Shoakmal Isroilov
Kun.uz 16.03.2021 (https://kun.uz/uz/news/2021/03/16/mashhurlashib-borayotgan-innovatsion-kitoblar-til-organish-vositasimi-yoki-lotereya)
Maqola haqiqatdan ham dolzarb va o`rinli yoritilgan. Men o`qigan maqolalar ichida eng batafsil yoritilgan ushbu material qolganlariga qaraganda o`zining tahliliyligi bilan ajralib turadi. Misollar aniq va to`g`ri bayon etilgan va dalillar yetarlicha.
2. Jurnalistning mahoratini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:
3. Hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bu Reklama to`g`risidagi qaror ijrosi, ko`chadagi bannerlarning buzib tashlanishidir. Bu bo`yicha ikki manbaani keltirib o`tmoqchiman. Birinchisi Kun.uz saytida 24-may kuni nashr qilingan (https://kun.uz/uz/news/2021/05/24/reklama-togrisidagi-yangi-qonun-oav-erkinligi-va-biznes-rivojiga-yana-bir-tosiq-bolishi-mumkin)
«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun OAV erkinligi va biznes rivojiga yana bir to‘siq bo‘lishi mumkin
Jamoatchilik nigohidan panada o‘tib ketayotgan yangi qonun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa telekanallar bugungi kunda olib turgan daromadning keskin kamayishiga va tadbirkorlarning o‘z mahsulotlari va xizmatlarini realizatsiya qilishda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida» qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlarning 98,4 foiz ovozi bilan ma'qullandi. Ammo uning ba'zi bandlari e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqishdi va bu 98,4 foiz deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Yangi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati sifatida amaldagi qonunda (amaldagi qonun 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, 30ta moddadan iborat. Bugungi kunga qadar unga 15 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan) umumiy tusga ega bo‘lgan va ishlamaydigan normalar mavjudligi, ular reklama faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmagani aytilgan. Shuningdek, yangi qonunning yaratilishi reklama faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning yetarli emasligi, davlat va nodavlat tashkilotlarining reklama sohasidagi vakolatlari aniq belgilanganmagani huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘plab huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgani bilan ham izohlangan.
OAV erkinligiga yana bir zarba
Ammo qonun loyihasidagi bir qancha jihatlar tadbirkorlar va jamoatchilik tomonidan e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, qonun loyihasining 18-moddasida shunday bandlar bor:
Quyidagilarni tayyorlashda homiylik va hamkorlikka yo‘l qo‘yilmaydi:
yangiliklar to‘g‘risidagi axborot-tahliliy ko‘rsatuvlarda;
reklama roliklari va bloklarida;
teleradiodasturlarning anonslari va bloklarida.
Bu esa o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan bir qancha xususiy telekanallar va OAVni qattiq xavotirga solyapti. Xususan, Kun.uz bog‘langan «Mening Yurtim» telekanali rasmiysi bu bandlarga qat'iy reaksiya bildirdi.
«Xususiy telekanal bo‘lganimiz sababli barcha yaratilayotgan ko‘rsatuvlar, dasturlar homiylik to‘lovlari orqali moliyalashtiriladi. Homiylarning bundan oladigan manfaati esa teledasturlarning anonslarida o‘z reklamalarining chiqishi hisoblanadi.
Tushunishim bo‘yicha, anons bloklarida homiylik reklamasining chiqishiga taqiq qo‘yiladigan bo‘lsa, biz barcha homiylarni yo‘qotamiz. Hammasi mablag‘ga borib taqaladi, bir qancha ijodiy jamoalar faoliyati to‘xtab qolish ehtimoli juda yuqori. Oddiy qilib aytganda - aslida hech kimga xalaqit bermayotgan 5 sekundlik anonslar bir qancha production studiyalarining faoliyat olib borishiga zamin yaratmoqda. Bunda birgina biz emas, har bir telekanal bir yilda kamida bir necha milliard so‘m zarar ko‘radi. Davlat ham yaxshigina soliq yo‘qotadi.
O‘zi OAVlar pandemiyada yaxshigina zarba yegan soha bo‘lsa, hukumatdan birorta soliq yoki boshqa turdagi preferensiya mazasini tortmadi, nega ularning istaklari hisobga olinmasligi kerak? Ularga ham achinasizlarmi yoki «kimlardir» tuzib bergan loyihani shunchaki o‘tkazib yuborishdan manfaatdormisiz? Ularning iqtisodiy siyosati haqida ham kimdir o‘ylaydimi o‘zi?» deya fikr bildirdi u.
Biznes rivoji uchun g‘ov
Bugungi zamonaviy dunyoda media olami reklama va marketing bilan chambarchas bog‘langan va bundan har ikki tomon ham birday manfaatdor. Tadbirkorlikni harakatlantiruvchi eng asosiy kuch bu – reklama. Shuningdek, deyarli barcha xususiy OAVlar ham aynan reklama hisobidan o‘zini moliyalashtiradi. Shu bois, qonunga kiritilayotgan bu normani har ikki tomonga nisbatan ham iqtisodiy tajovuz sifatida baholash mumkin.
Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bundan davlatning o‘zi ham yutqazadi. Yangi qonunda belgilangan cheklovlar orqali davlatga OAVdan keladigan soliq tushumlari ham o‘z-o‘zidan kamayadi, ya'ni reklama beruvchi tomon ham, reklamani qabul qiluvchi OAV ham, tadbirkorlik rivojlanishi va soliq tushumlari oshishidan manfaatdor davlat ham bunda yutqazadi.
Farmkompaniyalar ham xavotirda
Bundan tashqari, qonunda dori vositalari reklamasida quyidagilar taqiqlanmoqda:
reklama qilinayotgan dori vositasining narxi yoki narx siyosati to‘g‘risida biror-bir eslatmadan foydalanish yoki ushbu dori vositasining qulay narxda ekanligi to‘g‘risida taassurot qoldirish;
taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi qiyofasiga o‘xshash shaxslar ishtirokidan foydalanish;
jamoatchilikning dori vositasining ta'siri haqidagi minnatdorchilik, tavsiyalar va e'tiroflaridan foydalanish;
kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson tanasiga ta'sirida yuz beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videotasma, tasvirlar va vizual namoyishlardan foydalanish;
ulardan foydalanish yoki iste'mol qilish jarayonlarini tasvirlash.
Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan, farmatsevtika sohasida bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan tadbirkor bu bandlarni quyidagicha izohlamoqda:
«Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda dori vositlarini reklama qilishda taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi qiyofasiga o‘xshash shaxslar ishtirokidan foydalanish taqiqlanayotgani haqidagi xabarlarni o‘qidim.
Bu xuddiki Adidas yoki Nike sport mahsulotlarini reklama qilishda sportchilar yoki sportga ixtisoslashgan tashkilotlarga cheklov qo‘yganga o‘xshaydi. Eng qiziq tomoni, biz yangi mahsulot ishlab chiqardik va bu kimlargadir foyda berdi, yaxshi samara ko‘rsatdi. Endilikda o‘sha insonlar bildirayotgan fikrlardan ham foydalanishga cheklovlar o‘rnatilar ekan. Yoki dori vositasining inson tanasiga ta'siri, undan foydalanish ko‘nikmalari haqida qisqa videolavha tayyorlashning nimasi noto‘g‘ri? Ko‘pchilik insonlar dori vositasi haqidagi yo‘riqnomani o‘qib ko‘rishmaydi, uning ba'zi nojo‘ya ta'siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari bo‘lishi mumkin. Qisqa 1-2 daqiqalik videolavha orqali buni tushuntirib bersak, iste'molchilar uchun ham foydaliroq bo‘ladi-ku? Bunda eskicha konservativ usullar o‘rniga, yangicha yondashuvlardan foydalanishning nimasi yomon?» deya ta'kidladi tadbirkor.
Loyiha har doimgidek manfaatdor qatlam ishtirokisiz tor doirada o‘tib ketmoqda
Bu yerda tadbirkorning e'tirozlari qanchalik o‘rinli yoki o‘rinsizligi boshqa masala, diqqatni tortadigan jihati Oliy Majlisda biror-bir qonun muhokamasi ketadigan vaqtda nima sababdan ushbu qonun eng ko‘p ta'sir o‘tkazadigan qatlam vakillarining fikri o‘rganilmaydi, ularning yondashuvi inobatga olinmaydi? Bunda yaratilayotgan qonun eng ko‘p ta'sir o‘tkazuvchi qatlam vakillarining fikri tinglansa, o‘rinli e'tirozlarga muqobil yechim taklif qilinib, keyin yangi qonun loyihasi ishlab chiqilsa, sog‘lom aql nuqtayi nazaridan to‘g‘ri bo‘lmaydimi? Bu borada eng avvalo, iste'molchilar va tadbirkorlar manfaatlari inobatga olinishi kerak emasmi?
Dahshatli sanksiyalar
Shuningdek, qonunda reklama faoliyati sub'yektlari hisoblanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan moliyaviy sanksiya miqdorlari ko‘rsatilgan:
ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilish taqiqlangan mahsulotlar to‘g‘risida reklama tarqatganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari;
noto‘g‘ri, axloqsiz, qiyosiy yoki yashirin reklama berganlik, shuningdek, aksilreklama berishdan bosh tortganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari;
dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, shuningdek, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari reklamasi hamda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq reklamaga qo‘yilgan talablarni buzganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari.
Qonun jamiyatni tartibga solishdagi oliy vosita, uni buzgan har qanday fuqaro jazolanishi kerak. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: davlatning o‘zi tadbirkorning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazsa-chi, unda ko‘rilgan zarar qanday kompensatsiya qilinadi?
Yaqinda poytaxtdagi tashqi reklama biznesi egalarining o‘zlariga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan, bahosi 300 million so‘mgacha turadigan 200dan ortiq reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga ko‘ra buzib tashlangandi. Bu tashqi reklama obektlarining buzilishi hech qanday asos va sud qarorisiz amalga oshirildi. Nima sababdan moliyaviy sanksiyalar faqat bir tomon uchun ishlashi kerak? Nega qonunlar o‘zida faqat bir tomon manfaatlarini ifoda qilishi kerak?
Xulosa o‘rnida
Davlat budjetini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisoblanadi. Xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilmas ekan, yuksak taraqqiyot haqida o‘ylash mantiqsizlikdir. Doimiy ravishda davlat bilan ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilishi kerak. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida biznes va tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi yuksalishiga poydevor vazifasini o‘taydi. Tadbirkorlikni harakatlantiruvchi eng asosiy kuch bu – reklama. Uni soddalashtirish va liberallashtirish o‘rniga taqiqlarni kuchaytirish hech qanaqasiga mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi.
Maqola, jurnalistik surishtiruv jihatidan yetarli darajada takomillashtirilgan va hozirgi kundagi O`zbekistondagi eng dolzrab mvuzni qamrab olgan. Mazku maqolada jurnalistning professonalligi ko`rinib turadi. Jurnalist ushbu maqola orqali ko`plab masalalarning yechimini oldiga tashlagan. Ikkinchi material Qalamir.uz saytida 29 may kuni chop etilgan (https://qalampir.uz/uz/news/oavni-moliyaviy-tomondan-uldiradigan-k-onunga-k-arshimiz-allamzhonov-reklama-tugrisida-gi-k-onunning-ok-ibatlaridan-ogo%D2%B3lantirdi-39806)
Do'stlaringiz bilan baham: |