Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiyotning soxa va tarmoqlarida biznes va biznes jarayonlarni loyihalashdagi barcha bosqichlarni o‘rgatish, biznes jarayonlarni loyihalashda qarorlar qabul qilishda ko‘nikmalar xosil qilish, tadbirkorlik sub’ektlarida yangi turdagi mahsulotlar (xizmatlar) yaratishda, mavjud bo‘lgan mahsulot (xizmat)larni modernizatsiya qilishda mutaxassislarning faolligini oshirishdir.
Shu bilan birga tadbirkorlik sub’ektlarini raqobatli bozor sharoitida inqirozga qarshi boshqaruv shart-sharoitlari, iqtisodiy samaradorligini oshirish, istiqbolda biznesni rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rgatishdan iborat.
Biznes – foyda olishga qaratilgan faoliyat. Biznes jarayonlari – iste’molchi uchun yaratilayotgan mahsulot va xizmatlarni amalga oshirishdagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar va ishlar yig‘indisi.
Biznes g‘oya – mahsulot va xizmatlar bozorini o‘rgangan holda nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqarish kerakligi haqidagi rejalar yig‘inidisi.
Biznes g‘oyani amalga oshirishdagi bosqichlar (biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, bozorni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va texnologik jixozlarni o‘rganish, biznesni amalga oshirish uchun joy, bino va inshootlarni masalalarini hal qilish, biznesni amalga oshirishda tashkiliy masalalarni o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy hisob-kitoblar, loyixani moliyalashtirish masalalarini hal qilish, loyiha samaradorligini baholash).
Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy asoslari.
Har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati shu davlatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar xajmi, ularning xaridorgirligi va eksportga yo‘naltirilganligi, ulardan tushadigan soliqlar va tushumlar, aholi daromadlari va ular to‘laydigan soliqlar bilan belgilanadi. Demak davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlanishidan manfaatdor ekan, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga oladi.
Biznes sub’ektlarini faoliyatiga doir me’yoriy-xuquqiy xujjatlar (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, tartiblar va ko‘rsatmalar) ishlab chiqaradi va amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbai, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti daromadlarining ko‘p qismi tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik byudjetni to‘ldirib, davlatning kuch-qudratini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni mablag‘ bilan ta’minlashda ham katta rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |