O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi



Download 140,92 Kb.
bet14/19
Sana23.05.2023
Hajmi140,92 Kb.
#942852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA IJRO HOKIMIYATINING SHAKLLANISHI

sakkizinchidan, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, yetarli darajada moslashuvchanlikka va bozorga yo‘naltirilganlikka ega bo‘lmagan eskirgan tarmoq boshqaruv tizimi, individual imtiyoz, preferensiya va afzalliklarning asossiz taqdim etilishi sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘qqizinchidan, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda va oqibatda budjet xarajatlarining kamayishini ta’minlamayapti; 
o‘ninchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiya va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda; 
o‘n birinchidan, ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni va maqsadli ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli hal etishga salbiy ta’sir qilmoqda79
Mazkur farmonda hozirgi davrda davlat va mahalliy hokimiyat boshqaruvi tizimida to‘planib qolgan muammolar va kamchiliklar, ularni ma’muriy islohotlarga jiddiy to‘sqinlik qilayotganligi ochib tashlandi. Boshqacha aytganda, mazkur farmonda nafaqat ma’muriy islohotlarni amalga oshirish vazifalari, balki bu islohotlarning avj olishiga g‘ov bo‘layotgan eski boshqaruv usullarining asoratlari, ularning qanday tarzda va qanday holatda davlat boshqaruvini modernizatsiyalashga imkon bermayotganligi tafsilotlarini atroflicha aniqlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlay oladigan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘z vaqtida aniqlaydigan va samarali hal qiladigan yangi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish maqsadida qabul qilindi. Uning bosh vazifasi – davlat boshqaruvining konseptual yangi modelini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 
Ma’muriy ilohotlar konsepsiyasi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan islohotlar strategiyasini belgilab berdi. Albatta, mazkur konsepsiya nafaqat davlat boshqaruvini demokratlashtirish, balki jamiyatning barcha sohalarida o‘zgarishlarga olib keladigan islohotlarning arxitektori vazifasini bajara oladigan, fuqarolik jamiyatiga xos ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va iqtisodiy hayot tarzini shakllantirish jarayonlarini amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, huquqiy davlatga xos bo‘lgan, modernizatsiyalashgan, rivojlangan davlatlarning to‘liq sifatlarini o‘zida namoyon etadigan davlat qurish vazifasini qo‘ydi.
Yanada kengroq nuqtai nazardan e’tibor berilsa, mamlakatda davlat hokimiyati organlarini modernizatsiyalash fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni shakllantirishga qaratildi. Chunki fuqarolik jamiyati kuchli ijroiya hokimiyati rivojlangan davlatda emas, balki modernizatsiyalashgan huquqiy davlat boshqaruvi sharoitida rivojlana oladi. Ma’lumki, fuqarolik jamiyati shakllanib borgani inson taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan sifatlar – mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. Chunki jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uyg‘unlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va o‘sib bordi.
Fuqarolik jamiyati sharoitida yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, markaziy hokimiyat vakolatlari mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazib boriladi. Bu holat fuqarolarning o‘zlarini ham boshqaruv organlarida shaxsan ishtirok etishlarini zarurat qilib qo‘ydi. Fuqarolarning davlat bilan bu kabi sherikchiligi o‘zaro konsensusning barqarorligini ta’minlaydi.
Ma’muriy islohotlarning muhim jihati shundaki, u davlat hokimiyati organlarining jamiyatni boshqaruv faoliyatini ancha chegaralashi oqibatida, jamiyatning o‘zini o‘zini boshqarish tamoyili kuchayib boradi. Eng ahamiyatlisi, o‘zini o‘zi hayotga tatbiq etishga erishgan fuqarolarda erkinlik va shaxsiy tashabbuskorlik fazilatlari kuchayib boradi. Bu holat bevosita jamiyat iqtisodiy salohiyatini oshirishga ta’sir etadi. Qolaversa, insondagi xohish va manfaatlarni erkin ifodalash hissi uni farovonlik sari intilishlarini oshiradi.

Download 140,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish