34 8. | PSpice electron sxemalarni modellashtirish dasturlari. | 37 | 9. | Passiv va aktiv elementlar modellari. | 42 | 10. | Electronics Workbenche modellashtirish dasturi. | 45 | 11. | Dasturda ishlatiladigan o`lcho`v asbobolari | 51 | 12. | Multsim dasturida kuchaytirgich sxemalarini o`rganish. | 55 | 13. | Multisim dasturi elementlar kutubxonasi | 61 | 14. | LabVIEW dasturida virtual asboblar yaratish | 65 | 15 | Proteus dasturini o’rganish. | 71 | 16 | Diodlar, bipolyar tranzistorlar modellari. | 78 | 17 | Modellarni yaratishda o`lchanish usullarini qo`llash. | 83 | 18 | MATLAB muhitida ishlash. | 87 |
1-Ma'ruza
Fanga kirish, fanning predmeti, o’qitish maqsadi va vazifasi.
Reja
1.Fanning prelmeti
2. Modellashtirishtirish turlari.
Tizimlar nazariyasi fanlar metodologiyasiga mansub. Bunda biologik va ijtimoiy tabiatli ixtiyoriy etarli murakkab materiya (modda) tashkillanishlariga oid umumiylik o‘rganiladi. Materiya doim u yoki bu tashkillanishga ega.Tabiatdamavjud bo‘lgan moddalarning ajoyib turli tumanligiga karamay,ularning tashkiliy shakllari nisbatan ko‘p emas.Tizimlar nazariyasi falsafani bilish nazariyasi va boshqa bo‘limlari bilan hamdamatematik mantiqbilan bevosita bog`langan.Ba‘ziolimlar fikriga ko‘ra tizimlarning umumiy nazariyasi har qanday turdagi tizimlar haqidagi umumiy fan bo‘lishi kerak.Hozirgi kunda to‘plamlar nazariyasi, algebra apparatlaridan foydalanuvchibir qancha tizimlarningmatematik nazariyalari ko‘rilgan.Shunday qilib yuqorida biz tizimli tushunchalar, ular bilan bog`liq bo‘lgan modellashtirishning mohiyati, model tushunchasi haqida qisqacha gapirib o‘tdik.Endi biz model, modellashtirish tushunchalari va ularga bog`liqbo‘lganasosiy tushunchalar ustida batafsilroq to‘xtalamiz.
" Model" so’zilotincha modulus, so’zidan olingan
bo’lib,o’lchov,me’yor,obraz,namuna,analog, "o’rinbosar"degan ma’nolarni bildiradi.
M odel tushunchasini ta‘riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta‘rifi sanab o‘tilgan. Shunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchok samolyot-samolyotning modeli, globus - erning modeli, planetariy ekrani - osmon va undagi yulduzlar modeli, S=v*t formula – jism harakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bir "model"so‘zi bilan birlashadilar.
Model
Model ta‘riflaridan birini yuqorida bayon qilgan edik. Yana turli shaklda berilgan ta‘riflardan ba‘zilarini keltiramiz. Keng ma‘noda model biror ob‘ekt yoki ob‘ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. N.N. Moiseev ta‘rifi bo‘yicha «Model deganda biz predmet (hodisa) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma‘lum bir chegaralangan ma‘lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma‘lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin. Oddiy kodlashda bizga barcha dastlabki ma‘lumotlar ma‘lum bo‘ladi va ularni biz faqat boshqa tilga o‘tkazamiz, model esa, kaysi tildan foydalansa ham, kishilar ilgari bilmagan ma‘lumotni ham kodlaydi». Endi modellashtirish tushunchasi haqida gapiramiz. Modellashtirishning ham turlishakllardagi bayonini keltiramiz. Modellarni yasash kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega.
Modelni qurish
jarayoniga
modellashtirish
\ deyiladi.
Modellashtirish deganda obe‘kt (tizim)ning modeli yordamida shu obe‘ktning xossalarini tadqiq qilish jarayonini tushuniladi. Modellashtirish bilish obe‘ktlarini ularning modellari yordamida tadqiq etish, kuzatilayotgan predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Obe‘ktni uning modeli yordamida bilish modellashtirishdir. Har qanday bilish modellashtirishdan iborat, chunki bunda tegishli obe‘kt bosh miyada asab hujayralari majmui yordamida ideal ko‘rinishda aks etadi, ya‘ni biz obe‘ktning modeli bilan ish ko‘ramiz. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri.Model tushunchasi biologiya, medistina, ximiya, fizika, iktisodiyot, sostiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham ko‘llaniladi.
Iqtisodiy tizimlarni modellashtirishda matematik modellar keng qo‘llanilmokda.
Biz matematik modellar haqida so‘z yuritamiz. Matematik modellarni tuzish tizimli tahlilining asosidir. Bu ixtiyoriy tizimni tadqiq qilishning markaziy bosqichidir. Keyingi tahlilning natijasi modelning sifatiga bog`liq.
Matematik model tushunchasiga ham turli ta‘riflar berilgan. Ulardan ba‘zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya‘ni jarayonni matematik tilda bayonlashni matematik model deb yuritamiz. Matematik model olamning ma‘lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir.
Real tizimning (aniqrog`i tizim ishlashi jarayonining) matematik modeli deganda biz tizim parametrlariga, kirish signallariga, boshlang`ich shartlar va vaqtga bog`liq tizim holatlari xarakteristikalarini (bular orqali chiqish signallarini) aniqlovchi munosabatlar (masalan, formulalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy shartlar, operatorlar va boshqalar) to‘plamini tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |