O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»



Download 0,89 Mb.
bet6/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

Yuridik shaxs deganda egaligida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balansga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hamda ularning mustaqil bo‘linmalari tushiniladi. Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadilar va davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng tadbirkor maqomini oladilar.
Lekin shuni ham aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan faqat yuridik shaxsni tashkil etgan holda shug‘ullanish mumkin va, demak, tadbir­korlik faoliyatining bunday turlari bilan yakka tartibda shug‘ullanish taqiqlangan. Ular Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mulkchilikning butun dunyoda qabul qilingan shakllariga o‘tishni mo‘ljallab, qonun hujjatlarini ham shunga moslashtirib kelmoqda. SHunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida mulk­chilikning ikki shakli ehtirof etilgan: xususiy mulk va ommaviy mulk.
Xususiy mulk egalari xususiy mulkdorlar bo‘lib, jismoniy shaxslar (fuqarolar) va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Xususiy mulk shaxsiy ehtiyojni qondirishga mo‘ljallangan. U shaxsiy mulkdan farqli o‘laroq, yollanma mehnatni jalb qilib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda ham ishlatiladi. Xususiy mulk tufayli xususiy tadbirkorlikka yo‘l ochiladi. Xususiy mulk - bu mulk egasi (mulkdor) o‘z mulkiga nisbatan o‘z huquqlarini xususiy tarzda, ya’ni boshqalarning roziligi yoki ruxsatini so‘rab o‘tirmay amalga oshiradigan mulkdir. Xususiy tadbirkorlik va jamoa tadbirkoriigining asosiy qismi ana shu mulkka asoslanadi.
Ommaviy mulk - bu davlat va boshqa ommaviy tuzilmalar mulki bo‘lib, ommaga tegishlidir. Davlat mulki haqiqatan ham xalqqa qarashli bo‘linmaydigan mol-mulkdan iborat. Unga yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, havo bo‘shlig‘i va boshqalar, ya’ni iqtisodiy tizimning bevosita aholi foydasiga ishlaydigan va millatning ijodiy salohiyatini yaratadigan qismi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy mulk - bu respublika mulki va mahmuriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) dan iborat dav­lat mulkidir.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish