O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi


Magistrlik dissertatsiya ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 140,92 Kb.
bet5/19
Sana23.05.2023
Hajmi140,92 Kb.
#942852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA IJRO HOKIMIYATINING SHAKLLANISHI

Magistrlik dissertatsiya ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot davomida olingan natijalarning ilmiy ahamiyati O‘zbekistonda ijro hokimiyati tizimining shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘ziga xos tizimlashtirilgani, bu boradagi tarixiy-siyosiy jarayonlarning o‘zigi xos xususiyatlarini ochib bergani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ushbu tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalardan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilangan nazariy va amaliy vazifalarni bajarishda, davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan islohotlar va olib borilayotgan ishlarga tarixiy baholashga qaratilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqishda, dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq muammolarni ilmiy tadqiq etishda, Oliy ta’lim tizimida fuqarolik jamiyati va davlat boshqaruvi shakllariga oid mavzularni o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.


Magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 93 sahifani tashkil qiladi.


I BOB. O‘ZBEKISTON IJRO HOKIMIYATI TIZIMINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Ijro hokimiyati tushunchasi va uning institutsiyaviy elementlari
Bizga ma’lumki, davlat qurilishi va boshqaruv tizimining konstitutsion bo‘linishi tamoyili bilan bog‘liq masalalar azaldan ko‘plab mutaxassislarning diqqatini tortib kelgan. Fanlar, ayniqsa falsafa va siyosat yo‘nalishida, Sharq va G‘arb ijtimoiy tafakkuri tarixida bu mavzuga doir turlicha qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar mavjud. Bu masalalar qadimgi avlodlarimizdan qolgan “Avesto” va “O‘rxun-Enasoy toshbitiklari”da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarimiz merosida yorqin ifodasini topgan. Ushbu merosni bugungi kun voqeliklari va zamon talablari nuqtai nazaridan o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida davlatning qiyofasi, tuzilishi, subordinatsion va koordinatsion bo‘linish tizimi, tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar rivojlanib takomillashib borganligini, xususan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar sulolasining davlat boshqaruvi va hokimiyat tizimi masalalariga oid nazariy va amaliy jihatdan yondashganligida ko‘rish mumkin. Xususan, “Temur tuzuklari”da qayd etilgani kabi: “... saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir tuzukka bog‘ladim va saltanatni boshqarish haqida qo‘llanma (dastur ulamal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin”9. Shuningdek, Sharq siyosatshunosligida bu mavzu bilan bog‘liq masalalar Konfutsiy, Kaykovus, Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi ko‘plab allomalar ijodidan o‘rin olgan. Hozirgi davrda ham ushbu masalaga doir ko‘plab kitoblar, risolar va qo‘llanmalar chop etilmoqda.
O‘tgan yillarda amalga oshirilgan amaliy o‘zgarishlar asnosida mamlakatimizda aynan ijro hokimiyati yangicha mazmun-mohiyatga ega bo‘ldi. Bir qarashda oddiy ko‘ringan o‘zgarishlar – hokimiyatning mazkur tarmog‘i organlari tizimi doirasida Vazirlar kengashining Vazirlar Mahkamasiga o‘zgartirilishi zamirida sobiq sotsialistik hukumatni bosqichma-bosqich mustaqillik sharoitida ish olib boradigan hukumatga, oliy qonunchilik organi tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari doirasida faoliyat yuritadigan kollegial ijro organiga aylantirish vazifasi mujassam edi10. Vazirlar Mahkamasi oldida iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, boshqaruvning totalitar tuzumidan, rejali taqsimot tizimidan (davlat rejalari, davlat ta’minoti, davlat narx qo‘mitasi, davlat qishloq xo‘jaligi sanoati kabi tuzilmalardan) voz kechish singari qator mashaqqatli vazifalar turardi. Bundan tashqari, yangi hukumat uzluksiz islohotlar sharoitida faoliyat ko‘rsatishni o‘rganishi, turli innovatsiyalarni amalga oshirishni tashkil qilish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni bajarishi davr talabiga aylangan edi.
Bu yo‘nalishda hokimiyat uch tarmog‘i daxlsizligini ta’minlash, ularning mustaqilligini yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida demokratik munosabatlarni o‘rnatish, jamiyatda mutanosiblikka, boshqaruvda hamjihatlikka erishish muhim ahamiyat kasb etdi. Nafaqat qonunchilik tizimini tubdan o‘zgartirish, balki qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni hayotga tadbiq etish borasida hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari uyg‘un harakat qilishiga alohida e’tibor qaratildi11.
Har bir davlatning mahalliy boshqaruv siyosati davlatning mamlakat hududida qabul qilingan davlat rivojlanish strategiyasiga muvofiq tashkil qilish siyosatining ajralmas uzviy qismi bo‘lmog‘i lozim. Mahalliy boshqaruv siyosatning obyektiv omillari mamlakat makonining tabiiy – geografik, resurs, iqtisodiy, ijtimoiy, etnik va siyosiy jihatdan bir xil emasligi sanaladi. Bu kabi bir xil emaslik istalgan tadbirni mahalliy hudud manfaatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishga majbur etadi.
Zero, samarali mahalliy boshqaruv siyosati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
davlat hokimiyatining barcha organlari tomonidan mahalliy boshqaruv siyosatining izchil amalga oshirilishi;
markaziy hokimiyat idoralari qarorlarida, shu qarorlar tegishli bo‘lgan mahalliy hudud manfaatlari va xususiyatlarining hisobga olinishi;
mahalliy subyektlar o‘z muammolarini hal qilishdagi mustaqilligini oshirish, ya’ni samarali o‘z – o‘zini boshqarish tizimini tashkil qilish12.
1991 yil 1 sentabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni- umumxalq bayrami bo‘lsada, shu yilning 31 avgusti tarixda alohida iz qoldirdi. Chunki, shu kuni Yurtimizning davlat suvereniteti rasman e’lon qilindi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi13 qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil, demokratik davlat deb e’tirof etildi. Bu to‘la siyosiy mustaqillik edi. Qonunning 3-moddasiga binoan: “O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi”14 deb qat’iy belgilandi. Natijada, mamlakatimiz o‘zining hokimiyat organlari tizimini mustaqil belgilash huquqiga qonuniy asosda ega bo‘ldi. Bu huquq O‘zbekiston Respublikasiga davlat organlari tizimini respublika xarakteriga mos ravishda belgilash, bunda milliy xususiyatlarni e’tiborga olish, o‘zbek davlatchiligi tarixi tajribalaridan, an’analaridan foydalanish imkoniyatini berdi.
1990 yildan boshlab 1992 yil 8 dekabrda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingungacha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini, tuzilishi va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular orasida 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”15gi qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun bilan mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ – hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga ham boshchilik qilishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur qonunda birinchi marta qonun meyorlari darajasida mahalliy davlat organlari vakillik hokimiyati va ijro hokimiyatiga bo‘linishi mustahkamlandi. Avvalgi qonunlarda16, shuningdek risola va maqolalarda faqat Sovetlargina hokimiyat organi hisoblanib, ijrochi organlarga nisbatan hokimiyat degan so‘z tadbiq qilinmay, ular ijrochi va farmoyishchi organ deb atalardi. Mahalliy hokimiyat organlarining, vakillik va ijro hokimiyati organlariga bo‘linishi hokimiyat taqsimlanishi borasida muhim qadam edi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida, hokimiyat bo‘linish prinsipi konstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlanib, O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilishi belgilangandi. 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonunida shu masala mantiqan davom ettirildi va mahalliy hokimiyatning ikki turi:

  1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari;

  2. O‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimi huquqiy mustahkamlandi.17

Amaldagi Konstitutsiya qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:


Download 140,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish