O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti



Download 1,43 Mb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#239371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XJO`I-Sanjar

Mualliflar

Loyihalarni tadqiq qilish jarayoniga chuqurroq kirganimizda mualliflar shaxsi bilan bog‘liq eng qiziq faktlarga duch keldik. As'asa-yu dabdaba bilan reklama qilinib, til o‘rganuvchilarga katta va'dalar berayotgan loyiha mualliflari pedagogika va metodologiya bo‘yicha mutaxassislikka yoxud dars berish tajribasiga ega bo‘lish uyoqda tursin, hatto oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan insonlar bo‘lib chiqdi.

Booknomy.uz loyihasi asoschisi, rahbari va iste'molchilarga falon so‘mdan sotilayotgan qo‘llanma muallifi Odilbek Ikromov hatto ingliz tilini yaxshi bilmasligini ham tan oldi.

Qanday qilib ingliz tilini bilmaydigan odam ingliz tilini o‘rgatadigan kitobning muallifi bo‘lishi mumkin?! Shu kitobdan foydalanib 6 oyda ingliz tilida erkin gapirib ketish mumkin bo‘lsa uning o‘zi nega hamon chet tilini bilmaydi?

Tasavvur qilib ko‘ring, siz o‘zingiz yoki biror yaqiningiz uchun salkam yarim million so‘mdan voz kechib bir kitob, 8 gigabaytlik fleshka va bitta quloqchindan iborat to‘plam sotib olib, katta umidlar bilan til o‘rganishga kirishasiz, mualliflar esa, sohadan xabari yo‘q. Eng ajablanarlisi, ular hatto ingliz tilini bilmaydi ham.

Darvoqe, Intensive English darsligining 2020 yil 27 yanvarda va 2020 yil 2 sentyabrda qilingan nashrlarida mualliflar nomlari orasida farq bor. 2020 yil 27 yanvardagi nashrida Shohijahon Abdullayev, Shahboz Mamatqosimov va Odilbek Ikromovlar mualliflar sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2020 yil 2 sentyabrdagi nashrda Odilbek Ikromov yagona muallif sifatida ko‘rsatilgan.



Odilbek Ikromovning aytishicha, istiqbolda kitobning mualliflik huquqiga da'vogarlar ko‘paymasligi uchun birinchi nashrda ko‘rsatilgan qolgan ikki muallif ikkinchi nashrda mualliflar safidan chiqarilgan.

Booknomy Company nashrdan chiqargan Intensive English darsligi mualliflaridan biri sifatida titul varoqqa ismi yozilgan Shahboz Mamatqosimovning feysbukdagi sahifasida keltirilgan ma'lumotga ishonsak, u Sankt-Peterburgdagi Vvedenskiy otelida barmen bo‘lib ishlagan. Suhbatimiz davomida, Odilbek Ikromov Shahbozning O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida o‘qigani, lekin oliy o‘quv yurtini tamomlay olmagani va mehmonxonada barmen bo‘lib ishlagani chin ekanini tasdiqladi. Bu o‘rinda, barmen bo‘lib ishlagan shaxs ingliz tilini o‘rgatuvchi mutaxassis bo‘la olmaydi, deyish fikridan mutlaqo yiroqmiz. Zero, yigit kishiga qirq hunar oz. Dunyo milliarderlari ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan Jyeff Bezos ham o‘z faoliyatini aynan kitob sotishdan boshlagan.

Shu o‘rinda, Intensive English darsligining ilk nashrida mualliflar qatorida qayd etilgan Shahboz Mamatqosimov asos solgan smartbook.uz loyihasi haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tsak.

Arab tilini o‘rgatuvchi qo‘llanmaning 2020 yil kuz oylarida aylantirilgan reklamalaridan birida darslikni sotib olib, Umra safariga yo‘llanmalardan birini yutib olish mumkinligi aytiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, loyiha muassisi bo‘lgan korxona (rahbari Shahboz Mamatqosimov) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga xat bilan murojaat qilib, smartbook mahsulotlarini xarid qilgan mijozlar o‘rtasida o‘ynaladigan lotoreyaga tikilgan 15ta umra yo‘llanmasini navbatdan tashqari taqdim qilishda amaliy yordam so‘ragan. Gunohlardan poklanish uchun boriladigan, yillab kutiladigan va uzun hamda qat'iy navbat asosida tashkillashtiriladigan umra ibodatiga NAVBATSIZ 15 yo‘llanma so‘ralishi navbatda turgan boshqa fuqarolarning haqqiga xiyonat ekani va bu qaysi mezonlarga to‘g‘ri kelishi haqidagi savollarni smartbook loyihasi asoschilariga qoldiramiz.

Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan bog‘lanib, mazkur xat haqida so‘radik. Mas'ullar navbatsiz yo‘llanma uchun hech kimga imtiyoz yoki ustunlik berilmasligini ma'lum qilishdi.

Qiziq tomoni, Qo‘mita bilan bog‘langach, yana bir bor smartbook.uzning qo‘ng‘iroqlar markaziga bilan bog‘lanib, umra yo‘llanmalari haqida so‘radik. Bizga javob bergan operator qiz, umraga yo‘llanmalar tayin ekanini aytdi.

Iste'molchilarni huquqlarini himoya qilish agentligi mas'ul xodimi ayni masaladan xabari borligini, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birga o‘rganib chiqilganligini, loyiha mualliflariga ham xat bilan chiqilganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun: surishtiruvimiz davrida Smartbook.uz loyihasi mualliflari bilan ko‘rishib, suhbatlashish haqidagi taklifimiz javobsiz qoldirildi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish