O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»



Download 0,89 Mb.
bet30/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

Demak, tadbirkorlik g‘oyasi - bu sizning biznesingizning keng ma’nodagi (kengaytirilgan) tavsifi bo‘lib, uning maqsadi, ishlab chiqarish va sotish uchun mo‘ljallangan yangi tovar (xizmat)lar tavsifini, ularni amaldagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlardan farqi yoki anhanaviy tovar (xizmat) turlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangiliklarni joriy qilish va boshqalarni ifodalashdir.
Tadbirkor ma’lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e’tiborini faqat o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga ham qaratishi kerak.
Tadbirkorning o‘z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o‘z g‘oyalarini ma’lum bir muhitga tadbiq qilish uchun kerakli bo‘lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.
Tadbirkor ishbilarmonlik g‘oyalariga va maqsadlariga to‘g‘ri keladigan va jalb qilingan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o‘z g‘oyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo‘shayotgan o‘z hissasini oldindan bel­gilab olishi kerak. SHunday qilib, tadbirkorning o‘z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o‘zining qay darajada ish­tirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O‘z ishini to‘g‘ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omillaridan hisoblanadi. SHuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni barpo kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e’tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o‘rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • birinchidan, biznes g‘oyasini ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o‘rganib chiqish;

  • uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g‘oyasining o‘zaro to‘g‘ri kelishi, tadbirkorlik g‘oyasi bilan tadbirkorlik muhitining o‘zaro muvofiqligi;

  • to‘rtinchidan, g‘oyani amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan kapital hajmini belgilab olish;

  • beshinchidan, biznes g‘oyani amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish.

Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma’lum bir g‘oya tashkil qiladi. Bu g‘oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g‘oyasini beradi, bozorda mavjud bo‘lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bo‘lgan talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik g‘oyasi ko‘pincha o‘z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo‘shimcha fonda olish ishtiyoqida bo‘lgan kishilarda paydo bo‘ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bo‘lgan yetish-movchiliklarni aniqlab, unga o‘z faoliyatini yo‘naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda o‘z biznesini tashkil qilish yuzasidan biron bir g‘oyamavjud bo‘lsa, u holda u ishbilarmonlik muhitini o‘z g‘oyasi va iqtisodiy manfaati bilan mutanosiblik darajasini tahlil qilishi kerak.
Avvalo, tadbirkor ma’lum bir muhitda aniqg‘oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir. Tadbirkorlik vazifalari yakka holda va guruh bo‘lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday shakllarni tanlash g‘oyaga hamda tadbirkorlik muhitiga bog‘liqdir.
Tadbirkorlik muhiti va g‘oyasini har tomonlama tahlil qilish shu g‘oyaniamalga oshirish uchun kerak bo‘lgan kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bankdaan yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g‘oyasiga tayangan holda tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan shart-sharoitlarni amalga oshirishning barcha harajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap kerak bo‘lgan birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
Tadbirkorlik g‘oyasini ma’lum bir muhitda amalga oshi­rish mumkinligi aniqlanib, ishni tashkil etish bo‘yicha kerak bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o‘z faoliyatini uch yo‘nalishga qaratmog‘i lozim.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish