so‘rab qolamiz”, deya so‘zini yakunlagan Komil Allamjonov.

Qonun loyihasining 18-moddasida yangiliklar to‘g‘risidagi axborot-tahliliy ko‘rsatuvlar, reklama roliklari va bloklari, teleradiodasturlarning anonslari va bloklarida homiylik va hamkorlikka yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Dori vositalari reklamasi bo‘yicha ham qator taqiqlar o‘rnatilmoqda. Bu taqiqlar OAVning moliyaviy holatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Sunnatilla Abdullayev


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish