O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti



Download 1,43 Mb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#239371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XJO`I-Sanjar

Metodika va mutaxassislar fikri

Endi e'tiborimizni tezkor til o‘rganish loyihalari taklif etayotgan metodik jihatlarga qaratamiz va bu borada mutaxassislar fikrlariga qiziqib ko‘ramiz.

Keling, metodika muallifi bo‘lgan AJ Hoge ning Effortless English Learning Yutub kanali savollariga bergan javoblarini tinglab ko‘raylik. Savol: “Ingliz tili ona tilisi bo‘lmaganlar tomonidan yaratilgan audiokitoblarga munosabatingiz qanday?”

AJ Hoge ning javobi: “Ingliz tilini o‘rganish uchun tavsiya qilmayman. Shunchaki axborot olish uchun, agar sizga qiziq bo‘lsa bu yaxshi. Ingliz tilingizni yaxshilash uchun o‘sha tilda gapiruvchidan o‘rganganingiz ma'qul. Zero gapirayotgan odam ko‘p xato qilishi, aksenti noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, men ispan tilini o‘rganmoqchi bo‘lsam, ispaniyalik, kolumbiyalik yoki meksikalikni tinglayman. Buning uchun men kanadalik yoxud britaniyalik odamdan o‘rganmayman”.

Booknomy kompaniyasining Intensive English darsligining audioyozuvlari esa, loyiha rahbari Odilbek Ikromovning aytishicha, “native speaker”niki emas. Ajoyib-a? O‘zi maqtab turgan metodika bo‘yicha na ingliz tili o‘rgangan, na darslikni yozayotib unga amal qilgan.

Booknomy kompaniyasining Intensive English loyihasi kitoblaridagi o‘zbekcha matnlarning sifati alohida mavzu. Yumshoq qilib aytganda, uslubiy, imloviy va grammatik xatolar juda ko‘p.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mavluda G‘ulomova Booknomy darsligi haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“Qo‘llanma asosan matnga tayanib qolgan. Matnlarni mustahkamlovchi mashqlar yo‘q. Undan keyin kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi unsurlar ham yo‘q. Hozirgi kunda bu juda muhim. Undan tashqari tanqidiy va mantiqiy fikrlashga doir mashqlar mavjud emas.

Darslik faqat eshitish orqali o‘rgatishni va'da qilyapti. Lekin biz bilamizki, faqat bir nutq faoliyati turi bilan egallab bo‘lmaydi. Bu haqda ustoz metodistlarimiz alohida ta'kidlashadi.

Undan tashqari, kitobda grammatik, uslubiy, lingvistik va imloviy xatolar ko‘zga tashlanadi.

Shuningdek, kitobga taqriz yozilmagan. Kitobni yaxshi mutaxassis taqrizidan o‘tkazishni tavsiya etardik. Zero, sifatli darslik albatta metodist va filologlar ko‘rigidan o‘tishi shart. Bu juda muhim.

Reklama va kitobning o‘zida va'da qilingani kabi ingliz tilini 6 oyda mukammal o‘rganish mumkin deb o‘ylamayman. Chunki til o‘rganish ko‘proq psixologik jarayon. Bu degani til o‘rganishda juda ko‘p narsa shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoladi. Undan tashqari, tilni yaxshi o‘rganish uchun ko‘proq amaliyot, ko‘proq gapirish kerak. 6 oyda faqat tinglab-tushunish orqali til o‘rganish, fikrimizcha, judayam murakkab. Kitobda tarjimalarda xatolar ko‘p. Tarjimalar asosan so‘zma-so‘z bo‘lib qolgan”.

Chikagoda istiqomat qiluvchi, mutaxassisligi amaliy tilshunos bo‘lgan tadqiqotchi, Northeastern Illinois University professori Ulug‘bek Nurmuhammedov bu kabi loyihalarning metodik tarafi haqida fikrlarini bayon qildi.

“Booknomy qo‘llanmasida xatolar juda ko‘p. Talaffuz va iboralar noto‘g‘ri berilgan. Iltimos, xalqimizga to‘g‘risini aytinglar. Men, masalan, hozir faqat gapiryapman, sizlarni eshitmayapman. Tilni o‘rganishdan asosiy maqsad gapirish, eshitish emas. Sizlar esa, faqat eshitishga e'tibor qilyapsizlar.

Sizlar taklif qilayotgan usul audiolingualism deb nomlanadi va bu usul 1970-80 yillarda keng tarqalgandi. 40-50 yil avval mashhur bo‘lgan metod! Bu usulning judayam ko‘p kamchiliklari bor. Bu haqda Diane Larsen-Freeman va Marti Anderson'ning “Techniques and Principles in Language Teaching” kitobida yoritilgan.

Shuningdek, sizlar taklif qilayotgan usul – audiolingvalizm va uning kamchiliklari haqida Marianne Celce-Murcia, Donna M. Brinton, Marguerite Ann Snow, David Bohlke hammuallifligidagi “Teaching English as a Second or Foreign Language” risolasida ham batafsil ma'lumot bor.

Reklamalarda, Yutubdagi videolar bor, mualliflar bilan suhbat bo‘lganmikan, deb qarasam mualliflar gapirmagan. Bizning soha shunaqa – unda avvalo mualliflar gapirishi kerak. Ota-onalarga maslahatim – O‘zbekistonda 100 dollar (booknomy darsligining chegirmasiz narxi 1 million yuz ming so‘m, taqriban yuz dollar) qanday pul bilmayman, Chikagoda bu pulga ancha ish qilsa bo‘ladi. Hatto Stiv Jobs va Bill Geytslarning kitoblariyam buncha pul turmaydi. Ancha arzon.

Farzandingizga ziyo istab, kitob olmoqchimisiz, iltimos, uni kim reklama qildi, ofisi qanaqaligiga emas, muallifiga e'tibor bering. Diplomi bormi-yo‘qmi, iltimos, qiziqib ko‘ring. Audiolingvalizm bu bolani xonaga qamab qo‘yib, faqat non-suvini berish kabi. Bunda bolangiz bilan gaplasha olmaysiz. Chunki bola gapirmaydi, u nimalardir deyishi mumkin. Ammo siz uni tushunmaysiz. Zero, siz bolangiz bilan gaplashmadingiz. Faqat eshitish til o‘rganishga yetarli emas.

Shou-biznes vakillariga esa, tushunmadim. Bo‘lmagan narsani ommaga yaltiroq qilib ko‘rsatishning nima keragi bor?” deydi Ulug‘bek Nurmuhammedov.

Booknomy darsligi borasida qiyosiy tilshunoslik bo‘yicha fan doktori, pedagog va o‘qituvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Lids universiteti bitiruvchisi Nodira Isamuhamedova jumladan shunday deydi:

“Booknomy'da innovatsion yangi metod asosida yaratilgan, deb targ‘ib qilingan bo‘lsa-da, bu faqat tinglashga asoslangan metod 1950-yillarda AQShda harbiylarni o‘qitish maqsadida qo‘llanilgan. Bu metodning asosidagi bixeyvorizm, ya'ni inson ongli mavjudot emas, tashqi ta'sir yordamida avtomatik ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan (Pavlov kuchuklarda o‘tkazgan eksperimentlar misolida) obekt sifatida qaratilgan g‘oyalar psixologiya va pedagogikada keng tanqidga uchragan.

Audiolingval metod ingliz tili o‘qitish metodikasi nuqtayi nazaridan ham samarasi sust hisoblanadi. Hech kim hali faqat (va faqat) tinglab, bir kuni chet tilida ravon gapirib yoki yozishni o‘rgangan emas. Hozirgi kunda chet tili o‘rganishda kommunikativ metod – barcha nutq va til aspektlarining (gapirish, tinglash, o‘qish, yozish, so‘z boyligi, grammatika, fonologiya) birgalikda o‘rganilishi muhim hisoblanadi.

Ona tilini tinglab o‘rganamiz, ingliz tilini ham shunday o‘rgansak bo‘ladi, deyish noto‘g‘ri. Yosh bolaning ona tilini o‘rganishi bilan kattalarning chet tilini o‘rganishlari orasida katta tafovut bor va ularni taqqoslab bo‘lmaydi. Men yashaydigan Kanadada ham 30 yillardan ortiq shu yerda yashab, muntazam ingliz tilini tinglab kelayotgan bo‘lsa-da, ingliz tilida gapira olmaydigan, yoza olmaydigan immigrantlar talaygina.

Kitobda juda ko‘p grammatik, leksik, stilistik, fonetik (talaffuzda) xatolar nafaqat ingliz tilida, hatto o‘zbek tilidagi tarjimasida ham mavjud. Xato o‘rganilgan so‘zlarni kelajakda nutqda tuzatish amri mahol. Bunday hodisa tilshunoslikda “qotib qolgan xatolar” deyiladi va ularni to‘g‘rilash juda qiyin.

Matnlar real hayotdan olinmagan, noautentik, sun'iy tuzilgan. Bunday matnlarni o‘quvchi hayotida ingliz tilida muloqotga kirishganda qo‘llay olmaydi.

Nufuzli Oksford, Longmen, Makmillan kabi xalqaro nashriyotlar chop etadigan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha sifatli, rangli, bexato, zamonaviy metodlarga asoslangan, xalqaro approbatsiyadan o‘tkazilgan kitoblar 20-30 AQSh dollari atrofida turadi”.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish